Solieva Maftuna Terkash qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlat tarixi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped4883
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Kushvaktov Ne’mat Xusanovich pedagogika fanlari nomzodi dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qahramonovna,  pedagogika fanlari doktori professor hamda Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori professor; 
Yetakchi tashkilot:  Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasiga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining shakl, metod va vositalari shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ fikrlashga undovchi va innovatsion o‘quv muhitni boshqaruvchi texnologiyalarni funksional integratsiyalash hamda mantiqiy va ijodiy fikrlashga qaratilgan kompetensiyalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining mazmuni va uni rivojlantirish modeli talaba shaxsining ichki imkoniyatlaridan kreativ foydalanish va jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalari bilan qurollantirishning shakl, metod va vositalari innovatsion baholash tamoyilining o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi parametrlari mazmunini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining nazariy asoslari buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari va ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni interpretatsiyalash va natijalar samaradorligi omillariga ustvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining samaradorlik darajasi shaxs ma’naviy rivojlanishiga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiyalanganlik darajasi, ijtimoiy ongning yuksalishiga oid jamoa hissiy boyligi singari baholash mezonlarini kiritish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining nazariy asoslari buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari va ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni interpretatsialash va natijalar samaradorligi omillariga ustvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid ma’lumotlar 60110500-Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Guliston davlat universitetining 2025 yil 1-apreldagi “69-O” –sonli buyrug‘iga asosan 69-10 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining pedagogik asoslarini aniqlashtirishga erishilgan;
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining shakl, metod va vositalari shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ fikrlashga undovchi va innovatsion o‘quv muhitni boshqaruvchi texnologiyalarni funksional integratsiyalash hamda mantiqiy va ijodiy fikrlashga qaratilgan kompetensiyalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan doir tavsiyalar 60110500-Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Guliston davlat universitetining 2025 yil 1-apreldagi “69-O”–sonli buyrug‘iga asosan 69-10 raqamli guvohnoma).Natijada talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining mazmuni va uni rivojlantirish modeli talaba shaxsining ichki imkoniyatlaridan kreativ foydalanish va milliy va badiiy qadriyatlarning ustuvor g‘oyalari bilan qurollantirishning shakl, metod va vositalari innovatsion baholash tamoyilining o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi parametrlari mazmunini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir xulosa va A-OT-2021-542-raqamli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada o‘rganish, ularning xotirasini abaydiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan electron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni hal etishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteting 2025-yil 26-iyundagi 04/11-7960-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasiga doir bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarni badiiy qadriyatlarga  qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining samaradorlik darajasi shaxs ma’naviy rivojlanishiga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiyalanganlik darajasi, ijtimoiy ongning yuksalishiga oid  “Talabalarning badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasining natijalari va materiallaridan Jizzax viloyat teleradiokanali DM televideniyasi tomonidan tayyorlangan 2024-2025 yillar davomida “Ta’lim va taraqqiyot”, “Etiboringiz markazida”, “Munozara maydoni”, “Diyor intervyu” teleko‘rsatuvlarida o‘z fikr mulohaza va ilmiy maruzalari bilan ishtirok etgan. (“Talabalarning badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining natijalaridan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalarni bajarishda foydalanilganligi to’g‘risida 2025-yil 24-dekabr №1438/13-10 sonli ma’lumotnoma). Natijada talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish