Duschanova Nilufar Sabirbaevnaning
Fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Neyropedagogik texnologiyalar orqali o‘quvchilarning adabiy savodxonligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(adabiy ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1242
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xodjamqulov Umid Negmatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, DSc.03/25.08.2025.Ped.193.02
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Sapa Matchanov Murodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc),professor Kiyamov Nishon Sadikovich hamda pedagogika fanlari doktori (DSc),professor Xamroev Alijon Ro‘ziqulovich
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi neyropedagogik texnologiyalar orqali o‘quvchilarning adabiy savodxonligini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
neyropedagogika va adabiy savodxonlik tushunchalarining metodologik asoslari fanlararo yondashuv, kognitiv psixologiya va ta’lim nazariyasini savodxonlikning funksional va adabiy turlari, tanqidiy o‘qish konsepsiyasiga mulohazaviy anglash va estetik idrok kategoriyalari negizida tahliliy-qiyosiy va konseptual asosda interpretatsiya qilish orqali aniqlashtirilgan;
adabiy savodxonlikni shakllantiruvchi omillar va ilmiy yondashuvlar kognitiv, emotsional va neyropsixologik mexanizmlarni neyropedagogik ta’lim modellari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, multisensor o‘qish kabi interfaol o‘qitish texnologiyalariga neyrobiologik va psixolingvistik asosga ko‘ra integrativ tahlil qilish va funksional-tahliliy tavsiflash orqali asoslangan;
adabiy ta’lim jarayoniga mos neyropedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning bilish faoliyati va hissiy idrokini mulohazaviy anglash jarayoni va shaxsiy interpretatsiyaga individual kognitiv va neyropsixologik xususiyatlarga ko‘ra didaktik jihatdan modulli-maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
neyropedagogik yondashuvga asoslangan adabiy savodxonlikni rivojlantirish metodikasi multisensor o‘qish, shaxsiy ma’no yaratish va badiiy tafakkurni uyg‘otuvchi ijodiy mashg‘ulotlarni o‘quvchilardagi individual neyrokognitiv ehtiyojlarga mos ravishda integrativ ta’lim muhiti vositasida emotsional idrok, kognitiv tahlil va interpretativ faollikni rivojlantirish asosida tashkil qilishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
neyropedagogik texnologiyalar vositasida adabiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik modeli jarayon komponentlari o‘rtasidagi aloqadorlik va funksional uzviylikni vizuallashtirish hamda neyropedagogik texnologiyalarni adabiy ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlariga integratsiyalash jarayonini tarkibiy-komponentli tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Neyropedagogik texnologiyalar orqali o‘quvchilarning adabiy savodxonligini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fanlararo yondashuv, kognitiv psixologiya va ta’lim nazariyasini savodxonlikning funksional va adabiy turlari, tanqidiy o‘qish konsepsiyasiga mulohazaviy anglash va estetik idrok kategoriyalari negizida tahliliy-qiyosiy va konseptual asosda interpretatsiya qilish orqali aniqlashtirilgan neyropedagogika va adabiy savodxonlik tushunchalarining metodologik asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalari umumiy o‘rta ta’lim tizimi amaliyotida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2026-yil 16-yanvardagi 01/11-01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot fanini o‘qitish jarayoniga neyropedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasini takomillashtirishning mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
kognitiv, emotsional va neyropsixologik mexanizmlarni neyropedagogik ta’lim modellari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, multisensor o‘qish kabi interfaol o‘qitish texnologiyalariga neyrobiologik va psixolingvistik asosga ko‘ra integrativ tahlil qilish va funksional-tahliliy tavsiflash orqali asoslangan adabiy savodxonlikni shakllantiruvchi omillar va ilmiy yondashuvlar bo‘yicha xulosalar “Bolalar adabiyoti” darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan №232-407 raqamli guvohnomasi). Natijada, neyropedagogik texnologiyalarni adabiyot fanini o‘qitish amaliyotiga tatbiq etishning aniq mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning bilish faoliyati va hissiy idrokini mulohazaviy anglash jarayoni va shaxsiy interpretatsiyaga individual kognitiv va neyropsixologik xususiyatlarga ko‘ra didaktik jihatdan modulli-maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan adabiy ta’lim jarayoniga mos neyropedagogik texnologiyalar bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablari adabiyot darslariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2026-yil 16-yanvardagi 01/11-01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, neyropedagogik texnologiyalar asosida adabiyot fanini o‘qitish bo‘yicha amaliy dars ishlanmalarini ommalashtirishga xizmat qilgan;
multisensor o‘qish, shaxsiy ma’no yaratish va badiiy tafakkurni uyg‘otuvchi ijodiy mashg‘ulotlarni o‘quvchilardagi individual neyrokognitiv ehtiyojlarga mos ravishda integrativ ta’lim muhiti vositasida emotsional idrok, kognitiv tahlil va interpretativ faollikni rivojlantirish asosida tashkil qilishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan neyropedagogik yondashuvga asoslangan adabiy savodxonlikni rivojlantirish metodikasi, jarayon komponentlari o‘rtasidagi aloqadorlik va funksional uzviylikni vizuallashtirish hamda neyropedagogik texnologiyalarni adabiy ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlariga integratsiyalash jarayonini tarkibiy-komponentli tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan neyropedagogik texnologiyalar vositasida adabiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik modeli borasidagi taklif va tavsiyalar bo‘yicha xulosalar “Bolalar adabiyoti” darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan №232-407 raqamli guvohnomasi). Natijada, neyropedagogik texnologiyalar asosida gumanitar fanlarini o‘qitish bo‘yicha mualliflik metodikalarini ommalashtirishga xizmat qilgan.
neyropedagogik texnologiyalar vositasida adabiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik modeli jarayon komponentlari o‘rtasidagi aloqadorlik va funksional uzviylikni vizuallashtirish hamda neyropedagogik texnologiyalarni adabiy ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlariga integratsiyalash jarayonini tarkibiy-komponentli tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bo‘yicha xulosalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogi va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-maydagi 04/11-6511-son ma’lumotnomasi). Natijada, neyropedagogik texnologiyalar asosida gumanitar fanlarini o‘qitish bo‘yicha mualliflik metodikalarini ommalashtirishga xizmat qilgan.