Mamadaliev Kamolidin Raxmatulloevichning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ijodkorlik faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Botirova Shaxlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12. Ped.31.01 asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning ijodkorlik faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli ta’lim ekotizimi sharoitida talabalarning ijodiy faoliyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv-evristik va texnologik determinantlarning sintezi asosida kengaytirilgan hamda raqamli platformalarning (virtual laboratoriyalar, neyrotizimlar, generativ sun’iy intellekt) ijodiy tafakkurni rag‘batlantirishdagi didaktik funksiyalari (evristik-prognozlashtiruvchi, adaptiv-shaxsiylashtirilgan, interaktiv-modellashtiruvchi va kommunikativ-kollaborativ) tizimlashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon intellektual salohiyatni optimallashtirish, kognitiv yuklamani boshqarish hamda kreativ echimlarning texnologik verifikatsiyasini ta’minlash orqali bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi;
“fan–ta’lim–ishlab chiqarish” klasteri doirasida kasbiy transformatsiyalashning pedagogik loyihalashtirish metodologiyasi (kompetensiyaviy-modulli yondashuv, uzlyuksizlik va izchillik tamoyillari, ishlab chiqarishga yo‘naltirilganlik hamda innovatsion-didaktik integratsiya) takomillashtirilgan bo‘lib, unda ta’lim mazmunini texnologik drayverlari (raqamli egizaklar, aqlli sensorika, robotlashtirilgan tizimlar va kiber modellar) bilan sinxronizatsiya qilish orqali talabalarning muammoli-izlanuvchanlik va loyihaviy-konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning konseptual asosi yaratilgan;
talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish modeli konseptual jihatdan boyitilgan bo‘lib, u raqamli muhitning dinamik tabiati (texnologik platformalarning doimiy yangilanib borishi, axborot oqimining yuqori sur’ati va virtual hamkorlikning kengayishi), shaxsiy ta’lim traektoriyasining avtonomligi (individual o‘quv strategiyasini tanlash, o‘z-o‘zini mustaqil boshqarish, kognitiv ehtiyojlarni tabaqalashtirish va natijalarni mustaqil modellashtirish) hamda kognitiv, amaliy va refleksiv komponentlarning o‘zaro funksional determinatsiyasi asosida optimallashtirilgan.;
ijodiy faoliyatni takomillashtirishning tarkibiy-bosqichli tizimi (propedevtik-moslashuv, kreativ-modellashtirish, innovatsion-eksperimental) raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib tabaqalashtirilgan hamda har bir bosqichning sifat ko‘rsatkichlari (kognitiv-texnologik savodxonlik, motivatsion-qadriyatli munosabat, operatsion-kreativ mustaqillik, refleksiv-tahliliy layoqat) va samaradorlik mezonlari (ijodiy mahsuldorlik darajasi, raqamli vositalarni tanlash optimaligi, innovatsion echimlarning originalligi, kasbiy-ijodiy o‘zini o‘zi rivojlantirish dinamikasi) aniqlashtirilgan.;
talabalarning kreativ salohiyatini yuksaltirishning innovatsion-texnologik mexanizmlari (multimedia resurslari, kross-platformali interaktiv muhit va intellektual o‘qitish tizimlarining sintezi) ishlab chiqilgan bo‘lib, unda moslanuvchan ta’lim, kollaborativ o‘qitish, muammoli-izlanuvchanlik, loyihaviy modellashtirish va “Design Thinking” (loyiha-ijodiy tafakkur) metodologiyalarini raqamli vositalar bilan integratsiyalash orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijodiy mahsuldorligini oshirishning metodik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim traektoriyasi, vizuallashtirilgan algoritmlar hamda kreativ natijalarni raqamli monitoring qilish vositalarini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
