Nurullaeva Ugulxon Ergashboevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda “Smart-learning” texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 10185 (B2025.2.)
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Xanbabaev Xakimjon Ikramovich Qo‘qon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc); Abdullaev Safibullo Xabibulloevich Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda “smart-learning” texnologiyalarini qo‘llashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida “Smart-learning” texnologiyalarini qo‘llashning nazariy-metodologik asoslari tizimli-tahliliy yondashuv asosida takomillashtirilib, mazkur jarayonda raqamli ta’lim muhiti, kompetensiyaviy yondashuv va pedagogik integratsiya tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
“Smart-learning” texnologiyalaridan foydalanish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan model ishlab chiqilib, unda motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-komponentlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi dalillangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda “Smart-learning” texnologiyalarini qo‘llash metodikasi ishlab chiqilib, unda interaktiv ta’lim strategiyalari, adaptiv o‘qitish texnologiyalari, raqamli didaktik vositalar hamda formatif va summativ baholash mexanizmlarining integratsiyasi tasdiqlangan;
taklif etilgan metodikaning samaradorligini aniqlash uchun pedagogik diagnostika, mezon va indikatorlar tizimi hamda tajriba-sinov ishlari metodologiyasi ishlab chiqilib, natijalar matematik-statistik tahlil asosida qayta ishlanib, kasbiy-pedagogik kompetensiyalarning rivojlanish dinamikasi empirik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida “Smart-learning” texnologiyalarini qo‘llashning nazariy-metodologik asoslari tizimli-tahliliy yondashuv asosida takomillashtirilib, mazkur jarayonda raqamli ta’lim muhiti, kompetensiyaviy yondashuv va pedagogik integratsiya tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligi asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarning ssenariylarini shakllantirishda dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi, 2025-uil 12-avgustdagi №05-09-1291 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarda “Smart-learning” texnologiyalarini tatbiq etish metodikasining metodik ta’minoti boyitilishiga erishilgan;
“Smart-learning” texnologiyalaridan foydalanish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan model ishlab chiqilib, unda motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-komponentlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi dalillanganligiga doir taklif va tavsiyalardan ”Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarning o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishni mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-uil 30-avgustdagi №04/11-15693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Smart-learning” texnologiyalariga asoslangan adaptiv o‘quv-metodik modelini oliy pedagogik ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etish, bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli-pedagogik kompetensiyalarni samarali rivojlantirish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda “Smart-learning” texnologiyalarini qo‘llash metodikasi ishlab chiqilib, unda interaktiv ta’lim strategiyalari, adaptiv o‘qitish texnologiyalari, raqamli didaktik vositalar hamda formativ va summativ baholash mexanizmlarining integratsiyasi tasdiqlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli O‘zbekistonda Oliy muassasalarning o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishni mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-uil 30-avgustdagi №04/11-15693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Smart-learning” texnologiyalariga asoslangan adaptiv o‘quv-metodik modelini oliy pedagogik ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etish, bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli-pedagogik kompetensiyalarni samarali rivojlantirish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
taklif etilgan metodikaning samaradorligini aniqlash uchun pedagogik diagnostika, mezon va indikatorlar tizimi hamda tajriba-sinov ishlari metodologiyasi ishlab chiqilib, natijalar matematik-statistik tahlil asosida qayta ishlanib, kasbiy-pedagogik kompetensiyalarning rivojlanish dinamikasi empirik jihatdan isbotlanganligiga oid empirik faoliyat samaradorligini ta’minlashning raqamli ta’lim sharoitiga muvofiqligi asoslashga doir metodik tavsiyalar “Bolalar badiiy pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 22-dakabrdagi, 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537612-sonli guvohnoma). Natijada, raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarda “Smart-learning” texnologiyalarini tatbiq etish jarayoni metodik jihatdan ta’minlangan.