Yulchiev Sunnatilla Tuychibaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchi-futbolchilarda somato-psixologik holatlarning  o‘ziga xosligi va funksional bog‘liqligini aniqlash», 14.00.38–Sport tibbiyoti  (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Tib592

Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, DSc.30.05.2018.Tib.69.01.

Rasmiy opponentlar:Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna tibbiyot fanlari doktori, professor. Saidov A’lonur Baxtinurovich tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Samarkand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: futbolchilarning ba’zi tana proporsiyalari kabi morfofenotip ko‘rsatqichlari hamda ularning temperament turi, motivatsion xulq-atvor darajalari kabi psixofenotip ko‘rsatqichlari orasidagi bog‘liqlikning futbolchi o‘yin ampluasi va mushak qisqaruvchanlik geni genotip variantlari kesimida tahlil etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

milliy futbol klublari futbolchilari ichida oyoq va tana uzunligi proporsiyasi bo‘yicha oyoq uzunligi nisbati yuqori bo‘lgan (makroskeliya) futbolchilar ustuvorligi va yuqori tezlik va faollikni taqozo etuvchi o‘yin ampluasiga bog‘liq ekanligi asoslangan;

futbolchilar ichida tana vazni va uzunligi proporsiyasiga muvofiq tana vazni nisbati yuqori va past bo‘lgan sportchilar teng taqsimlanganligi va himoyachidan hujumchiga qadar tana vazni nisbatini kamayib borishi isbotlangan;

futbolchilar ichida yuqori harakat faolligini namoyon qiluvchi sangvinik va xolerik psixofenotip xususiyatiga ega sportchilar soni, past harakat faolligini namoyon etuvchi flegmatik va melanxolik psixofenotip xususiyatiga ega sportchilardan ko‘proq ekanligi hamda yuqori harakat va tezlik bilan bog‘liq bo‘lgan hujumchi ampluasidagi futbolchilarning aksariyatida uchrashi isbotlangan;

futbolchilar ichida g‘alabaga intilish motivatsion xulq-atvor yuqori va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsion xulq-atvor quyi darajalarda uchrashi va ushbu tibbiy-psixologik xususiyat futbolchi o‘yin ampluasiga bog‘liq emasligi isbotlangan;

sportchi-futbolchilarda ACTN3 geni kuch va tezlik xususiyatini namoyon etuvchi RR genotip variantiga ega futbolchilar yuqori ruhiy va jismoniy faollikka ega ekanligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sportchi-futbolchilar morfofenotip, psixofenotip va genotip xususiyatlarini o‘ziga xosligi va o‘zaro funksional bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Psixofenotip va uning futbolchi o‘yin ampluasidagi ahamiyati» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 avgustdagi 8n-r/219-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘yin ampluasiga mos ravishda psixofenotik va morfofenotik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda sportchilarga jismoniy yuklamalarni  adekvat bajarish imkonini bergan;

futbolchilar somato-psixologik statusi o‘ziga xosligini baholash sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sport va futbol jamoalarning tibbiy nazorati amaliyotiga, jumladan, “Lokomotiv” va “Paxtakor” futbol jamoalarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi 01-07-02-39-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-z/242-son, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2019 yil 18 apreldagi 03/1350-son ma’lumotnomalari). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi futbolchilarning kasbiy sifatlarining shakllanishiga, ularning salomatligi yaxshilanishiga, tibbiy tiklanish jarayoni sifati oshishiga, jarohatlar sonining keskin kamayishiga, funksional imkoniyatlarining o‘sishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish