Sultanov Bektemur Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati aholisi orasida so‘lak bezlari o‘smalarining patomorfologik xususiyatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4603.
Ilmiy rahbar: Karimov Rasulbek Xasanovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mallaev Maksud Muxammadievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati aholisi orasida so‘lak bezlari o‘smalarining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini kompleks tahlil qilish, ularning hududiy o‘ziga xosligini aniqlash, diagnostik va bashoratlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taxlillari asosida ularning morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy tuzilishining regional o‘ziga xosligi, o‘smaning tarqalishi va xavf omillari ta’sirida shakllanish xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor Ki-67, p53, p63, EMA, CK5/6 va S-100 biomarkerlarining ekspressiyasini immunogistokimyoviy aniqlash orqali so‘lak bezi o‘smalarining mitotik faolligini qiyosiy tahlili asosida, CK5/6 va S-100 biomarkerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati so‘lak bezi o‘smalarini differensial tashxislash va prognostik baholash uchun informatsion mezon sifatida foydalanish uchun asoslangan;
xavfni stratifikatsiya qilish algoritmini shakllantirish va morfologik parametrlar asosida o‘smaning qaytalanish xavfini baholash imkonini beradigan so‘lak bezi o‘smalarini erta tashxislash va prognostik baholash uchun o‘sma hajmi, tarqalishi va mitotik indeksni kompleks baholashga asoslangan matematik model ishlab chiqilgan;
so‘lak bezi o‘smalarini erta tashxislashda, biomarker profilini aniqlashtirishda, mitotik indeksni avtomatik hisoblashda va bashoratlashda morfologik va immunogistokimyoviy parametrlarni kompleks baholashga asoslangan integratsiyalashgan elektron dasturning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xorazm viloyati aholisida so‘lak bezi o‘smalarining patomorfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor ekologik noqulay hudud aholisi orasida so‘lak bezi o‘smalarini kompleks patomorfologik taxlillari asosida ularning morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy tuzilishining regional o‘ziga xosligi, o‘smaning tarqalishi va xavf omillari ta’sirida shakllanish xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 avgustda 3-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida so‘lak bezlari o‘smalarning patomorfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 24-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 30.09.2025 yildagi 123-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Xorazm viloyati aholisi orasida ilk maratoba so‘lak bezi o‘smalari birinchi marta kompleks taxlillari asosida morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlari regional o‘ziga xosligi inobatga olingan holda tarqalishi va xavf omillarini o‘rnini asoslash orqali patologik holatini o‘z vaqtida aniqlashda kasallik xavfi, shikoyatlar sonini kamaytirish, qon ko‘rsatkichlarini yaxshilash, so‘lak bezi asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis qo‘yish aniqligini oshirish, takroriy tekshiruvlar va noto‘g‘ri tashxis qo‘yishning oldini olish maqsadida so‘lak bezi o‘smalarining morfotipik xususiyatlarini mintaqaviy darajada standartlashtirish natijasida gistologik tahlil uchun sarflanadigan 230000 so‘m va immunogistokimyoviy tahlil uchun 300000 so‘m, jami 530000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Ki-67, p53, p63, EMA, CK5/6 va S-100 biomarkerlarining ekspressiyasini immunogistokimyoviy aniqlash orqali so‘lak bezi o‘smalarining mitotik faolligini qiyosiy tahlili asosida, CK5/6 va S-100 biomarkerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati so‘lak bezi o‘smalarini differensial tashxislash va prognostik baholash uchun informatsion mezon sifatida foydalanish uchun asoslanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 avgustda 3-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida so‘lak bezlari o‘smalarning patomorfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 24-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 30.09.2025 yildagi 123-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: so‘lak bezi o‘smalarini Ki-67, p53, p63, EMA, CK5/6, S-100 biomarkerlari orqali mitotik indeks o‘zgarishlari birinchi marta qiyosiy tahlili va uning asosida o‘smalarning tashxislash va bashoratlash mezonlari asosida o‘smalarning tarqalishi va xavf omillarini erta bashoratlash algoritmini joriy qilish orqali o‘sma xavf darajasi erta aniqlash 20% holatlarda noaniq tashxislarning kamayishi, bemorlarga moslashtirilgan davo taktikasini yo‘lga qo‘yish natijasida shikoyatlar sonini kamayishi, metastazlar tarqalishini oldini olish hamda bemorlarning hayot sifatini baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: so‘lak bezi o‘smalarini Ki-67, p53, p63, EMA, CK5/6, S-100 biomarkerlari orqali mitotik indeks o‘zgarishlarini qiyosiy tahlili asosida o‘smalarning tashxislash va bashoratlash mezonlarini qo‘llash natijasida takroriy gistologik tahlil uchun sarflanadigan 230000 so‘m, ortiqcha biopsiya uchun 1005000 so‘m va qisman ortiqcha jarrohlik amaliyoti uchun 1530000 so‘m, jami 2765000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi; 
uchinchi ilmiy yangilik: xavfni stratifikatsiya qilish algoritmini shakllantirish va morfologik parametrlar asosida o‘smaning qaytalanish xavfini baholash imkonini beradigan so‘lak bezi o‘smalarini erta tashxislash va prognostik baholash uchun o‘sma hajmi, tarqalishi va mitotik indeksni kompleks baholashga asoslangan matematik model ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 avgustda 3-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida so‘lak bezlari o‘smalarning patomorfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 24-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 30.09.2025 yildagi 123-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: so‘lak bezi o‘smalarini erta tashxislashning bashoratlash mezonlari uchun matematik modelning ishlab chiqilganligi bemorlarda tashxislangan sohasidagi o‘smaning hajmi, tarqalishini mitotik indeks kabi ko‘rsatkichlar asosida xavf darajasi ballari yig‘indisi natijasida bashoratlash algoritm shakllantirish orqali o‘smaning qaytalanish xavfini morfologik ko‘rsatkichlar asosida baholash imkoniyati yaratilganligi, patsientlar holatini monitoring qilish va xavf guruhlarini aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘sma xavfini erta baholash, bemorga moslashtirilgan yondashuvni 30% gacha kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan matematik modellashtirish natijasida qo‘shimcha biopsiya uchun sarflanadigan 1080000 so‘m, ortiqcha jarrohlik amaliyotlari uchun 1450000 so‘m, ortiqcha ul`tratovush va imunogistokimyoviy tahlillar uchun 125000 so‘m, jami 2655000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: so‘lak bezi o‘smalarini erta tashxislashda, biomarker profilini aniqlashtirishda, mitotik indeksni avtomatik hisoblashda va bashoratlashda morfologik va immunogistokimyoviy parametrlarni kompleks baholashga asoslangan integratsiyalashgan elektron dasturning samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 avgustda 3-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida so‘lak bezlari o‘smalarning patomorfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 24-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 30.09.2025 yildagi 123-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: elektron dastur joriy etilishi natijasida tashxis jarayoni avtomatlashishi, shifokorlar o‘rtasida interpretatsiya farqini kamayishini, morfologik ma’lumotlar real vaqtda klinik mutaxassislar bilan ulashilishini, tashxis tezligi oshirish bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olishni imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: elektron dastur orqali tashxis jarayoni avtomatlashishi natijasida takroriy gistologiya yoki biopsiya uchun sarflanadigan 1080000 so‘m, ortiqcha ul`tratovush va imunogistokimyoviy tahlillar uchun 185000 so‘m, shifoxonada ortiqcha bir kun yotish xarajati 170684 so‘m va qo‘shimcha shifoklar ko‘rigidan o‘tish uchun 70000 so‘m, jami 1505684 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish