Pardaev Elshod Alisher o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingichka tolali g‘o‘zaning tur ichida duragaylash asosida yangi genotiplar va nav yaratish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1497.
Ilmiy rahbar: Chorshanbiev Nurali Esanpulotovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.B.04.05.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘i (ixtiro patent) olingan: “G‘uzor” g‘o‘za navi (№NAP 462).
II. Tadqiqotning maqsadi: Ingichka tolali g‘o‘za navlarining o‘zaro duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligini tavsiflash asosida yangi irsiy genotiplar olish va nav yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ingichka tolali g‘o‘zaning geneologiyasi turlicha bo‘lgan mahalliy navlari o‘zaro chatishtirilib, F1-F2 duragay avlodlarida qimmatli-xo‘jalik belgilarining irsiylanish va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari, o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari va ota-ona navlarining donorlik qobiliyatlari aniqlangan;
resiprok F1 duragaylarida morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha statistik farqlanish mavjudligi asosida bu ko‘rsatkichlarning genetik nazoratida yadroviy genlar bilan bir qatorda, sitoplazmatik genlar ham ishtirok etishi ochib berilgan;
F1 duragaylarida bitta o‘simlikdagi paxta hosili belgisi asosan ijobiy o‘ta dominantlik, tola chiqimi belgisi ijobiy to‘liqsiz va o‘ta dominantlik, tola uzunligi belgisi esa ijobiy va salbiy o‘ta dominantlik holatlarida irsiylanishi aniqlangan;
navlarda aniqlangan umumiy kombinativ qobiliyat (UKQ) samarasining tahlili asosida Surxon-9 va Termiz-32 navlari bitta o‘simlikdagi paxta hosili va tola chiqimi, Surxon-10 va Termiz-32 navlari tola uzunligi bo‘yicha yuqori donorlik xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan;
F1 duragaylarida bitta o‘simlikdagi paxta hosili belgisi bo‘yicha yuqori geterozis samarasiga ega kombinatsiyalarni olish mumkinligi isbotlangan;
F2 duragaylarida bitta o‘simlikdagi paxta hosili belgisi bo‘yicha chap tomonli transgressiyaga nisbatan o‘ng tomonli transgressiyaning yaqqol namoyon bo‘lgani va serhosil genotiplarning ajralib chiqqani asosida mahalliy ingichka tolali g‘o‘za navlarining genetik potensiali yuqori ekanligi aniqlangan;
T-450 tizmasidan tezpishar, hosildor yangi ingichka tolali “G‘uzor” navi yaratilgan va mazkur navdan andoza navga nisbatan yuqori hosil olish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingichka tolali g‘o‘zada navlararo duragaylaridan yangi genotiplar olish va nav yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi yaratilgan “G‘uzor” g‘o‘za navining urug‘lik materiallari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob obekti kolleksiyasiga kiritilgan va (Cotton Genuz) CGUZ-09594 katalog raqamlari berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 2 oktyabrdagi 4/1255-2352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, G‘uzor g‘o‘za navining elita urug‘lik ashyolari ingichka tolali g‘o‘za kolleksiyasi fondini iqlim sharoitlariga tez moslashuvchan, kasalliklarga chidamli, serhosil, tola sifat ko‘rsatkichlari yuqori, ertapishar namunalar bilan boyitish imkonini bergan;
“G‘uzor” navi 2024 yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani “Jovliev Abduraup” fermer xo‘jaligida 3 gektar, G‘uzor tumanidagi “Tengdosh Baraka” fermer xo‘jaligi dala maydoniga 5 gektarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2025 yil 14 iyuldagi 05/04-04/390 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ingichka tolali suv tanqisligiga chidamli va tezpishar «G‘uzor» g‘o‘za navi yuqori va sifatli hosil olish imkonini bergan;