Matnazarova Mexribon Baxtiyor qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie mexanizmov menedjmenta razvitiya intelektual`noy mobil`nosti v usloviyax internatsionalizatsii visshego obrazovaniya, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4DSc/Ped1033
Ilmiy maslahatchi: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Risbay Khaydarovich - pedagogika fanlari
doktori, akademik, Ismailova Zuhra Karabaevna - pedagogika fanlari doktori, professor, Adizov Baxtiyor Raxmonovich - pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limni xalqarolashtirish sharoitlarida intellektual mobillikni rivojlantirish menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limni xalqarolashtirish sharoitida intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmenti mexanizmlari talabalarning akademik mobilligi, transmilliy ta’lim hamkorligi va raqamli ta’lim ekotizimiga integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan strategik boshqaruv hamda akademik hamkorlik modellarini joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmentining ko‘p darajali modeli kredit-modul tizimida o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirishga asoslangan tayanch metodologik, mazmuniy-protsessual hamda nazorat-diagnostika komponentlari tarkibiga kompetensiyaviy indikatorlar, raqamli monitoring va ta’lim analitikasi mexanizmlarini yakuniy baholash vositalari sifatida kiritish orqali takomillashtirilgan;
intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmenti jarayoni “Registrator ofisi”ning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlari va tarkibiy tuzilmasi vazifalarini aniqlash orqali akademik mobillikni boshqarish, kompetensiyaviy diagnostik indikatorlardan foydalanish hamda ta’lim analitikasi va adaptiv boshqaruv texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’limda intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmentining diagnostik vositalari xalqaro akkreditatsiya talablariga uyg‘un shakllantirilgan transmilliy kompetensiyalar, kognitiv moslashuvchanlik va madaniyatlararo muloqot qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini ta’lim natijalarini baholashning integrativ mezonlari orqali aniqlashtirishga asoslangan platforma sifatida ishlab chiqilgan;
talabalarning intellektual harakatchanligini rivojlantirish menejmentini takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minot adaptiv boshqaruv, global fikrlash hamda xalqaro kommunikatsiya kompetensiyalarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim resurslarini yaratishga sinergetik yondashuvni amalga oshirish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’limni xalqarolashtirish sharoitida intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmenti mexanizmlarini talabalarning akademik mobilligi, transmilliy ta’lim hamkorligi va raqamli ta’lim ekotizimiga integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan strategik boshqaruv va akademik hamkorlik modellarini joriy etish asosida aniqlashtirish bo‘yicha takliflar “Eksperimental psixologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438398-sonli nashrga ruxsat). Natijada talabalarning oliy ta’limni xalqarolashtirish sharoitida intellektual harakatchanlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmentining ko‘p darajali modelini kredit-modul tizimida o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirishga asoslangan tayanch metodologik, mazmuniy-protsessual va nazorat-diagnostika komponentlari tarkibiga kompetensiyaviy indikatorlar, raqamli monitoring va ta’lim analitikasi mexanizmlarini yakuniy baholash vositalari sifatida kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bajarilgan IL 4821091576 “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 12-avgustdagi № 02/01 01-319 sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari ta’lim dasturlari takomillashtirilgan;
intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmenti jarayonini “Registrator ofisi”ning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlari va tarkibiy tuzilma vazifalarini aniqlash orqali akademik mobillikni boshqarish, kompetensiyaviy diagnostik indikatorlardan foydalanish hamda ta’lim analitikasi va adaptiv boshqaruv texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
“Oliy ta’lim tashkilotlarida Registrator ofisi faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi malaka oshirish ta’lim dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-avgustdagi 329-sonli buyrug‘i). Natijada, intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmenti jarayoni takomillashtirilgan;
oliy ta’limda intellektual harakatchanlikni rivojlantirish menejmentining diagnostik vositalarini xalqaro akkreditatsiya talablariga uyg‘un shakllantirilgan transmilliy kompetensiyalar, kognitiv moslashuvchanlik va madaniyatlararo muloqot qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini ta’lim natijalarini baholashning integrativ mezonlari orqali aniqlashtirishga asoslangan platforma sifatida ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bajarilgan IL 4821091576 “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 12 avgustdagi № 02/01-01-319 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatni diagnostika metodlari takomillashtirilgan;
talabalarning intellektual harakatchanligini rivojlantirish menejmentini takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minotini adaptiv boshqaruv, global fikrlash hamda xalqaro kommunikatsiya kompetensiyalarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim resurslarini yaratishga sinergetik yondashuvni amalga oshirish orqali ishlab chiqish bo‘yicha takliflar “Eksperimental psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438398-sonli nashrga ruxsat). Natijada oliy ta’limda talabalarning intellektual harakatchanligini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha metodik ta’minot kengaytirilgan.