raqamli ta’lim ekotizimi sharoitida talabalarning ijodiy faoliyatini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv-evristik va texnologik determinantlarning sintezi asosida kengaytirilgan hamda raqamli platformalarning (virtual laboratoriyalar, neyrotizimlar, generativ sun’iy intellekt) ijodiy tafakkurni rag‘batlantirishdagi didaktik funksiyalari (evristik-prognozlashtiruvchi, adaptiv-shaxsiylashtirilgan, interaktiv-modellashtiruvchi va kommunikativ-kollaborativ) tizimlashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon intellektual salohiyatni optimallashtirish, kognitiv yuklamani boshqarish hamda kreativ echimlarning texnologik verifikatsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i) Natijada, raqamli transformatsiya sharoitida raqobatbardosh, texnologik jihatdan moslashuvchan va innovatsion fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy-pedagogik asoslari takomillashtirilgan;
“fan–ta’lim–ishlab chiqarish” klasteri doirasida kasbiy transformatsiyalashning pedagogik loyihalashtirish metodologiyasi (kompetensiyaviy-modulli yondashuv, uzlyuksizlik va izchillik tamoyillari, ishlab chiqarishga yo‘naltirilganlik hamda innovatsion-didaktik integratsiya) takomillashtirilgan bo‘lib, unda ta’lim mazmunini texnologik drayverlari (raqamli egizaklar, aqlli sensorika, robotlashtirilgan tizimlar va kiber modellar) bilan sinxronizatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i) Natijada, ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan institutsional va texnologik integratsiyasi kuchaytirilgan, talabalarda raqamli modellashtirish, texnologik jarayonlarni prognozlash hamda muammoli vaziyatlarga innovatsion echimlar ishlab chiqish kompetensiyalari shakllanishiga xizmat qilgan;
talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish modeli konseptual jihatdan boyitilgan bo‘lib, u raqamli muhitning dinamik tabiati (texnologik platformalarning doimiy yangilanib borishi, axborot oqimining yuqori sur’ati va virtual hamkorlikning kengayishi), shaxsiy ta’lim traektoriyasining avtonomligi (individual o‘quv strategiyasini tanlash, o‘z-o‘zini mustaqil boshqarish, kognitiv ehtiyojlarni tabaqalashtirish va natijalarni mustaqil modellashtirish) hamda kognitiv, amaliy va refleksiv komponentlarning o‘zaro funksional determinatsiyasi asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i) Natijada, darslik mazmuniga integratsiya qilingan didaktik yondashuvlar talabalarda kognitiv jarayonlarni raqamli vositalar bilan muvofiqlashtirish, loyihaviy echimlarni modellashtirishda kreativ moslanuvchanlikni ta’minlashga xizmat qilgan.
ijodiy faoliyatni takomillashtirishning tarkibiy-bosqichli tizimi (propedevtik-moslashuv, kreativ-modellashtirish, innovatsion-eksperimental) raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib tabaqalashtirilgan hamda har bir bosqichning sifat ko‘rsatkichlari (kognitiv-texnologik savodxonlik, motivatsion-qadriyatli munosabat, operatsion-kreativ mustaqillik, refleksiv-tahliliy layoqat) va samaradorlik mezonlari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i) Natijada, talabalarda kognitiv jarayonlarni texnologik vositalar bilan muvofiqlashtirish ko‘nikmalari shakllantirilgan;
talabalarning kreativ salohiyatini yuksaltirishning innovatsion-texnologik mexanizmlari (multimedia resurslari, kross-platformali interaktiv muhit va intellektual o‘qitish tizimlarining sintezi) ishlab chiqilgan bo‘lib, unda moslanuvchan ta’lim, kollaborativ o‘qitish, muammoli-izlanuvchanlik, loyihaviy modellashtirish va “design thinking” (loyiha-ijodiy tafakkur) metodologiyalarini raqamli vositalar bilan integratsiyalash orqali bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijodiy mahsuldorligini oshirishning metodik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim traektoriyasi, vizuallashtirilgan algoritmlar hamda kreativ natijalarni raqamli monitoring qilish vositalarini joriy etish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar “Baholash nazariyasi asoslari” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 07-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i) Natijada, talabalarning o‘quv natijalarini monitoring qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda tahliliy ma’lumotlar asosida individual rivojlanish traektoriyalarini optimallashtirish darajasi sifat jihatidan ortgan.