Alijonova Durdona Farxodjon qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili tovush fe’llarining leksik-semantik, grammatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil3994.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori; Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘on davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili tovush fe’llarining leksik-semantik va grammatik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fe’l turkumining leksik-semantik talqini va tasnifi, tasniflashdagi ayrim muammolar, chalkashliklar, fe’lning ma’noviy guruhlari va unda tovush fe’llarining o‘rni hamda boshqa fe’llar bilan munosabati tavsiflangan;
tovush va uning turlari, fizik va nutq tovushlarining farqli jihatlari, munosabati; tovush fe’llari terminining qo‘llanishi, ta’rif-tavsifi, ma’no-mundarijasi, leksik-semantik va grammatik hamda derivatsion jihatlari ochib berilgan;
tovush fe’llarining semantik tasnifi, inson va narsa-buyumlarning tovushi bilan bog‘liq harakatini ifodalovchi fe’llarning lug‘aviy-ma’noviy va uslubiy qirralari yoritilgan;
hayvon, parranda va hasharotlarning tovushlari bilan bog‘liq harakatlarini ifodalovchi fe’llarning semantik tasnifi berilgan, leksik-semantik, qo‘llanish va uslubiy jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili tovush fe’llarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
fe’l turkumining leksik-semantik talqini va tasnifi, tasniflashdagi ayrim muammolar, chalkashliklar, fe’lning ma’noviy guruhlari va unda tovush fe’llarining o‘rni hamda boshqa fe’llar bilan munosabati tavsifi; qo‘llanishi, ta’rif-tavsifi, ma’no-mundarijasi, leksik-semantik va grammatik hamda derivatsion xususiyatlariga doir tahlil va xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-sentyabrdagi 01/4-4617-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasida tovush fe’llariga doir izoh hamda talqinlar takomillashgan;
tovush fe’llarining semantik tasnifi, inson, hayvon, parranda, hasharot va narsa-buyumlarning tovushi bilan bog‘liq harakatlarini ifodalovchi fe’llarning lug‘aviy-ma’noviy va uslubiy xususiyatlariga doir tahlil va xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihada mualliflik korpusi nazariy ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-sentyabrdagi 01/4-4616-son ma’lumotnomasi). Natijada mualliflik korpusi nazariy ma’lumotlar bazasidagi tovush fe’llariga doir izoh hamda talqinlar mukammallashgan;
hayvon, parranda va hasharotlarning tovushlari bilan bog‘liq harakatlarini ifodalovchi fe’llarning semantik tasnifi, leksik-semantik, qo‘llanish va uslubiy jihatlariga doir ilmiy qarashlari va ilmiy xulosalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-09-1713-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning o‘zbek tilining fe’l turkumiga, xususan, tovush fe’llariga doir bilim va tasavvurlarini boyishida ahamiyatga ega bo‘ldi.