Maxmudov Dilshodbek Ergashbekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Professional sportchilarda nafas yo‘li va  somatotip ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini tizimli o‘rganish», 14.00.38–Sport tibbiyoti  (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib591.

Ilmiy rahbar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy- amaliy markazi, DSc.30.05.2018.Tib.69.01.

Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Talanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Toshkent tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: futbolchilarda o‘yin ampluasiga bog‘liq holda tashqi nafas ko‘rsatkichlari, somatotip va sport genlari genotiplari orasidagi  bog‘liqlik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

futbolchilarda tashqi nafas funksiyasi hajmli ko‘rsatqichlari respirator tizim faoliyatini yuqori yuklamali sharoitlarga moslashuvini ta’minlashi hamda yuqori tezlik va jismoniy faollik taqozo etuvchi o‘yin ampluasida yuqori bo‘lishi asoslangan;

futbolchilarda ko‘krak qafasi va tana uzunligi orasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi Erisman va Livi indekslari ko‘rsatqichlari bilan tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatqichlari hamda futbolchi o‘yin ampluasi orasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlanib, yuqori jismoniy faollik taqozo etuvchi o‘yin ampluasiga ega futbolchilarda yuqori bo‘lishi  isbotlangan;

ilk bor futbolchilarda ACTN3, AMPD1, HiF1α genlari genotip variantlari bilan tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatqichlari orasidagi bog‘liqlik aniqlanib, tashqi nafas funksiyasining hajmiy ko‘rsatqichlari ACTN3 genining RR genotipi, AMPD1 genining CC genotipi va HiF1α genining SS genotiplariga ega sportchilarda yuqori ekanligi isbotlangan;

ilk bor milliy futbol jamoalari o‘yinchilari respirator tizim funksional ko‘rsatqichlari, tana proporsiyasi turlari va sport genlari genotip variantlari bilan futbolchi o‘yin ampluasi orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.

IY. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.

Futbolchilar morfofenotip, nafas olish tizimi va genotip xususiyatlarining o‘ziga xosligi va o‘zaro funksional bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot  natijalari asosida:

futbolchi o‘yin mobaynida jismoniy yuklamalarga moslashuvini yaxshilashga qaratilgan «Nafas olish funksiyasi va uning futbolchi o‘yin ampluasiga bog‘liqligi» usulubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 avgustdagi 8n-r/220-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sportchilar somatotip, nafas faoliyati ko‘rsatkichlari va bir qator sport genlari genotiplari orasidagi assosiasiyalarni aniqlash asosida futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda taktik va texnik harakatlarining samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;

futbolchilarda ularning o‘yin ampluasiga bog‘liq holda tashqi nafas ko‘rsatkichlari, somatotip va sport genlari orasidagi bog‘liqlikning xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sport va futbol jamoalarning tibbiy nazorati amaliyotiga, jumladan, Lokomotiv va Paxtakor futbol jamoalarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi 01-07-02-38-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-r/220-son, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning 2019 yil 18 apreldagi 03/1351-son ma’lumotnomalari). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi somatotip, nafas faoliyati optimal ko‘rsatkichlari va genotiplar ma’lumotlari, jamoaviy o‘yinning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar namoyon bo‘lishini ta’minlash, har bir futbolchining o‘yin ampluasini saralab olishga hamda mashg‘ulot jarayonining samaradorligini yaxshilanishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish