Uktamova Umida Sunatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish (Pedagogika oliy ta’lim misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped1301.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar:  Kushvaktov Ne’mat Xusanovich,  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaniyazov Sardor Umarovich hamda pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Holiqulova Feruza Xasanovna 
Yetakchi tashkilot: sifatida Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shaklantirishning nazariy-amaliy tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, va preventiv yondashuvlar (huquqbuzarlik profilaktikasi) integratsiyasi asosida tazyiq va tajovuzga qarshi barqaror dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari aniqlashtirilib, ta’lim jarayoniga refleksiv mashg‘ulotlar, trening texnologiyalari va muammoli vaziyatlarni modellashtirish usullari takomillashtirilgan;
ilk bor tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish jarayoni yaxlit pedagogik tizim sifatida asoslanib, unda gender sezgirligi, ijtimoiy mas’uliyat va shaxsiy xavfsizlik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan konseptual model takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim platformalari, multimedia vositalari va interaktiv onlayn modullar asosida talaba qizlarning tazyiq va tajovuzni anglash, baholash va unga qarshi ijtimoiy faol pozisiyani egallash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi innovatsion pedagogik texnologiyasi takomillashtirilib, tajriba-sinov jarayonlarida samaradorligi isbotlangan;
tazyiq va tajovuzning oldini olishga yo‘naltirilgan dunyoqarashni shakllantirish darajasini aniqlovchi mezonlar, ko‘rsatkichlar va diagnostik vositalar majmuasi ishlab chiqilib, u pedagogik monitoring va ta’lim sifati nazoratini amalga oshirishda amaliy ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslanib, metodik ta’minot boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va preventiv yondashuvlar (huquqbuzarlik profilaktikasi) integratsiyasi asosida talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirishning nazariy asoslari, buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari va ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni interpretatsiyalash va natijalar samaradorligi omillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid ma’lumotlar 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31- maydagi №237 sonliguvohnomasi). Natijada talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik asoslarini aniqlashtirishga erishilgan.
ilk bor tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish jarayoni yaxlit pedagogik tizim sifatida asoslanib, talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirishning shakl, metod va vositalari shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ fikrlashga undovchi va innovatsion o‘quv muhitni boshqaruvchi texnologiyalarni funksional integratsiyalash hamda mantiqiy va ijodiy fikrlashga qaratilgan kompetensiyalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar pedagogika sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi №237 sonli guvohnomasi). Natijada pedagogik asoslar aniqlashtirilgan.
raqamli ta’lim platformalari, multimedia vositalari va interaktiv onlayn modullar asosida talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirishning mazmuni va uni rivojlantirish modeli, talaba shaxsining ichki imkoniyatlaridan kreativ foydalanish va g‘oyalarni qurollantirishning shakl, metod va vositalari innovatsion baholash tamoyilining o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi parametrlari, shuningdek, talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashning samaradorlik darajasi shaxs ma’naviy rivojlanishiga dinamik ta’sir ko‘rsatishiga qaratilgan tarbiyalanganlik darajasi, ijtimoiy ongning yuksalishiga oid ilmiy yangilik va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-64 raqamli “Oilalarda ko‘rsatilayotgan sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar uchun mobil ilova yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2025-yil 25-iyun №04/11-7934 sonli ma’lumotnoma). Natijada talaba qizlarda dunyoqarashga doir bilimlarini rivojlantirishga erishilgan.
tazyiq va tajovuzning oldini olishga yo‘naltirilgan dunyoqarashni shakllantirish darajasini aniqlovchi mezonlar, ko‘rsatkichlar va diagnostik vositalar majmuasi ishlab chiqilib, talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashning samaradorlik darajasi, shaxs ma’naviy rivojlanishiga dinamik ta’sir ko‘rsatishiga qaratilgan tarbiyalanganlik darajasi, ijtimoiy ongning yuksalishiga oid “Talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish (Pedagogika oliy ta’lim misolida)” mavzusidagi dissertatsiyaning natijalari va materiallaridan Jizzax viloyat teleradiokanali DM televideniya muharririyati tomonidan tayyorlangan 2024–2025 yillar davomida “Ta’lim va taraqqiyot”, “Etiboringiz markazida”, “Munozara maydoni”, “Diyor intervyu” teleko‘rsatuvlarida o‘z fikr-mulohaza va ilmiy maruzalari bilan ishtirok etilgan (“Talaba qizlarda tazyiq va tajovuzning oldini olishga qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish (Pedagogika oliy ta’lim misolida)” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining natijalaridan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalarni bajarishda foydalanilganligi to‘g‘risida 2025-yil 24-dekabr №1437/13-10 sonli ma’lumotnoma). Natijada dunyoqarashning samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish