Bakaeva Rayxon Izatovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-11-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4989
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna p.f.d. (DSc) professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD. DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor Qurbonova Gulnoz Ne’matovna va pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor Saidova Mohinur Jonpo‘latovna 
Yetakchi  tashkilot:  Urganch  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirishdan іborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining funksional savodxonlik darajasini oshirishning nazariy asoslari  ularga o‘z bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lab, ta’lim jarayonini boshqarishga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida ona tilini  o‘rganishda faol ishtirok etishni rag‘batlantirish (nazariy g‘oyalarni konkret vaziyatlarga tatbiq etish imkonini berish) orqali  qiyosiy tahlil qilingan;
o‘quvchilarning funksional savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan mezonlar matnni anglash, tahlil qilish savodxonligini baholovchi (ijtimoiy masalalarga oid fikr bildirish, o‘z fikrlarini izchil ifodalashi, asoslangan holda taqdim eta olishi, o‘z xatolari ustida ishlash, bilimlarini yangilash) kabi kritik yondoshuvlarni baholash ko‘rsatgichlari asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli o‘quvchilarga nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularning real hayotdagi o‘zaro munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan samarali matnlarni o‘rganish orqali nutqiy, tartibli fikrlashga rag‘batlantirish va yangi maqsadlar qo‘yishga imkoniyat yaratishni baholovchi usullarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi innovativ va interaktiv metodikalar mazmuni yuqori sinf o‘quvchilarining fikrlash va analiz qilish qobiliyatlari o‘sayotgan davrda, ularning talabga muvofiq o‘qishlari va savodxonlikni oshirishlari zarurligi “kross dissiplinar” o‘quv muammolarini hamda refleksiv o‘qitish strategiyalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. yuqori sinf o‘quvchilarining funksional savodxonlik darajasini oshirishning nazariy asoslari  ularga o‘z bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lab, ta’lim jarayonini boshqarishga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida til o‘rganishga faol ishtirok etishni rag‘batlantirish (nazariy g‘oyalarni konkret vaziyatlarga tatbiq etish imkonini berish) orqali  qiyosiy tahlil qilingan va takomillashtirilgan mashqlardan “O‘quvchilarning ona tilidan funksional savodxonligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar to‘plami” hamda “Ona tili darslarida o‘quvchilarning funksional savodxonligini shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yilning 5- noyabrdagi 01/11-02/6-745-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10-11-sinf o‘quvchilarining ona tili darslarida funksional savodxonligini oshirish imkoniyatiga oid metodikaning takomillashuviga erishilgan;
o‘quvchilarning funksional savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan mezonlar matnni anglash, tahlil qilish savodxonligini baholovchi, ya’ni ijtimoiy masalalarga oid fikr bildirish, o‘z fikrlarini izchil ifodalashi, asoslangan holda taqdim eta olishi, o‘z xatolaridan o‘rganish, bilimlarini yangilash kabi kritik yondoshuvlarni baholash ko‘rsatgichlari asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan STEM yo‘nalishida arduino bazasiga asoslangan DIY (do it yourself) konstruktorlarini yaratish hamda ularni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish” start up loyihasi doirasida foydalanilgan (“Robokit”MChJning 2025-yil 4-iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha doirasida qamrab olingan yuqori sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlash, texnik ko‘rsatmalar matni, chizmalar o‘qish hamda yozma matnlarni tushunish, ulardan foydalanish va mulohaza yuritish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, loyihalar ustida hamkorlikda ishlash, loyiha taqdimotini tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.
ona tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli o‘quvchilarga nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularning real hayotdagi o‘zaro munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan samarali matnlarni o‘rganish orqali nutqiy, tartibli fikrlashga rag‘batlantirish va yangi maqsadlar qo‘yishga imkoniyat yaratishni baholovchi usullarni kiritish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan yuqori sinf “Ona tili darslarida o‘quvchilarning funksional savodxonligini shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmasi mazmunini boyitishda va jozibadorligini oshirishda  foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yilning 5- noyabrdagi 01/11-02/6-745-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab bitruvchilarining funksional savodxonlikni egallash darajasini baholash mezonlaridan foydalanib, ularning bilim ko‘rsatgichlarini aniqlash hamda samaradorlikni baholash imkoniyati sezilarli darajada oshishiga erishilgan.
10-11-sinf o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi innovativ va interaktiv metodikalar mazmuni yuqori sinf o‘quvchilarining fikrlash va analiz qilish qobiliyatlari o‘sayotgan davrda, ularning talabga muvofiq o‘qishlari va savodxonlikni oshirishlari zarurligi “kross dissiplinar” o‘quv muammolarini hamda refleksiv o‘qitish strategiyalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan taklif va g‘oyalar asosida ona tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarining fanni o‘zlashtirishlari samaradorligini ta’minlashga oid ijodiy mashqlar to‘plami tayyorlandi. (Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2025-yil 17-fevraldagi 01-645-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat miqyosidagi ona tili fani o‘qituvchilari uchun dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim sifatini oshirishda foydalanishga oid uslubiy yordam ko‘rsatish samaradorligi ta’minlanishiga erishildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish