Begimov O‘ktam Xaytbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonovning tadqiqotchilik mahorati” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil454
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Karimov Baxodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Keruvenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonovning tadqiqotchilik mahoratini o‘rganish orqali uning o‘zbek adabiyotshunosligida tutgan o‘rnini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Matyoqub Qo‘shjonovning ilmiy-adabiy merosi yaxlit holda istiqlol davri mafkurasi hamda dunyo adabiyotshunosligidagi yetakchi metodlar asosida dalillangan;
adib ijodini estetik baholash mezonlari va badiiy tafakkurni talqin etishdagi o‘ziga xos ilmiy yondashuvi XX asrning yetakchi ijodkorlari (Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor) asarlari tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlari misolida ochib berilgan;
munaqqidning badiiy matn ustida ishlash jihatiga e’tibor qaratilgan, shu bilan birga, olim adabiy-tanqidiy merosining janriy, uslubiy va lingvistik xususiyatlari ilmiy nuqtayi nazardan aniqlangan;
olimning adabiy-nazariy qarashlari, adabiy jarayonga munosabati asoslanib, ijod qonuniyati, ijodiy metod va estetik kategoriyalarga doir adabiy-estetik qarashlari tizimli ravishda umumlashtirilgan hamda ularning o‘zbek adabiyotshunosligidagi nazariy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonovning tadqiqotchilik mahoratini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda dissertatsiya ishi natijalari va xulosalaridan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 28-maydagi №304/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olimning ijod mohiyatini estetik baholash tamoyillari, adabiy talqindagi o‘ziga xos tadqiq usuli, tahlildagi o‘ziga xosliklar to‘g‘risida muhim ma’lumotlar olindi, adabiyotshunoslikda nazariyotchi olimning o‘rni, uning sof ilmiy-nazariy xarakterdagi tadqiqotlari, adabiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida muayyan xulosalarga kelindi. Oqibatda loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyitildi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda dissertatsiya ishi natijalari va xulosalaridan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 11-iyundagi №320/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Matyoqub Qo‘shjonovning adabiyotshunoslik, xususan, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid sohasida amalga oshirgan tahliliy qarashlari, adabiy janrlar masalasidagi tadqiqotlari, umuman, bu jarayonda Matyoqub Qo‘shjonov maktabining hissasi bayon qilingan xulosalardan foydalanilib, loyiha mazmuni yangi nazariy materiallar bilan boyishiga erishildi;
Mavzu tadqiqi yuzasidan olingan natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi-ning Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan 2024-yil 18-oktyabr sanasida “Ochiq muloqot” dasturida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanalining 2025-yil 22-maydagi 357-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ko‘rsatuvlarni ma’naviy-ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.