Teshabaev Aliho‘ja Ibragimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Globallashuv sharoitida 10-11-sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8295.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sobirova Marxabo Abduganievna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Soliev Oybek Farxodjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. globallashuv sharoitida 10-11-sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari  milliy qadriyatlarga ishonchni mustahkamlashning innovatsion muhitini global tahdidlarga qarshi kurashish g‘oyalariga adaptivlash,  o‘z o‘zini tarbiyalash istagini kognitiv, amaliy va refleksiv xususiyatlariga bosqichma-bosqich audentivligi refleksiv -generativ baholash asosida aniqlashtirilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish modeli ijtimoiy mas’uliyat va kritik fikrlashni   insonparvarlik, tolerantlik va shaxsiy-psixologik xususiyatlariga maqsadli moslashtirish, oila-mahalla-ta’lim hamkorligini xalq pedagogikasi an’analariga ustuvorlik berishni bosqichma-bosqich funksional akslantirish asosida takomillashtirilgan;
ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning qiyoslash qobiliyatlari va ehtiyojlarini  o‘z axloqiy traektoriyasiga mos integral xususiyatlarini pedagogik  differensiallashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan mazmunni integrasiyalashgan darslar, ijtimoiy loyihaviy va refleksiv-generativ baholash metodlarni tadbiq etish asosida takomillashtirilgan;
globallashuv sharoitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish samaradorligi ma’naviy immunitetini shakllashtirishning muammoli vaziyatlarini axborot iste’moli madaniyatiga xos ma’lumotlarni tanlash va saralash, shaxsiy-ijtimoiy-integrativ rivojlanish natijalarini  baholash jarayonining obektivligini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida 10-11-sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari  milliy qadriyatlarga ishonchni mustahkamlashning innovatsion muhitini global tahdidlarga qarshi kurashish g‘oyalariga adaptivlash,  o‘z o‘zini tarbiyalash istagini kognitiv, amaliy va refleksiv xususiyatlariga bosqichma-bosqich audentivligi refleksiv-generativ baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi 11/3.1-son qarori  asosida berilgan 2024/254U-368 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada globallashuv sharoitida 10-11-sinf o‘quvchilari ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengayishiga erishilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish modeli ijtimoiy mas’uliyat va kritik fikrlashni   insonparvarlik, tolerantlik va shaxsiy-psixologik xususiyatlariga maqsadli  moslashtirish, oila-mahalla-ta’lim hamkorligini xalq pedagogikasi an’analariga ustuvorlik berishni bosqichma-bosqich funksional akslantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi 11/3.1-son qarori  asosida berilgan 2024/254U-368 raqamli nashr ruxsatnomasi).  Natijada globallashuv sharoitida  o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning qiyoslash qobiliyatlari va ehtiyojlarini  o‘z axloqiy traektoriyasiga mos integral xususiyatlarini pedagogik  differensiallashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan mazmunni integrasiyalashgan darslar, ijtimoiy loyihaviy va refleksiv-generativ baholash metodlarni tadbiq etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi 11/3.1-son qarori  asosida berilgan 2024/254U-368 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada 10-11-sinf o‘quvchilarda subektli-axloqiy yondashuv asosida ularning ma’naviy-axloqiy, huquqiy immunitetini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga  erishilgan; 
globallashuv sharoitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish samaradorligi ma’naviy immunitetini shakllashtirishning muammoli vaziyatlarini axborot iste’moli madaniyatiga xos ma’lumotlarni tanlash va saralash, shaxsiy-ijtimoiy-integrativ rivojlanish natijalarini  baholash jarayonining obektivligini ta’minlash asosida oshirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi 11/3.1-son qarori  asosida berilgan 2024/254U-368 raqamli nashr ruxsatnomasi).Natijada o‘quvchilarda subektli-axloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning ma’naviy immunitetini strukturaviy komponentlarini takomillashtirishga  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish