Karimova Iroda Baxtiyor qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida raqamlarning struktur-semantik, funksional va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/Fil4159  
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Danieva Maysara Djamalovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Bahriddinova Bashorat Madievna; filologiya fanlari doktori (DSc) Panjieva Nasiba Normaxmatovna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek tillarida raqamlarni lisoniy hodisa sifatida qiyosiy jihatdan lingvomadaniy talqin qilish asnosida ularning milliy-madaniy, struktur-semantik, funksional va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish, raqamlar tuzilishining konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlash hamda ularning matn mazmunini shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til va madaniyat mutanosibligini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi – lingvomadaniyatshunoslikda ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamlarning umumfilologik mohiyati, tarixiy manbalari hamda milliy-madaniy xususiyatlari chog‘ishtirma aspektda asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi semantik yaxlitlikka ega boʻlgan strukturalar sifatida raqamlarning yasalishi, semantik maydonining hosil boʻlishi, lingvostilistik hamda konnotativlik xususiyatlari va ularning gap tarkibida bajaradigan axborot tashish, konkretlashtirish, kompozision funksional hamda estetik funksiya bajarish imkoniyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida raqamlarning tuzilishi hamda lisoniy faoliyat jarayonida kognitiv struktura, madaniy an’analar, raqamlar paradigmasi va diskursi hamda semantik xususiyatlarning konseptuallashuvi kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan konseptual-kognitiv manzarasi yoritilgan, shuningdek, raqamlar semantik tuzilishining kognitiv tahlilida freym andozalari ishlab chiqilgan; 
chog‘ishtirilayotgan tillarda raqamlarning matn pragmatik mazmunini shakllantirish shuningdek, matn semantik tarkibini shakllantirish, mavzuni ifodalash, ekspressivlikni ta’minlash va badiiy bayon vazifalarini bajarish imkoniyatlariga ega ekanligiga ko‘ra ular paremiologik matnlar, xalq ertaklari va frazeologizmlarni shakllantirishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilida raqamlarning struktur-semantik tahlili, lingvostilistik hamda konnotativlik xususiyatlari va turli janrdagi matnlarda namoyon bo‘lish imkoniyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ingliz va o‘zbek tillaridagi sonlarning umumfilologik mohiyati, tarixiy manbalari hamda milliy-madaniy xususiyatlarini lingvokulturologiya – til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganuvchi tilshunoslik yo‘nalishi – doirasidagi xulosalar 2022-2024 yillarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-402104209 “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik qayta ishlash vositasini yaratish – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” innovatsion loyihasida (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2026 yil 21 fevralda berilgan 04/1-1055-sonli ma’lumotnoma) qo‘llanildi. Natijada millionlab so‘z shakllarini qamrab olgan elektron lug‘at yaratildi. 
Ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamlarning yasalishi va ma’nolarining o‘rganilish muammolari, ularning ingliz va o‘zbek tillarida vazifaviy xususiyatlari hamda tilda pragmatik birlik sifatida namoyon bo‘lishiga oid muammolarning yoritilish xulosalaridan Qarshi davlat universitetida  2021-2023-yillarda bajarilgan SUZ800-21-GR-3181-“Reinforcing English Language competence at Karshi state university” nomli xalqaro grand loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining  2024-yil 14-iyundagi № 04/1766-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkil qilingan ingliz tili kurslarida samarali foydalanilgan.
Chog‘ishtirilayotgan tillarda raqamlarning matn pragmatik mazmunini shakllantirish shuningdek, matn semantik tarkibini shakllantirish, mavzuni ifodalash, ekspressivlikni ta’minlash va badiiy bayon vazifalarini bajarish imkoniyatlariga ega ekanligiga ko‘ra ular paremiologik matnlar, xalq ertaklari va frazeologizmlarni shakllantirishi haqidagi xulosalardan 2024-yil 10 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi “Ochiq muloqot” eshittirishi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-oktyabrdagi №17-05/151-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning mavzu doirasidagi bilim-ko‘nikmalarini oshirishga va ko‘rsatuvning ilmiy ommaboplik xususiyati yaxshilanishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish