Obidjonov Axror Jo‘raboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kanallarning gidravlik samaradorligini oshirish usullarini mahalliy xomashyolardan tayyorlangan kompozision elastik qoplamalar asosida takomillashtirish», 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi», 02.00.07 – «Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6052
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Babaev Askar Ruzibadalovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent; Kaxarov Baxadir Baxramovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc. 10/2025.27.12.T.01.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – texnika fanlari doktori, professor, Vapaev Murodjon Do‘summatovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kanallarning gidravlik samaradorligini oshirish usullarini mahalliy xomashyolardan tayyorlangan kompozision elastik qoplamalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘orish kanallarida filtratsion yo‘qotishlarning gidravlik samaradorlikka ta’siri, kanal o‘zanining granulometrik va fizik-mexanik xossalari hamda g‘adir-budurlik darajasining oqim parametrlari va suv resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida kanallarda oqimning gidravlik xossalarini yaxshilovchi, filtratsion yo‘qotishlarni kamaytiruvchi va samaradorligini oshiruvchi kompozision elastik qoplama olish uchun ingredientlar yaratilgan;
elastomer kompozisiyalarning vulkanizatsiya kinetikasi, reologik va plastoelastik xossalariga mahalliy ingredientlarning ta’siri asosida, ularning optimal miqdoriy nisbatlari aniqlangan hamda gidravlik inshootlar uchun mos kompozisiya tarkibi yaratilgan.
yaratilgan kompozision elastik qoplamaning kanaldagi filtratsion yo‘qotishlarga, oqimning gidravlik parametrlariga, suvning reologik xossalariga va kanalning xizmat muddatiga ta’siri asoslangan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida kompleks xossalarga ega kompozision elastik qoplama olish va ularni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan kompozision elastik qoplama qo‘llanilgan kanallarda filtratsion yo‘qotishlar miqdori ma’lum gidrogeologik sharoitlarda suv yo‘qotishlarini 90-95 % gacha kamaytirishi, suvdan foydalanish samaradorligi 30 % gacha oshishi, ekspluatatsion xarajatlar 30-35 % gacha kamayishi hamda xizmat muddati besh barobarga ortishi asoslangan;
kompozision elastik qoplamadan foydalanish asosida sug‘orish kanallarida suvni filtratsion yo‘qotishlarini kamaytirish, oqimning gidravlik barqarorligini yahshilash va kanalning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks echimlar tizimi asosida suv resurslaridan samarali foydalanish texnologik jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kanallarning gidravlik samaradorligini oshirish usullarini mahalliy xomashyolardan tayyorlangan kompozision elastik qoplamalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida kompozision elastik qoplamalarni olish texnologiyasi «FALCO» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zsuvta’minot AJning 2025-yil 15-oktyabrdagi 1/19-5040-son ma’lumot-nomasi). Natijada beton qoplamalar o‘rniga kompozision elastik qoplamalar ishlatish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolardan tayyorlangan kompozision elastik qoplamalarni yotqizish texnologiyasi «Navoiy suv ta’minoti» AJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zsuvta’minot AJning 2025-yil 15-oktyabrdagi 1/19-5040-son ma’lumot-nomasi). Natijada filtratsiya yo‘qotishlarini 90 % gacha kamaytirish, xizmat muddatini 50 % oshirish, ekspluatatsion xarajatlarni 30-35 % qisqartirish imkonini bergan;
kanallarni mahalliy xomashyolardan tayyorlangan kompozision elastik qoplamalar bilan qoplash va gidravlik jihatdan eng qulay kesim asosida yangi kanallarni loyihalash texnologiyasi Namangan «Suv etkazib berish xizmati» DMda amaliyotga joriy etilgan (O‘zsuvta’minot AJning 2025-yil 15-oktyabr-dagi 1/19-5040-son ma’lumotnomasi). Natijada suv yo‘qotishlarini 90% ga kamaytirish, qoplamaning xizmat muddatini 50% oshirish, qurilish va ekspluatatsion xarajatlarni 35% ga kamaytirish imkonini bergan.