G‘anieva Oqila Sa’dulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy fanlar integratsiyasi asosida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped8001.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sadikova Albina Venerovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mallaev Ravshan Qo‘ziboevich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy fanlar integratsiyasi asosida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish metodikasi. bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli ta’lim muhitida kasbiy fanlar integratsiyasini amaliy faoliyatga yo‘naltiruvchi vertikal va gorizontal integratsiyaga implementatsiyalash, raqamli mahsulot yaratish jarayonini audentik maqsadlar mazmuniga identiv moslashtirishni refleksiv baholash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish metodikasi integrativ dasturiy ta’minot mazmunini kasbiy fanlar kontekstida amaliy vaziyatlarini konstruktiv raqamlashtirish, ta’limni vizuallashtirish jarayonida virtual va kengaytirilgan reallikdagi simulyasion vositalarni qo‘llash va raqamli ko‘nikmalarini Bloom taksonomiyasi, guruhiy va kollaborativ loyihalar orqali rivojlantirish asosida optimallashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirish modeli maqsadli-jarayon komponentlarini raqamli sanoat inqilobi talablarining strategik maqsadlariga moslashtirish, kasbiy fanlarning amaliy xususiyatlarini platforma mazmuniga kombinatsion, diskussion, loyihaviy, psixodiagnostik jarayonlarni simulyasiyalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy fanlar integratsiyasi asosida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi ijodiy-amaliy faoliyatni “Padagog g‘ildiragi”, “TPACK” loyihaviy texnologiyalar orqali kuchaytirish, kasbga yo‘naltirilgan vaziyatlarda raqamli illyustrativ vositalaridan foydalanish natijadorligi va ta’lim subektlarining qayta aloqaga kirishish faolligini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy fanlar integratsiyasi asosida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish metodikasi yuzasidan olingan natijalar asosida:
talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli ta’lim muhitida kasbiy fanlar integratsiyasini amaliy faoliyatga yo‘naltiruvchi vertikal va gorizontal integratsiyaga implementatsiyalash, raqamli mahsulot yaratish jarayonini audentik maqsadlar mazmuniga identiv moslashtirishni refleksiv baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi 5/4.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-645U-525-son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘qish darslarida talabalarda raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minotning amaldagi holatini aniqlashga sharoit yaratilgan.
talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish metodikasi integrativ dasturiy ta’minot mazmunini kasbiy fanlar kontekstida amaliy vaziyatlarini konstruktiv raqamlashtirish, ta’limni vizuallashtirish jarayonida virtual va kengaytirilgan reallikdagi simulyasion vositalarni qo‘llash va raqamli ko‘nikmalarini Bloom taksonomiyasi, guruhiy va kollaborativ loyihalar orqali rivojlantirish asosida optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi 5/4.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-645U-525-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligi takomillashtirish samaradorligi oshirishga erishilgan.
dasturiy ta’minot vositasida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirish modeli maqsadli-jarayon komponentlarini raqamli sanoat inqilobi talablarining strategik maqsadlariga moslashtirish, kasbiy fanlarning amaliy xususiyatlarini platforma mazmuniga kombinatsion, diskussion, loyihaviy, psixodiagnostik jarayonlarni simulyasiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi 5/4.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-645U-525-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning integratsiyaviy raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish metodik jihatdan tizimlashtirilib, kutilgan ijobiy natijadorlikka erishilgan. metodik imkoniyatlari oshirishga erishilgan.
kasbiy fanlar integratsiyasi asosida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi ijodiy-amaliy faoliyatni “Padagog g‘ildiragi”, “TPACK” loyihaviy texnologiyalar orqali kuchaytirish, kasbga yo‘naltirilgan vaziyatlarda raqamli illyustrativ vositalaridan foydalanish natijadorligi va ta’lim subektlarining qayta aloqaga kirishish faolligini ta’minlash asosida oshirishga oid takliflar “Raqamli va axborot texnologiyalari” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi 5/4.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-645U-525-son nashr ruxsatnomasi). Natijada kasbiy fanlar integratsiyasi asosida talabalarning raqamli kontent yaratish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi dinamik o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etgan.