Niyazova Mavjuda Saidalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Issledovanie i razrabotka texnologii proizvodstva biokomfortnoy obuvi” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlar texnologiyasi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4 PhD/T4271.
Ilmiy rahbar: Maksudova Umida Mirzaraximovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Musaev Sayfullo Safoevich, texnika fanlari nomzodi, professor; Maksumova Oyto‘ra Siddiqovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
mahalliy xomashyo asosidagi yuqori samarali butlovchi materiallardan foydalangan holda qurolli kuchlar tuzilmalarida xizmat qiluvchi xodimlar uchun biokomfort maxsus poyabzalning import o‘rnini bosuvchi assortimentini va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish, past harorat sharoitida poyabzalning himoya xususiyatlarini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
butlovchi materiallarning issiqlik qarshiligini 0,586 m²·°C/Vt gacha oshirishga imkon yaratuvchi, oyoq panjasining issiqlik himoyasini samarali taminlovchi poyabzal tag qismi uchun ikki qavatli patak konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda poyabzal tag qismi butlovchi materiallar qalinligining oshish qonuniyatlari aniqlangan xamda qishki mavsumning to‘rt davri uchun (5 °C dan 65 °C gacha) qalinlik chegaralari belgilab olingan;
patak bog‘lami materiallarini optimallashtirish hisobiga qishki etiklarning issiqlikdan himoya qilish xususiyatlarini oshirish qonuniyatlari tajribani matematik rejalashtirish usuli asosida ishlab chiqilgan,  namat tarkibidagi sof qo‘y junining tarkibi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi, qalinligining oshishi esa issiqlik izolatsiyasi samarador-ligining qo‘shimcha o‘sishini ta’minlashi aniqlangan;
ekologik va yuqori issiqlik saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan butlovchi materiallar asosida etik konstruksiyasi takomillashtirilgan va poyabzalning issiqlik o‘tkazmaslik xususiyati hamda oyoq panjasining ergonomik himoyasini oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qurolli kuchlar tuzilmalarida xizmat qiluvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan biohimoya xususiyatiga ega qish mavsumiga mo‘ljallangan issiqlik saqlovchi maxsus poyabzallarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
yangi konstruksiyadagi poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik reglament “GO‘ZAL BIZNES PLYUS” korxonasida joriy qilingan (2025- yil 3-oktabrdagi  " Uzcharmsanoat " Assotsiatsiyasining 01-2677 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada baland qo‘njli qish mavsumiga mo‘ljallangan etik konstruksiyasiga asoslangan holda, harbiy xizmatchilar uchun maxsus himoyalovchi, import o‘rnini  bosuvchi poyabzal ishlab chiqirish imkoniyati yaratilgan;
past haroratli sharoitlarda ekspluatatsion xususiyatlarni baholash maqsadida, ishlab chiqilgan issiqlik saqlovchi etiklar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Chimyon” tog‘ o‘quv-trening markazida  va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” dovonidagi sinov maydonida qorli hududlarda tajribaviy harbiy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. (2025 yil 3-oktabrdagi "Uzcharm sanoat" Assotsiatsiyasining 01-2677 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada maxsus poyabzalning issiqlik saqlash ko‘rsatkichlari 15% gacha oshirilib, maxalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish