Zubayda Toirova Omongaldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Poetik talqin modusida ramziylik va ijodiy individuallik konsepsiyasi (Asad Dilmurod ijodi asosida)” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6078
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sariev San’atjon Matchonboevich, filologiya fanlari doktori (DSc) professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Matyoqubova Tozagul Rajapovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Otajonova Manzura Omonboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek nasrida ramziylik va ijodiy individuallik konsepsiyasining badiiy-estetik asoslarini aniqlash, yozuvchi Asad Dilmurodning badiiy mahoratini asarlaridagi ramziy obrazlar tizimi orqali muallif poetik tafakkurining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetik talqin modusida ramziylik va ijodiy individuallik xususiyatlari Asad Dilmurod ijodining tahlil qilinishi asnosida, mazkur jihatning zamonaviy o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasi va bu tushunchalarining nazariy talqinlari ilmiy muammo sifatida ochib berilgan;
yozuvchi romanlaridagi shakliy va mazmuniy o‘zgarishlar ilk o‘zbek romani va hozirgi modern romanlar negizida shakllangan bo‘lib, adib asarlarining adabiy jarayonda tutgan o‘rni va roli, noan’anaga o‘tish bosqichlari aniqlanib, romanlari badiiyati, syujet va kompozisiya birligi, xarakter yaratishdagi mahorati, falsafiy mushohada teranligi, jahoniy mifik obrazlarning yangicha talqini, matn tarkibi va tasvir tabiati aniqlangan;
romanlardagi mavzu va g‘oya, shakl va mazmun birligi har bir ijodkorda kechadigan alohida hodisa ekanligi yoritilib, tashqi adabiy ta’sirning ijodkor poetik tafakkurida namoyon bo‘lishi, o‘zbek romani badiiyati asosida shakllangan yozuvchi asarlarining romaniy tafakkur yangilanishiga qo‘shgan hissasi, janr o‘zgarishiga olib kelgan poetik izlanishlari dalillangan;
badiiy makon va zamon muammosining modern romanda ro‘y berish vaqti hamda ijodkor mahoratining nechog‘li ko‘pqirraligi, falsafiy-estetik tamoyillar kanonlari qiyosan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poetik talqin modusida ramziylik va ijodiy individuallik konsepsiyasi Asad Dilmurod ijodi bo‘yicha tadqiqotidan olingan ilmiy va amaliy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Poetik talqin modusida ramziylik va ijodiy individuallik konsepsiyasi Asad Dilmurod ijodi mavzusidagi tadqiqot natijalari va materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan PF 201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 27-iyundagi 01/01-2804-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchi romanlaridagi shakliy va mazmuniy o‘zgarishlarning rivojlanish bosqichlari, ilk o‘zbek romani va hozirgi modern romanlar negizida adabiy jarayonda tutgan o‘rni va roli, noan’anaga o‘tish bosqichlari kontekstida ochib berilishi, yozuvchi romani badiiyati, syujet va kompozisiya birligi, xarakter yaratishdagi mahorati, falsafiy mushohada teranligi, jahoniy mifik obrazlarning yangicha talqini, shakliy ixchamlik hamda pafos zarbi, badiiy nutq ishlanganligi, matn tarkibi va tasvir tabiati aniqlanishining dalillanganligiga doir xulosa va tavsiyalari loyiha doirasida yaratilgan ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformaning mukammallashuviga xizmat qilgan;
“Poetik talqin modusida ramziylik va ijodiy individuallik konsepsiyasi (Asad Dilmurod ijodi misolida” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasi natija va xulosalaridan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 9-iyuldagi 01/4-3026-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchi romani badiiyati, syujet va kompozisiya birligi, xarakter yaratishdagi mahorati, falsafiy mushohada teranligi, jahoniy mifik obrazlarning yangicha talqini, shakliy ixchamlik hamda pafos zarbi, badiiy nutq ishlanganligi, matn tarkibi va tasvir tabiati aniqlanishi, mavzu va g‘oya, shakl va mazmun birligi har bir ijodkorda kechadigan alohida subektiv kategoriya ekanligi, tashqi ta’sir amaliyotining ichki ta’sirda ro‘y berish vaziyati dalolatlanishi, badiiy makon va zamon muammosining modern romanda ro‘y berish vaqti hamda ijodkor mahoratining nechog‘li ko‘pqirraliligi, falsafiy-estetik tamoyillar kanonlari qiyosan tahlil qilinishi haqidagi xulosalaridan loyiha ishini bajarishda foydalanildi;
dissertatsion tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy natijalardan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan tayyorlangan 2025-yil 20-maydagi “Assalom, Xorazm!” dasturlarida hamda Xorazm radiosining “Xayrli kun” eshittirishida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanalining 2025-yil 11-iyundagi 427-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek romani badiiyati asosida Asad Dilmurod olami, romaniy tafakkur yangilanishiga qo‘shgan hissasi, janr o‘zgarishiga olib kelgan poetik izlanishlari, adabiy jarayon kontekstida tadqiq va tahlil qilish bo‘yicha fikr mulohazalar yosh olimlar dunyoqarashi, bilim darajasi va tasavvurini kengaytirishga xizmat qilgan.