Salaxidinov Sarvarjon Zaynabidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi o‘t-tosh kasalligi bilan xastalangan bemorlarni erta tekshirish, profilaktika qilish va davolashni optimallashtirish» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib584.
Ilmiy maslaxatchilar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc 06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Dilshod Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zoxidova Mashxura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida istiqomat qiluvchi gerontologik yoshdagi aholi orasida o‘t tosh kasalligining tarqalishi, farmakoepidemiologiyasi va asosiy xavf omillarini aniqlash orqali kasallikni erta tashxislash, oldini olish hamda davolashni ilmiy-asoslangan rejalashtirish va optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining standartlashtirilgan va unifisirlangan usullari bo‘yicha Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan 4 ta epidemiologik tadqiqotlar natijalari asosida gerontologik yoshdagi aholi orasida o‘t tosh kasalligining haqiqiy tarqalish chastotasi yoshga nisbatan aniqlangan;
Farg‘ona vodiysining shifoxonalarida gerontologik yoshdagi shaxslarda o‘t – tosh kasalligini bazisli dorili davolashning etishmovchiligi bilan bog‘liq jarrohlik asoratlari xavfi 5% ni, operatsiya bilan bog‘liq asoratlar xavfi esa 11% ligi natijasida davolash bo‘yicha konservativ terapiyaning ratsionalligi va zamonaviy klinik tavsiyalarga muvofiqligi 95% ni tashkil qilishi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida gerontologik guruh aholisi orasida dislipidemiya erkaklarda 42,1%, ayollarda 57,9% chastota bilan aniqlanib, eng yuqori ko‘rsatkich 60-74 yoshda qayd etilib, o‘t – tosh kasalligining asosiy xavf omili ekanligi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysi aholisining gerontologik guruhida komorbidlik rivojlanishining epidemiologik mexanizmlari aniqlanib, yuqori chastotada kardiokomorbidlik, gastrokomorbidlik va gepatokomorbidlikning o‘t-tosh kasalligi rivojlanishidagi o‘rni ilmiy asoslangan;
Gerontologik yoshdagi shaxslarda kompleks farmakoepidemiologik tahlil asosida o‘t-tosh kasalligini davolashning xususiyatlari, sifatlari va taktikasi baholangan holda xirurgik davolashning asoratlari va salbiy natijalarini oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan Farg‘ona vodiysi gerontologik yoshdagi populyasiyasida O‘TK mavjudligining nisbiy ehtimolligining logit-modeli va Farg‘ona vodiysi aholisi gerontologik guruhi orasida o‘t-tosh kasalligini erta tashxislash, profilaktika qilish va davolashni optimallashtirish yangi algoritmlarini amaliyotga qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi o‘t-tosh kasalligi bilan xastalangan bemorlarni erta tekshirish, profilaktika qilish va davolashni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining standartlashtirilgan va unifisirlangan usullari bo‘yicha Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan 4 ta epidemiologik tadqiqotlar natijalari asosida gerontologik yoshdagi aholi orasida o‘t tosh kasalligining haqiqiy tarqalish chastotasi yoshga nisbatan aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-11/u-son bilan tasdiqlangan “Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi bemorlarda o‘t-tosh kasalligini oldini olish va davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 26 fevraldagi 29-A/F-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 50-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.03.2025 yildagi 34/1 ich-son buyruqlar bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida gerontologik yoshdagi aholi orasida o‘t tosh kasalligining tarqalishini xisobga olgan xolda, tavsiya etilgan farmakonazorat dasturlaridan foydalanish bemorlarda remissiya holatlari chastotasi sezilarli darajada oshishi, jarrohlik davolashga ko‘rsatmalarning kamayishi, komorbid patologiyalar va hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanish ehtimolining pasayishi imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradoligi: asoratlangan toshli xolesistit tashxislangan gerontologik yoshdagi axolining salomatligini tiklash, xastalanish xavf omillarini erta tashxislash, asoratlarni oldini olish va davolash natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 390000 so‘mdan 1100000 so‘mgacha, shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga 801940000 so‘m iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysining shifoxonalarida gerontologik yoshdagi shaxslarda o‘t – tosh kasalligini bazisli dorili davolashning etishmovchiligi bilan bog‘liq jarrohlik asoratlari xavfi 5% ni, operatsiya bilan bog‘liq asoratlar xavfi esa 11% ligi natijasida davolash bo‘yicha konservativ terapiyaning ratsionalligi va zamonaviy klinik tavsiyalarga muvofiqligi 95% ni tashkil qilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-11/u-son bilan tasdiqlangan “Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi bemorlarda o‘t-tosh kasalligini oldini olish va davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 26 fevraldagi 29-A/F-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 50-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.03.2025 yildagi 34/1 ich-son buyruqlar bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tizimda gerontologik yoshdagi aholi orasida o‘t-tosh kasalligi rivojlanishi uchun epidemiologik sharoitlarni to‘g‘ri va aniq baholash ushbu patologiyaning qo‘zishi, yangi holatlar va asoratlar paydo bo‘lishining oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda gerontologik yoshdagi aholining asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga tushishi keskin kamayishi natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 390000 so‘mdan 1100000 so‘mgacha, shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga 801940000 so‘m iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi sharoitida gerontologik guruh aholisi orasida dislipidemiya erkaklarda 42,1%, ayollarda 57,9% chastota bilan aniqlanib, eng yuqori ko‘rsatkich 60-74 yoshda qayd etilib, o‘t – tosh kasalligining asosiy xavf omili ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-11/u-son bilan tasdiqlangan “Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi bemorlarda o‘t-tosh kasalligini oldini olish va davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 26 fevraldagi 29-A/F-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 50-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.03.2025 yildagi 34/1 ich-son buyruqlar bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gerontologik yoshdagi shaxslarda “asosiy xavf omillari” va ularning o‘t tosh kasalligi bilan bog‘liqligini inobatga olgan xolda profilaktik choralarni amalga oshirish aholi salomatligi hamda hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: gerontologik yoshdagi aholining asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga tushishi keskin kamayishi natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 390000 so‘mdan 1100000 so‘mgacha, shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga 801940000 so‘m iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi aholisining gerontologik guruhida komorbidlik rivojlanishining epidemiologik mexanizmlari aniqlanib, yuqori chastotada kardiokomorbidlik, gastrokomorbidlik va gepatokomorbidlikning o‘t-tosh kasalligi rivojlanishidagi o‘rni ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-11/u-son bilan tasdiqlangan “Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi bemorlarda o‘t-tosh kasalligini oldini olish va davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 26 fevraldagi 29-A/F-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 50-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.03.2025 yildagi 34/1 ich-son buyruqlar bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gerontologik yoshdagi bemorlarda o‘t-tosh kasalligining klinik-populyasion shakllanishi va kechishining xususiyatlari inobatga olgan holda, profilaktika tadbirlari va davolash choralarini amalaga oshirish aholi umri davomiyligini yanada oshirishi imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: gerontologik yoshdagi aholining asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga tushishi keskin kamayishi natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 390000 so‘mdan 1100000 so‘mgacha, shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga 801940000 so‘m iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: Gerontologik yoshdagi shaxslarda kompleks farmakoepidemiologik tahlil asosida o‘t-tosh kasalligini davolashning xususiyatlari, sifatlari va taktikasi baholangan holda xirurgik davolashning asoratlari va salbiy natijalarini oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan Farg‘ona vodiysi gerontologik yoshdagi populyasiyasida O‘TK mavjudligining nisbiy ehtimolligining logit-modeli va Farg‘ona vodiysi aholisi gerontologik guruhi orasida o‘t-tosh kasalligini erta tashxislash, profilaktika qilish va davolashni optimallashtirish yangi algoritmlarini amaliyotga qo‘llash samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 fevralda 6i-11/u-son bilan tasdiqlangan “Farg‘ona vodiysida gerontologik guruhdagi bemorlarda o‘t-tosh kasalligini oldini olish va davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 26 fevraldagi 29-A/F-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 50-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 10.03.2025 yildagi 34/1 ich-son buyruqlar bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gerontologik yoshdagi aholida o‘t-tosh kasalligining farmakoepidemiologik monitoringini qo‘llash davolash samaradorligini oshirishi, mazkur toifadagi bemorlarda uning xavfsizligining ta’minlanishi va davolanish narxining keskin pasayishi imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: gerontologik yoshdagi aholining asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga tushishi keskin kamayishi natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 390000 so‘mdan 1100000 so‘mgacha, shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga 801940000 so‘m iqtisod qilinadi.