Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xondiza koni polimetall rudalaridan rux boyitmasini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6138.
Ilmiy rahbar: Xakimov Kamol Juraevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.04. 
Rasmiy opponentlar: Almatov Ilhomjon Mirzabek o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xasanov Adxam Amankulovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Xondiza koni polimetall rudalaridan rux boyitmasini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruxni boyitmaga ajralishini 73,16% gacha va boyitmadagi miqdorini 55,9 % gacha oshishirish imkonini beradigan flotatsiya usulida boyitish uchun yangi reagentlar rejimi asoslab berilgan;
ikki bosqichli nazorat flotatsiyasi uchun optimal rejim ishlab chiqilgan bo‘lib II-bosqich nazorat flotatsiyasi joriy etilishi hisobiga ruxni ajralishini 12,84% ga oshirilishi asoslangan;
rux boyitmasi tarkibidagi zararli ta’sir etuvchi qo‘rg‘oshin miqdorini kamaytirishga erishuvchi flotatsiya usulida boyitishning optimal reagentlar parametrlari aniqlangan;
polimetall rudalardan rux va boshqa rangli metallar boyitmasini kompleks ajratib olishning texnologik sxemasi yaratilib, optimal reagentlar rejimi aniqlangan, hamda sanoat miqyosida qo‘llanilish uchun mos keladigan dastgohlar zanjiri sxemasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polimetall rudalardan rux va rangli metallarni boyitmaga kompleks ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Xondiza konining polimetall rudalaridan ruxni boyitishning texnologik sxemasi “OKMK” AJning Xondiza boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 4 dekabrdagi 12-25/61-02890-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikki bosqichli nazorat flotatsiyasi va II-asosiy flotatsiya bosqichida yig‘uvchi va ko‘pik hosil qiluvchi reagent miqdorini oshirilishini, shuningdek, II-bosqich nazorat flotatsiyasida reagentlar optimal sarfini (120±60 g/t BKK) oshirishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu ruxni ajratib olish darajasini 73,16 % gacha ko‘tarish imkonini bergan; 
taklif etilgan yangi flotatsiya reagentlar rejimi “OKMK” AJning Xondiza boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 4 dekabrdagi №12-25/61-02890-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ruxni ajratib olish darajasini 73,16 % gacha, boyitmadagi Zn miqdorini esa 55,9 % gacha oshirish imkonini bergan; 
rux va rangli metallarni ajratib olishning kompleks texnologiyasi “OKMK” AJning Xondiza boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025-yil 4-dekabrdagi №12-25/61-02890-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, II-asosiy rux flotatsiyasida rux ajratib olish darajasi oshirilgan, II-nazorat flotatsiyasi bosqichining joriy etilishi esa qo‘shimcha ravishda ruxni ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish