Ruziboev Temur Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh rahbarlarda transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1423.
Ilmiy rahbar Kosimov Ubaydulla Axrorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.43.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tilavov Muxtor Hasan o‘g‘li, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunovlik univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh rahbarlarda transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganish va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh rahbarlar faoliyatiga ijtimoiy-demografik omillarning ta’siriga ko‘ra erkak va ayollardagi emotsional etuklik boshqaruv qarorlariga, yoshga oid fazilatlar esa ijtimoiy-axloqiy etuklik darajasiga bog‘liq namoyon bo‘lganligi tufayli transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik determinantlar shaxsiy-guruhiy omillar birligi orqali aniqlangan;
yosh rahbarlarning boshqaruv uslubidagi differensial farqlarga ko‘ra boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi avtoritarlik va liberallik shaxs ma’naviy etukligi va ijtimoiy intellektining ikki qutb chegarasida namoyon bo‘lishiga olib kelib, jamoa jipsligini susaytirganligi tufayli demokratik uslub transformatsion liderlikning fasilitativ ta’sirini emotsional etuklik orqali rivojlantiruvchi psixologik determinant ekanligi aniqlangan;
yosh rahbarlarda transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda shaxs differensial xususiyatlarining ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy, emotsional, ijtimoiy etuklikni ta’minlashdagi yetakchi jihatlariga asoslanib hissiy barqarorlik, hamkorlikka intilish, ishonuvchanlikning ijtimoiy adaptiv fazilatlar orqali boshqaruv qarorlarida namoyon bo‘lishi muhim ekanligi dalillangan;
yosh rahbarlarning transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli innovatsion fikrlash, empatik boshqaruv, emotsional barqarorlik, ijtimoiy ta’sirchanlik bloklarining o‘zaro integratsiyasiga asoslanib korporativ madaniyatni rag‘batlantiruvchi fasilitativ va integrativ intervensional strategiyalar birligi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yosh rahbarlarda transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari”ni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yosh rahbarlar faoliyatiga ijtimoiy-demografik omillarning ta’siriga ko‘ra erkak va ayollardagi emotsional etuklik boshqaruv qarorlariga, yoshga oid fazilatlar esa ijtimoiy-axloqiy etuklik darajasiga bog‘liq namoyon bo‘lganligi tufayli transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik determinantlar shaxsiy-guruhiy omillar birligi orqali aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-142-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda transformatsion liderlik shakllanishiga ta’sir etuvchi individual-psixologik vositalar va komponentlar aniqlanishiga xizmat qilgan;
yosh rahbarlarning boshqaruv uslubidagi differensial farqlarga ko‘ra boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi avtoritarlik va liberallik shaxs ma’naviy etukligi va ijtimoiy intellektining ikki qutb chegarasida namoyon bo‘lishiga olib kelib, jamoa jipsligini susaytirganligi tufayli demokratik uslub transformatsion liderlikning fasilitativ ta’sirini emotsional etuklik orqali rivojlantiruvchi psixologik determinant ekanligi aniqlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-142-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda shaxsiy-axloqiy va emotsional barqarorlikni shakllantiruvchi psixologik omillarni aniqlashga xizmat qilgan;
yosh rahbarlarda transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda shaxs differensial xususiyatlarining ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy, emotsional, ijtimoiy etuklikni ta’minlashdagi yetakchi jihatlariga asoslanib hissiy barqarorlik, hamkorlikka intilish, ishonuvchanlikning ijtimoiy adaptiv fazilatlar orqali boshqaruv qarorlarida namoyon bo‘lishi muhim ekanligi dalillanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-142-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarning motivatsion tuzilmasi ularning transformatsion liderlikni shakllantirishdagi asosiy psixologik mexanizm ekanini aniqlash imkonini bergan;
yosh rahbarlarning transformatsion liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli innovatsion fikrlash, empatik boshqaruv, emotsional barqarorlik, ijtimoiy ta’sirchanlik bloklarining o‘zaro integratsiyasiga asoslanib korporativ madaniyatni rag‘batlantiruvchi fasilitativ va integrativ intervensional strategiyalar birligi orqali takomillashtirilganligi haqidagi yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-142-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbarlarda shaxsiy xususiyatlar va boshqaruv kompetensiyalari o‘zaro aloqadorligini aniqlash hamda transformatsion liderlik salohiyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishga zamin yaratgan;