Berdieva Lobar Norkabulovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilar ko‘rgazmali–harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish (ona tili darslari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9139.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Chorieva Feruza Amrullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Maftuna Faxriddinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent hamda Shabbozova Dilfuza Ro‘ziqulovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot sifatida Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ona tili darslarida o‘quvchilar ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor ona tili ta’limi jarayonida ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar tizimi ilmiy asoslab berilib, o‘qituvchining metodik kompetensiyasini vizual-harakatli muhitda loyihalash, raqamli pedagogika tamoyillari asosida rivojlantirish hamda o‘quvchi faoliyatini reflektiv tahlil bilan uyg‘unlashtirish orqali ta’lim natijalarining barqarorligi va takror ishlab chiqariluvchanligi isbotlangan;
Bloom taksonomiyasi, kompetensiyaviy yondashuv va formativ baholash tamoyillari asosida kognitiv, operatsional va refleksiv komponentlar indikatorlarga ajratilib, ko‘rgazmali-harakatli tafakkurning shakllanish darajasini aniqlash va monitoring qilish uchun diagnostik-mezonli baholash tizimi taklif etilib, pedagogik tajriba-sinov jarayonida raqamli kuzatuv vositalari va portfel texnologiyalari yordamida empirik tahlil orqali asoslab berilgan;
konstruktivistik va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida vizual-semiotik materiallar, kinestetik mashqlar hamda raqamli interaktiv texnologiyalarni (multimedia, animatsiyalangan lingvistik obektlar, AR-elementlar) uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning bilish faolligi va nutqiy kompetensiyalarini tizimli ravishda oshirish uchun o‘quvchilarning ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayonini metodik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan integrativ didaktik model takomillashtirilgan;
differensial va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari asosida nostandart vaziyatlarda vetagen tajribani namoyon qilish kabi individual xususiyatlar aniqlashtirilib, reproduktiv, produktiv, ijodiy darajalar asosida tashkil etish dinamikasiga ustuvorlik berish orqali o‘quvchilarning ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayoni mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: ona tili darslarida o‘quvchilar ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
ilk bor ona tili ta’limi jarayonida ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar tizimi ilmiy asoslab berilib, ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish muammosi mazmuni o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishning ilmiy asoslari tabiat dialektikasini bilishga olib keladigan real dunyoning ichki aloqalari asosidagi jarayonlarni tizimli tushunish, miqdoriy o‘zgarishlarning sifatga o‘tishini aniqlash; qarama - qarshiliklarning birligini, tushunchalarning muvofiqligi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi mantiqiy-uslubiy va umumiy-nazariy tahlil asosida aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlardan “Kasbiy pedagogika” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi №429 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni ta’lim jarayonini metodik ta’minotini takomillashtirishga doir nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Bloom taksonomiyasi, kompetensiyaviy yondashuv va formativ baholash tamoyillari asosida o‘quvchilarni ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish jarayoni shaxsning o‘z intellektini namoyon etishga tayyorlik, integrativ bilimlarga egalik, standart va nostandart vaziyatlarda vetagen tajribani namoyon qilish kabi individual xususiyatlari metodik ta’minot mazmunini reproduktiv, produktiv, ijodiy darajalar asosida tashkil etish dinamikasini hisobga olish orqali takomillashtirilganligiga oid xulosalardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabr, № 491 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili darslarini tashkil etish jarayoni metodik ta’minotni takomillashtirish mezonlari asosida takomillashuviga xizmat qilgan;
konstruktivistik va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida ona tili darslari metodik ta’minoti asosida o‘quvchilar ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirishning funksional modeli mazmun bloki o‘quv hamda tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan muammoli, kreativ, mantiqiy topshiriqlarni sub’ektiv, loyihaviy, produktiv bosqichlar bo‘yicha modellashtirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabr, № 491 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayoni innovatsion texnologiyalar bilan boyitilishiga erishilgan;
differensial va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari asosida nostandart vaziyatlarda vetagen tajribani namoyon qilish kabi individual xususiyatlar aniqlashtirilib, reproduktiv, produktiv, ijodiy darajalar asosida tashkil etish dinamikasiga ustuvorlik berish orqali ona tili darslariga doir takomillashtirilgan metodik ta’minot asosida o‘quvchilarni ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini rivojlantirish metodikasini optimallashtirish tamoyillari asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan pedagogik eksperiment davomida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 19-may 01/11-6-328-son ma’lumotnoma). Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘quvchilar ko‘rgazmali-harakatli tafakkurini o‘stirishga doir metodika bilan boyitilishiga xizmat qilgan.