Halimova Madina Abdisalim qizining pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “STEAM yondashuvi asosida science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi, 13.00.02– Pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9510
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.11.06.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzoqovich – pedagogika fanlari doktori(DSc), professor; Yozieva Umida Lutfullaevna – pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: STEAM yondashuvi asosida Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirishning metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
STEAM yondashuvining o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatiga ta’siri innovatsion ta’lim muhitida o‘quvchilarning fundamental bilimlari, murakkab masalalarni echishga doir amaliy ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishdagi o‘rniga ko‘ra aniqlashtirilgan;
STEAM yondashuvi asosida boshlang‘ich sinflarda Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirish jarayonining funksional modeli dissiplinar, interdissiplinar, multidissiplinar va transdissiplinar bosqichlarda amalga oshiriladigan metodik komponentni transformatsiyalash orqali takomillashtirishgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi STEAM yondashuvi asosida ishlab chiqilgan “Integrativ amaliy dastur”ni transdissiplinar bosqichda mazmunan uyg‘unlashtirib qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun STEAM yondashuvi asosida Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirishga doir didaktik materiallar “Kelajak shahri” modeli, “Madaniy maket” texnikasi, individual va jamoaviy topshiriqlar tizimini o‘quv materiali mazmuniga modifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
STEAM yondashuvi asosida science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan olingan natijalar asosida:
STEAM yondashuvining o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatiga ta’siri innovatsion ta’lim muhitida o‘quvchilarning fundamental bilimlari, murakkab masalalarni echishga doir amaliy ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishdagi o‘rniga ko‘ra aniqlashtirilgan ma’lumotlardan “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitet rektorining 2025-yil 24-iyundagi “148 I” sonli buyrug‘i). Natijada, boshlang‘ich ta’lim metodikasi STEAM yondashuviga doir nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
STEAM yondashuvi asosida boshlang‘ich sinflarda Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirish jarayonining funksional modeli dissiplinar, interdissiplinar, multidissiplinar va transdissiplinar bosqichlarda amalga oshiriladigan metodik komponentni transformatsiyalashga oid ma’lumotlardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan II-XT-1-10748 “Maktabdan tashqari ta’lim jarayonida o‘quvchilarda barqaror ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha didaktik majmuani yaratish va joriy etish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali direktorining 2025-yil 29-dekabrdagi “528” sonli buyrug‘i). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga tabiiy fanlarni o’qitish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi STEAM yondashuvi asosida ishlab chiqilgan “Integrativ amaliy dastur” mazmunidagi metodika pedagogik taʼlim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Yosh fiziologiya va gigienasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 658-337-sonli nashr guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida tadqiqotchilik ko‘nikmasini tarkib toptirish imkoniyatini kengayishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun STEAM yondashuvi asosida Science fanlaridan elementar ilmiy tushunchalarni shakllantirishga doir didaktik materiallar “Kelajak shahri” modeli, “Madaniy maket” texnikasi, individual va jamoaviy topshiriqlarga doir taklif hamda tavsiyalardan Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘onada o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 01/11/541 -son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari faoliyatida o‘quv faoliyatida STEAM vazifalaridan tizimli foydalanish orqali tadqiqotchilik ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilgan.