Nazarova Gulchexra Usmanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi tibbiyot xodimlari populyasiyasida yurak ishemik kasalligining epidemiologiyasi, xatar omillari va profilaktikasi yo‘llari» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib940.
Ilmiy maslahatchilar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gofurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi tibbiyot xodimlari populyasiyasida yurak ishemik kasalligining epidemiologiyasi va xatar omillarini o‘rganish, profilaktikasining takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari misolida tibbiyot xodimlari populyasiyasida professional psixoemotsional xavf omillari gipotalamo-gipofizar-buyrak usti va simpato-adrenal tizimlar faollashuvini induksiya qilishi natijasida koronar mikrotsirkulyasiyaning buzilishi, aterogenez kuchayishi va endotelial disfunksiya rivojlanishiga olib kelishi yurak ishemik kasalligining o‘tkir va surunkali shakllari rivojlanish xavfining ortishi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlanib, kasbiy faoliyat tavsifi va ishlab chiqarish omillarining uzoq muddatli ta’siri kardiovaskulyar xavf oshishining muhim determinantlari ekanligi isbotlangan;
tibbiyot xodimlari populyasiyasida professional psixoemotsional omillarga ko‘ra kardiovaskulyar xavflarini kompleks baholashi modifikatsiyalanuvchi xavf omillari - kasbiy stress, dislipidemiya va metabolik sindrom o‘rtasida ko‘p bosqichli uzviy bog‘liqlik aniqlanganligiga ko‘ra ularning birgalikdagi ta’siri yurak ishemik kasalligining surunkali shakllari rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi isbotlangan;
tibbiyot xodimlari populyasiyasida professional psixoemotsional omillar xavfi ta’sirida ishemiyadan so‘ng miokardni tiklanishning buzilishi, reparativ jarayonlarning cho‘zilishi va koronar voqelik residivlanish xavfining oshishi bilan tavsiflanuvchi professional-determinatsiyalangan yurak ishemik kasalligi kelib chiqishi isbotlangan;
tibbiy professional psixoemotsional omillar, dislipidemiya va giperglikemiyaning sinergik ta’siri o‘tkir yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfining shakllanishi va darajasiga nisbatan lipid va uglevod almashinuvini buzilishlarining professional psixoemotsional omillar bilan bir vaqtda mavjudligi har bir omilning alohida ta’siriga nisbatan kasallik xavfini ishonchli darajada oshirishi hamda kardiometabolik xavf tuzilishi va ifodalanish darajasining o‘zgarishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslangan;
tibbiy faoliyatning kasbiy xususiyatlari bilan bog‘liq psixoemotsial omillarning modifisirlangan va modifisirlanmagan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholash yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni klinik boshqarishda profilaktika choralari samaradorligini oshirishi va tibbiy mutaxassislarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysining tibbiyot xodimlari populyasiyasida yurak ishemik kasalligining epidemiologiyasi, xatar omillari va profilaktikasi yo‘llarini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotning natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari misolida tibbiyot xodimlari populyasiyasida professional psixoemotsional xavf omillari gipotalamo-gipofizar-buyrak usti va simpato-adrenal tizimlar faollashuvini induksiya qilishi natijasida koronar mikrotsirkulyasiyaning buzilishi, aterogenez kuchayishi va endotelial disfunksiya rivojlanishiga olib kelishi yurak ishemik kasalligining o‘tkir va surunkali shakllari rivojlanish xavfining ortishi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlanib, kasbiy faoliyat tavsifi va ishlab chiqarish omillarining uzoq muddatli ta’siri kardiovaskulyar xavf oshishining muhim determinantlari ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “YuIKning chin tarqalishini va xatar omillarini epidemiologik monitoring bilan tibbiyot xodimlarida aniqlashning alohida jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligini tibbiyot xodimlarida barvaqt aniqlash, prognozlash, oldini olish va davolash yangi “modeli-algoritmi”ni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga sindirilgan. Mazkur taklif Respublika kardiologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 42-son, Andijon shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 39-son, Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “20” martdagi 1620-11-169-TV/2025-son №32 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil “22” maydagidagi 18 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu tavsiyanomalarni amaliyotda qo‘llanilishi YuIK tashxisotini osonlashtiradi va iqtisodiy samara keltiradi, kasallikning davolash chora-tadbirlariga ketadigan harajatlarni: a) tibbiy brigadalar ko‘lamida, b) oilaviy poliklinika sharoitida, v) statsionargacha bo‘lgan va statsionardan keyingi bosqichda kamaytirish imkonini beradi; Iqtisodiy samaradorligi: Umumiy iqtisodiy tejashi 7500000000 so‘mni va 1 ta bemorga nisbatan iqtisodiy tejash 7978000 so‘mni tashkil qiladi; Xulosa: Tibbiyot xodimlari orasidan yurak ishemik kasalligining tarqalishi 18,4% ni tashkil qilib, umumiy populyasiyaga nisbatan 1,7 marta ortiq ekanligi Tibbiyot xodimlarida YuIKning epidemiologiyasi, xatar omillari va profilaktikasi yo‘llari aniqlanganligi va isbotlanganligi xavfi yuqori bo‘lgan prenozologik vaziyat bilan ShP kardiovaskulyar muvofiq profilaktikani ishlab chiqish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tibbiyot xodimlari populyasiyasida professional psixoemotsional omillarga ko‘ra kardiovaskulyar xavflarini kompleks baholashi modifikatsiyalanuvchi xavf omillari - kasbiy stress, dislipidemiya va metabolik sindrom o‘rtasida ko‘p bosqichli uzviy bog‘liqlik aniqlanganligiga ko‘ra ularning birgalikdagi ta’siri yurak ishemik kasalligining surunkali shakllari rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “YuIK ning chin tarqalishi va xatar omillarini epidemiologik monitoring bilan tibbiyot xodimlarida aniqlanishning alohida jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligini tibbiyot xodimlarida barvaqt aniqlash, prognozlash, oldini olish va davolash yangi modeli-algoritmini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika kardiologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 42-son, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 39-son, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “20” martdagi 1620-11-169-TV/2025- son №32 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil “22” maydagidagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur tavsiyanomani faoliyatga tadbiq qilinishi va qo‘llanilishi bashoratlash, tashxislash va farmako-nazorat samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tibbiy (100% gacha) va iqtisodiy (55% dan 100% gacha) tejamkorlikka erishishni ta’minlaydi. Xulosa: tibbiyot xodimlarida YuIKning modifisiirlanuvchi xatar omillarini erta aniqlash YuIK bilan shifoxonaga tushish zaruriyatini 100% ga etib bartaraflaydi va byudjet mablag‘larini shifoxona sharoitida tejab qolish imkoniyati ham 100% ga etib ta’minlanadi;
uchinchi ilmiy yangilik: tibbiyot xodimlari populyasiyasida professional psixoemotsional omillar xavfi ta’sirida ishemiyadan so‘ng miokardni tiklanishning buzilishi, reparativ jarayonlarning cho‘zilishi va koronar voqelik residivlanish xavfining oshishi bilan tavsiflanuvchi professional-determinatsiyalangan yurak ishemik kasalligi kelib chiqishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan “YuIKning chin tarqalinishini va xatar omillarini epidemiologik monitoring bilan tibbiyot xodimlarida aniqlashning alohida jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligini tibbiyot xodimlarida barvaqt aniqlash, prognozlash, oldini olish va davolashni yangi modeli-algoritmini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika kardiologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 42 - son, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 39 - son, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “20” martdagi 1620-11-169-TV/2025- son №32 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil “22” maydagidagi 18-son xulosasi). Mazkur yangi ishlanmalar va tavsiyalarni kundalik sharoitda qo‘llash, joriy qilish orqali gospitalizatsiya ko‘rsatkichi qisqartiriladi, “urgent” va “rejali” shifoxonaga yotqizilishi deyarli 100% ga bartaraf etiladi. Ijtimoiy samaradorligi: profilaktika (shoshilinch va rejali) va davolash dasturlarining ijobiy ko‘rsatkichlari oshiriladi, «so‘nggi nuqtalar» kelib chiqish xavfining 100% ga oldini olish sharoiti yaratiladi. Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligi: shifoxona va birlamchi bo‘g‘in sharoitida sarf-harajatlarning 53% gacha iqtisod qilinishiga erishiladi. Xulosa: tibbiyot xodimlarida YuIK ning biokimyoviy xatar omillarini shakllanishi va epidemiologik yo‘li asoslanishi erta diagnostika va profilaktika choralarini tadbiq qilishdan amaliy tejashlarga, ya’ni YuIK bilan surunkalanish holatlari va xirurgik aralashuvlar sonini ozayishi, va gospitalizatsiya davomiyligini qisqarishi yoki bo‘lmasligiga imkoniyati yaratiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy professional psixoemotsional omillar, dislipidemiya va giperglikemiyaning sinergik ta’siri o‘tkir yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfining shakllanishi va darajasiga nisbatan lipid va uglevod almashinuvini buzilishlarining professional psixoemotsional omillar bilan bir vaqtda mavjudligi har bir omilning alohida ta’siriga nisbatan kasallik xavfini ishonchli darajada oshirishi hamda kardiometabolik xavf tuzilishi va ifodalanish darajasining o‘zgarishiga olib kelishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan “YuIKni chin tarqalishi va xatar omillarini epidemiologik monitoring bilan tibbiyot xodimlarida aniqlashning alohida jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma va Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligini tibbiyot xodimlarida barvaqt aniqlash, prognozlash, oldini olish va davolashni yangi modeli-algoritmi ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika kardiologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 42 - son, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 39- son, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “20” martdagi 1620-11-169-TV/2025- son №32 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil “22” maydagidagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur tavsiyalar YuIK bo‘yicha diagnostik, klinik, profilaktik, prognostik va farmakoterapevtik faoliyatlarni 100% gacha, individual tarzda, kuchaytirish imkonini beradi. Ularni muntazam va davomli qo‘llash orqali YuIK dan umr davomiyligi uzaytiriladi, ijtimoiy samaradorlik imkoniyatlari oshiriladi. Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligi: shifokor tomonidan iqtisodiy talofatlarni bartaraf etishga, shifoxona byudjet mablag‘larini 100% gacha iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: YuIK ni prenozologik tashxislash, davolash amaliyoti va profilaktikasini sifat hamda miqdor jihatdan takomillashtirishga ko‘maklashuvchi mo‘ljalli faoliyat chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi YuIK og‘rigan bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish va nogironlik holatlarini kamaytirish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: tibbiy faoliyatning kasbiy xususiyatlari bilan bog‘liq psixoemotsial omillarning modifisirlangan va modifisirlanmagan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholash yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni klinik boshqarishda profilaktika choralari samaradorligini oshirishi va tibbiy mutaxassislarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan “YuIKning chin tarqalishini va xat omillarini epidemiologik monitorin bilan tibbiyot xodimlarida aniqlashning alohida jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil “06” fevral` № 02-son bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligini tibbiyot xodimlarida barvaqt aniqlash, prognozlash, oldini olish va davolashni yangi modeli-algoritmini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika kardiologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 42 - son, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “19” martdagi 39-son, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil “20”martdagi 1620-11-169-TV/2025- son №32 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil “22” maydagidagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu tavsiyanomalardan vodiy sharoitida, shifokorlar tomonidan foydalanish va muntazam amaliyotda qo‘llash orqali ijtimoiy (55% dan 100% gacha), iqtisodiy (byudjet harajatlarini deyarli 100% gacha tejab qolish) va tibbiy (75% dan 100% gacha) samaradorlikka erishiladi. Shifokorlarda YuIK bilan kasallanish va o‘lim/nogironlik holatlarini keskin kamaytirish va ta’minlanishiga erishiladi. Iqtisodiy samaradorik: Profilaktik tadbirlarni amaliyotga tadbiq qilish 6588000000 so‘m yillik toza tejashni tashkil qiladi, iqtisodiy samaradorlik koeffisienti 1,5 teng. Bu esa, sog‘liqni saqlash tizimiga sarflangan dollar iqtisodiy 1,5 dollarni tejab beradi. Xulosa: Farg‘ona vodiysi TXP da YuIKning epidemiologiyasi va xatar omillarini o‘rganish, profilaktikasining takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqishning isbotlanganligi va tasdiqlanganligi Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari shifokorlar salomatligini saqlash uchun profilaktika dasturlarini joriy etish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish imkoniyatlarini beradi.