Bekkieva Nargiza Rajabboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir yoshlarda soxta diniy axborotlarga tobelikning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P903.
Ilmiy rahbar Bahrom Juraev, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.43.01.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir yoshlarda soxta diniy axborotlarga tobelikni o‘rganish va uning psixologik xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki diniy yo‘nalganlik (shaxsiy e’tiqodga asoslangan din tushunchasi) yuqori bo‘lgan o‘smirlar soxta diniy axborotni kamroq qabul qilishi natijasida, ularda ichki diniy e’tiqodning ustunligi o‘z qarashlarini oqlash uchun yolg‘ondan foydalanish ehtiyojini quyi his qilishlari hamda diniy axborotni tanqidiy baholash qobiliyatiga ega bo‘lishi dalillangan;
o‘smirlarda g‘ayritabiiy hodisalarga (irratsional e’tiqodlarga) ishonishi natijasida, yolg‘on axborotga bo‘lgan ishonchini oshirishi, yolg‘onni oqlash va uni boshqalarga tarqatish ehtimolini ham kuchayishi, noto‘g‘ri axborotga tanqidiy yondashish qobiliyatiga ega bo‘lmaslik hamda turli manipulyativ diniy axborotlarga tezroq ishonishlari mumkinligi aniqlangan;
dindan najot va xotirjamlik izlaydigan o‘smir yoshlar yolg‘on axborotni qabul qilish ehtimoli kamiyishi natijasida, haqiqiy diniy axborotni yaxshiroq tan olishlari, manipulyativ xatti-harakatlarga kamroq moyil bo‘lishi, ruhiy barqarorlik va o‘zini yolg‘on orqali himoya qilish ehtiyoji kamayib borishi isbotlangan;
o‘tkazilgan trening samaradorligi natijasida, o‘smir o‘quvchilarda yolg‘on axborotga moyillik va yolg‘onni oqlash sezilarli darajada kamayganligi, shu bilan birga, haqiqatni tan olish va to‘g‘ri diniy axborotni ajratib olish qobiliyati oshganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir yoshlarda soxta diniy axborotlarga tobelikning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ichki diniy yo‘nalganlik (shaxsiy e’tiqodga asoslangan din tushunchasi) yuqori bo‘lgan o‘smirlar soxta diniy axborotni kamroq qabul qilishi natijasida, ularda ichki diniy e’tiqodning ustunligi o‘z qarashlarini oqlash uchun yolg‘ondan foydalanish ehtiyojini quyi his qilishlari hamda diniy axborotni tanqidiy baholash qobiliyatiga ega bo‘lishi dalillanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli maʼlumotnomasi). Buning natijasida o‘smirlarda soxta diniy axborotlarga tobelikni oldini olishga xizmat qiluvchi omillarni shakllantirishga erishilgan;
o‘smirlarda g‘ayritabiiy hodisalarga (irratsional e’tiqodlarga) ishonishi natijasida, yolg‘on axborotga bo‘lgan ishonchini oshirishi, yolg‘onni oqlash va uni boshqalarga tarqatish ehtimolini ham kuchayishi, noto‘g‘ri axborotga tanqidiy yondashish qobiliyatiga ega bo‘lmaslik hamda turli manipulyativ diniy axborotlarga tezroq ishonishlari mumkinligi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli maʼlumotnomasi). Buning natijasida, o‘smirlarda soxta diniy axborotlarga moyillik kelib chiqishining psixologik xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
dindan najot va xotirjamlik izlaydigan o‘smir yoshlar yolg‘on axborotni qabul qilish ehtimoli kamiyishi natijasida, haqiqiy diniy axborotni yaxshiroq tan olishlari, manipulyativ xatti-harakatlarga kamroq moyil bo‘lishi, ruhiy barqarorlik va o‘zini yolg‘on orqali himoya qilish ehtiyoji kamayib borishi isbotlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, soxta diniy axborotlarga tobelikni oldini olishga mo‘ljallangan metodikalarning ilmiy-amaliy ta’minotini oshirishga xizmat qilgan;
o‘tkazilgan trening samaradorligi natijasida, o‘smir o‘quvchilarda yolg‘on axborotga moyillik va yolg‘onni oqlash sezilarli darajada kamayganligi, shu bilan birga, haqiqatni tan olish va to‘g‘ri diniy axborotni ajratib olish qobiliyati oshganligi dalillangan yangiliklar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi PM-99-sonli maʼlumotnomasi). Natijada Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishida foydalanishga erishilgan.