Omanboeva Aziza Doniyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek adabiyotida zuhd maqomi va zohid obrazi talqini (XI-XV asrlar)” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4808
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Rahmonova Zulayho Jamolovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Gulchehra Shokirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilov Usmonjon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XI-XV asrlar o‘zbek adabiyotida zuhd maqomi va zohid obrazining badiiy talqinini har tomonlama tadqiq etish orqali uning adabiy-estetik mohiyati, yuzaga kelish sabablari, tipologik xususiyatlari va poetik tadrijini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek mumtoz adabiyotida zohid obrazi inson kamoloti bilan bog‘liq holda badiiy obraz sifatida ko‘rsatilib, irfoniy adabiyotlardagi zuhd tushunchasining poetik ifodalanish shakllari hamda badiiy xususiyatlari aniqlangan;
turkiy mumtoz adabiyotda mavjud zuhd maqomi hamda zohid obrazining tarixiy ildizlari, tadrijiy takomili, obrazlar olamida tutgan roli badiiy matnlar asosida ko‘rsatilib, komil inson tushunchasidagi ahamiyati dalillangan;
“Qutadg‘u bilig” asaridagi O‘zg‘urmish obrazi zohid tipining to‘laqonli namunasi sifatida tahlil qilinib, Alisher Navoiygacha bo‘lgan turkiy adabiyotda zohid obrazining poetik talqini, ma’naviy tamoyillari va tadriji qiyosiy-adabiy tahlil asosida isbotlangan;
Alisher Navoiy lirik va epik merosida zohid obrazi tasviridagi o‘zgarishlar, uning xarakter yaratishdagi roli, obrazning badiiy funksiyasi hamda tarixiylik va badiiylik uyg‘unligi adabiy-estetik mezonlarga tayangan holda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar quyidagicha amaliyotga joriy qilingan:
yosh avlodning ma’naviy dunyosini kengaytirish va go‘zal xulq egasi, ma’nan etuk – komil inson etib tarbiyalashda tasavvufiy mavzuda, xususan, zohidona ruhda yaratilgan mumtoz adabiyot namunalarini g‘oyaviy-badiiy jihatdan o‘rganish orqali chiqarilgan ilmiy-amaliy xulosalardan AL-662204396 “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan. (Buxoro davlat universiteti 2025-yil 19-martdagi 01-04/1820-sonli ma’lumotnomasi).
O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021–2024-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-21-24 raqamli “Turkiy xalqlar, O‘zbek-Ozarbayjon adabiy-madaniy aloqalar” mavzusidagi fundamental loyihasida ushbu dissertatsiyaning ma’lum qismlaridan foydalanildi. (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyati Markazining 2025-yil 8-oktyabrdagi №147/AZE raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlod ongida ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat shakllanishiga va mumtoz adabiyotimizning o‘ziga xos zarofati buyuk shoirlar ijodi misolida etkazib berilishiga erishilgan.
Mazkur dissertatsiya ishi doirasida 05-09-355-sonli “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariysida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi” 2025-yil 20-martdagi 05-09-355-sonli ma’lumotnoma). Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida zohid obrazi va zuhd maqomi darajasini ilohiy kitoblar, islomiy tushunchalar, irfoniy istilohlar, tasavvuf maslaklari asosida tahlil etish – mumtoz adabiyotning bosh maqsad va vazifasini anglash kaliti ekanligi ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslangan.