To‘lanboeva Gulsanamxon Azizjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tarmoqlarda verbal va noverbal muloqotning genderologik xususiyatlari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4894.
Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbaxor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Ganieva Dildoraxon Azizovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Xasanova Gulrux Xayrullaevna.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan verbal va noverbal muloqotni genderologik yondashuv asosida qiyosiy tahlil qilish, erkaklar va ayollar muloqotining lingvopragmatik xususiyatlarini yoritish, shuningdek, internetda rivojlanayotgan genderga xos muloqot modellarining nazariy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot an’anaviy og‘zaki muloqotdan farqli ravishda gibrid tabiatga ega ekanligi, ya’ni verbal va noverbal vositalar (emoji, GIF, stiker, vizual obrazlar, grafik belgilar) o‘zaro uyg‘unlashgan holda kommunikativ ma’noni shakllantirib, nutq mazmunini to‘ldirishi aniqlangan;
ijtimoiy tarmoqlardagi erkaklar muloqoti kontekstga ko‘ra asosan informativ, eksplisit xarakterda bo‘lib, minimal sintaktik tuzilmalar ustuvor hisoblanishi; ayollar muloqoti esa emotsional-ekspressiv birliklar va noverbal vositalarning keng qo‘llanilishi bilan ajralib turishi ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘zbek va ingliz erkaklarining ijtimoiy tarmoqlardagi muloqoti qiyosiy tahlil qilinib, o‘zbek erkaklarining nutqida jamoaviylik, ijtimoiy-madaniy me’yorlarga moslashuvchanlik; ingliz erkaklarida esa individuallik, lakonik ifoda, amaliy va funksional yondashuv ustunligi; shuningdek, o‘zbek ayollarining nutqida hissiy-ekspressiv komponentlar va empatik kommunikativ strategiyalar; ingliz ayollarining muloqotida esa shaxsiy fikrni ochiq ifodalash va diskursiv faollik ustunligi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda ikki jins vakillari tomonidan qo‘llaniladigan noverbal grafik vositalarning (emoji, GIF, stiker, mem) o‘zbek tilshunosligida yangi funksional-pragmatik va davriy tasnifi taklif etilib, ayollar muloqotida emoji va emotikonlar, erkaklar muloqotida esa GIF va memlarning ustuvorligi aniqlangan, shuningdek, emojilarning har ikki jinsga xos umumiy, faqat erkaklarga hamda faqat ayollarga xos turlari mavjudligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy tarmoqlardagi verbal va noverbal muloqotning genderologik jihatdan amalga oshirilgan tadqiqi asosida:
chog‘ishtirilayotgan tillarda ikki jins vakillari tomonidan qo‘llaniladigan noverbal grafik vositalarning (emoji, GIF, stiker, mem) o‘zbek tilshunosligida yangi funksional-pragmatik va davriy tasnifi taklif etilib, ayollar muloqotida emoji va emotikonlar, erkaklar muloqotida esa GIF va memlarning ustuvorligi aniqlangan, shuningdek, emojilarning har ikki jinsga xos umumiy, faqat erkaklarga hamda faqat ayollarga xos turlari mavjudligi dalillanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasining 2025-yil 22-yanvardagi 1/04 – 137-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘at materiallari yangi ilmiy manba va qarashlar bilan boyigan;
o‘zbek va ingliz erkaklarining ijtimoiy tarmoqlardagi muloqoti qiyosiy tahlil qilinib, o‘zbek erkaklarining nutqida jamoaviylik, ijtimoiy-madaniy me’yorlarga moslashuvchanlik; ingliz erkaklarida esa individuallik, lakonik ifoda, amaliy va funksional yondashuv ustunligi; shuningdek, o‘zbek ayollarining nutqida hissiy-ekspressiv komponentlar va empatik kommunikativ strategiyalar; ingliz ayollarining muloqotida esa shaxsiy fikrni ochiq ifodalash va diskursiv faollik ustunligi isbotlanganligiga doir xulosa hamda tavsiyalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Mindonobod Satellite Access Microscholarship Program” 
S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limi 62-o‘rta ta’lim maktabining 
2025-yil 24-fevraldagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida yaratilgan o‘quv lug‘atlarining misollar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot an’anaviy og‘zaki muloqotdan farqli ravishda gibrid tabiatga ega ekanligi, ya’ni verbal va noverbal vositalar (emoji, GIF, stiker, vizual obrazlar, grafik belgilar) o‘zaro uyg‘unlashgan holda kommunikativ ma’noni shakllantirib, nutq mazmunini to‘ldirishi aniqlanganligiga doir xulosa va tavsiyalardan 2023-2024-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 
22-yanvardagi 26-36-943-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning turli tizimga mansub tillarga xos tushunchalarini oshirishda hamda ularni o‘rinli qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish