Otaboboeva Umida Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-estetik rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped1154
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mavlonova Saida Umarovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Maftuna Faxriddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent hamda Mardonov Shukrullo Qoldoshevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat (pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kasbiy madaniyatni shakllantirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida ularni ma’naviy-estetik rivojlantirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning mazmun-mohiyati, shuningdek, pedagogik shart-sharoitlari va didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
ma’naviy-estetik tarbiyani rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari, kasbiy kompetentlik xarakteridagi autentik vazifalar bilan ishlashning faol usullarini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, interfaol o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik tizim va kasbiy kompetensiyasini takomillashtiruvchi umumkasbiy tavsifdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, yangilangan ma’lumotlar bazasi orqali talabalarning ma’naviy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minoti boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ)ni tashxislash komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ma’naviy-estetik rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari, ijodiy topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, masalalar algoritmi, ixtirochilik) hamda o‘qitish sifat va samaradorligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarni ma’naviy-estetik rivojlantirishnnig pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak talabalarda kasbiy madaniyatni shakllantirish, ularni ma’naviy-estetik rivojlantirish hamda mazmunini boyitish, kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning mazmun-mohiyati, pedagogik shar-sharoitlari va didaktik imkoniyatlarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalar Xalq ta’limi vazirining 2023- yil 18-maydagi 156-son buyrugʻi asosida 2023-2024-yillarda amalga oshirilishi belgilangan Al-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2025 yil 23 oktyabrdagi 03-17-09-973-ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talabalari kasbiy kompetensiyalar tizimi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv materiallarni tizimlashtirishning didaktik parametrlari, kasbiy kompetentlik xarakteridagi topshiriqlar, kasbiy kompetentlikka oid materiallar bilan ishlashda interfaol usullarni takomillashtirishga doir takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2025 yil 24 oktyabrdagi 03-733-722-ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini yuksaltirish mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik rivojlantirish orqali ularning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishning ilmiy-metodik ta’minoti o‘quv mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, interfaol o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik tizimi, umumkasbiy tavsifdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalardan ma’lumotlar bazasi yaratilgan hamda oliy ta’lim muassasasining pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishidagi ilmiy metodik ta’minot mazmuniga doir taklif va tavsiyalar Xalq ta’limi vazirining 2023- yil 18-maydagi 156-son buyrugʻi asosida 2023-2024-yillarda amalga oshirilishi belgilangan Al-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2025 yil 23 oktyabrdagi 03-17-09-973-ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar ta’limning ilmiy-metodik ta’minotining sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari, ijodiy topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, masalalarni echish algoritmi, ixtirochilik), bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ)ni tashxislash komponentlari (anketa, tahlil, bashoratlash, loyihalash), funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga doir tavsiyalardan “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan (2024-2025 yillar davomida) “Ta’lim va taraqqiyot”, “E’tiboringiz markazida”, “Munosabat”, “Diyor intervyu” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokanalining 2025 yil 31 oktyabrdagi 1203/13-10-ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni mustaqil va kreativ faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.