Beketov Nurseit Alijan o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Botirova Shaxlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Qoldoshevich pedagogika fanlari doktori, professor; Rahmonova Muqaddas Qahramonovna pedagogika fanlari doktori, professor; Annaeva Nazokat Rajapbaevna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: oliy ta’limda pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga doir Shuxart‑Deming sikli va Kaydzan yondashuvini uyg‘unlashtirgan kompleks nazariy yondashuvlar tizimlashtirilgan, hamda nazariy asoslar Kembrij, MIT (Massachusets Institute of Technology), KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology), Tokiyo universitetlari amaliyoti asosida takomillashtirilgan; 
ta’lim sifatini baholovchi indikatorlar va mezonlarning innovatsion faoliyatga mos keluvchi yangi ko‘rsatkichlari (kreativlik, transformatsion tafakkur, loyihaviy refleksiya, texnologik moslashuvchanlik) ni pedagogik-psixologik (co-working faoliyat, mustaqil o‘rganish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish) jarayonlarida empatik munosabatlarni muammoli o‘qitish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini real ta’limiy sharoitda qo‘llash asosida aniqlangan; 
oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirish modelini universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modifikatsiyalash asosida optimallashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida Shuxart-Deming sikli (Plan–Do–Check–Act, ya’ni rejalashtirish – bajarish – tekshirish – takomillashtirish), Mentimeter, Kahoot, Jamboard va Padlet kabi raqamli interaktiv platformalar hamda sun’iy intellektga asoslangan monitoring vositalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, immersiv ishtirok, hissiy-refleksiv rivojlanish va individual o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish orqali ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalarni joriy etish jarayonida talabalarning refleksiv va empatik munosabatlari, motivatsion hamda ijodiy imkoniyatlari, modul asosida tashkil etilgan ta’lim dizayni, interaktiv platformalardan foydalanish va o‘qituvchi–talaba hamkorligi mexanizmlari, shuningdek, sifat menejmentining tayyorlash, amalga oshirish, nazorat va qayta rejalashtirish bosqichlari pedagogik tajriba-sinovlar, kuzatuvlar, so‘rovnomalar hamda statistik tahlil natijalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga doir Shuxart‑Deming sikli va Kaydzan yondashuvini uyg‘unlashtirgan kompleks nazariy yondashuvlar tizimlashtirilgan, hamda nazariy asoslar Kembrij, MIT (Massachusets Institute of Technology), KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology), Tokiyo universitetlari amaliyoti asosida takomillashtirishga oid xulosalardan “Bastauish siniptarda “Tәrbie” pәnin oqitiu metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan №232-415-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogik innovatsiyalarni joriy etish orqali talabalar bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash imkoniyatlari kengaygan;
ta’lim sifatini baholovchi indikatorlar va mezonlarning innovatsion faoliyatga mos keluvchi yangi ko‘rsatkichlari (kreativlik, transformatsion tafakkur, loyihaviy refleksiya, texnologik moslashuvchanlik) ni pedagogik-psixologik  (co-working faoliyat, mustaqil o‘rganish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish) jarayonlarida empatik munosabatlarni muammoli o‘qitish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini real  ta’limiy sharoitda qo‘llashga oid xulosalardan “Baholash nazariyasi asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan №512006-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirish  modelini universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modifikatsiyalash asosida optimallashtirilgan ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogi va zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 17-dekabrdagi 04/11-29900-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning professional kompetensiyalari rivojlanadi va ta’lim jarayoni yanada sifatli va samarali bo‘ladi. Bunday yondashuvlar orqali ta’lim muassasalari o‘z faoliyatlarini yanada samarali tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim muassasalarida Shuxart-Deming sikli (Plan–Do–Check–Act, ya’ni rejalashtirish – bajarish – tekshirish – takomillashtirish), Mentimeter, Kahoot, Jamboard va Padlet kabi raqamli interaktiv platformalar hamda sun’iy intellektga asoslangan monitoring vositalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, immersiv ishtirok, hissiy-refleksiv rivojlanish va individual o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 17-dekabrdagi 04/11-29899-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishda bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalarni keng o‘qituvchilar ommasiga etkazishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalarni joriy etish jarayonida talabalarning refleksiv va empatik munosabatlari, motivatsion hamda ijodiy imkoniyatlari, modul asosida tashkil etilgan ta’lim dizayni, interaktiv platformalardan foydalanish va o‘qituvchi–talaba hamkorligi mexanizmlari, shuningdek, sifat menejmentining tayyorlash, amalga oshirish, nazorat va qayta rejalashtirish bosqichlari pedagogik tajriba-sinovlar, kuzatuvlar, so‘rovnomalar hamda statistik tahlil natijalari asosida aniqlangan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461-raqamli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 17-dekabrdagi 04/11-29898-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida pedagogik innovatsiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishda bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalarni keng o‘qituvchilar ommasiga etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish