Otamuratova Muyiba O‘ktamovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol ruhiyati ifodasi (Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarova ijodi misolida)” mavzusida 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil4072
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximova Bekposhsha Baxadirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05 
Rasmiy opponentlar: Matyoqubova Tozagul Rajapovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdulhakimova Oybarchin Nurboy qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoiralar Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarova lirikasida ayol ruhiyatining badiiy ifodasi masalasini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida ayol ruhiyati ifodasi muammosi qiyosiy-tadrijiy yondashuv asosida tizimli tahlil etilib, uning ilmiy-nazariy jihatlari izchil ochib berilgan;
ruhiyat tasvirini aks ettirishdagi shoiralar mahorati Z.Mirzo ijodida javobsiz muhabbat, ichki isyonkorlik hissi, X.Rustamovada tushkunlik va o‘lim, ayol erkini ulug‘lash, G.Asqarovada ayol ishqi, oriyat va ko‘tarinkilik tuyg‘ulari chuqur psixologizm, ichki monolog, ramziy-majoziy tasvir quyuqligi kabi yangi tamoyil va xususiyatlar asosida o‘rganilib, uning zamonaviy o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasi dalillangan;
Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarova asarlarida ishqiy-intim lirika ustuvorligi masalasi ijodkorlar shaxsiyatidagi ruhiy-psixologik kechinmalar, o‘ziga xos hayotiy tajriba va ma’naviy-estetik qarashlar bilan bog‘liqlikda asoslangan;
ayol ruhiyati tasvirida ramziy-majoziy vositalarning o‘zaro mutanosibligi va shoiralarning badiiy ifoda yaratishdagi individual uslubi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol ruhiyati ifodasi (Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarova ijodi misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol ruhiyati ifodasi (Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarova ijodi misolida)” mavzusidagi ayol ruhiyati badiiy tasviri xususiyatlari orqali asoslangan xulosalaridan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihalarida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 02-iyundagi 309/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy va badiiy tahlillar loyiha doirasidagi adabiy manbalarni zamonaviy yondashuv asosida talqin etishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
 dissertatsiya ishining natijalari va materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan OT-F1-030. “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish fundamental loyihasida foydalanildi. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 27-maydagi) № 01/4-2142-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada asoslab berilgan nazariy xulosa va ilmiy tahlillar loyiha doirasida ayol ruhiyati badiiy talqini va zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi yondashuvlarni elektron platformada tizimli aks ettirishda metodik asos sifatida xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol ruhiyati talqini masalalariga doir xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqimizning qadimiy tarixi, buguni va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishga rag‘batlantirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlarini o‘tkazishda foydalanildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining 2025-yil 11-iyundagi №42/25-son ma’lumotnomasi). Natijada shoiralar ijodidagi jahon adabiy-estetik tafakkuri sintezi, shaxs talqini masalasining obrazli namoyon bo‘lishi yuzasidan bildirilgan fikrlarni keng o‘quvchilar ommasiga etkazish imkoniyati yaratilgan;
ayol ruhiyati talqini muammosining adabiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy omillari, muammoning zamonaviy o‘zbek she’riyati kontekstidagi o‘rnini Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarovalar she’riyati ahamiyatiga doir xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokanalining “Assalom, Xorazm!”, “Adabiy muhit”, “Tilimizni o‘rganamiz”, “Ma’rifatnoma”, “Najot bilimda” ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-iyundagi 433-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarda zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol ruhiyati masalasining yoritilishini o‘rganish haqidagi ma’lumotlar, shoiralar asarlaridagi ramziy-majoziy tasvir xarakteri, uslubiy individuallik kabi xususiyatlarning bugungi kun uchun ahamiyatli bo‘lgan jihatlari yoritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish