Boyquziev Ilxom Mardanoqulovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Simmetrik va ochiq kalitli shifrlash algoritmlarini baholash usullari va algoritmlari” mavzusidagi 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.DSc/FM316
Ilmiy maslahatchi: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuryazov Davlatyor Matyakubovich, fizika-matematika fanlari doktori; Tuychiev G‘ulom Numonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institute.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi simmetrik va ochiq kalitli shifrlash algoritmlari xavfsizligini baholash uchun yangi yondashuvlar asosida echimlar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
S-box akslantirishlarini baholashda mavjud umumiy kriptografik talablarga qo‘shimcha talab sifatida xizmat qiladi chiziqsiz akslantirishlarga kirish bitlarining birgalikda kelishlari chiqishda qanday tartibda takrorlanishiga asoslangan holda shifrlash kalitlarini aniqlash imkonini bergan simmetrik shifrlash algoritmlarinining chiziqsiz akslantirishlarini baholash usuli ishlab chiqilgan;
4×4 o‘lchamli S-box akslantirishlariga mos maxfiy kalitning 75 foizini, ayrim S-boxlar uchun esa 100 foiz aniqlik bilan taxmin qilish imkonini bergan simmetrik shifrlash algoritmlarinining chiziqsiz akslantirishlarini baholash usuli asosida shifrlash kalitini aniqlash algoritmlari yaratilgan;
sonlarni ko‘paytirishdagi munosabatlar orqali faktorlash imkonini bergan sonlarni ko‘paytirishning Tom-Kuk usuliga asoslangan ko‘paytirish amallariga teskari amallar orqali faktorlash usuli ishlab chiqilgan;
xotirani ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lganda l bitli RSA ochiq kalitli shifrlash algoritmining modulini faktorlash imkonini bergan sonlarni ko‘paytirishning Tom-Kuk usuliga asoslanib ishlab chiqilgan usuli asosida yangi faktorlash algoritmlari yaratilgan;
p va q tub sonlarning qaysi intervallarga tegishli bo‘lishi mumkinligining muvaffaqiyatli taxminlarida maxfiy kalitni aniqlash imkonini bergan faktorlash muammosiga asoslangan ochiq kalitli shifrlash algoritmlarining maxfiy kalitni aniqlashning maxfiy va ochiq kalitlar munosabatiga asoslangan kichik razryadli RSA modullarida samarali hisoblangan usul ishlab chiqilgan;
RSA ochiq kalitli shifrlash algoritmining moduli l bit bo‘lganda, shart bajarilganda qadam bilan maxfiy kalitlarni aniqlash imkonini bergan faktorlash muammosiga asoslangan ochiq kalitli shifrlash algoritmlari uchun maxfiy kalitlarni aniqlash usuli ishlab chiqilgan va mazkur usul asosida algoritm yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
S-box akslantirishlarini baholashda mavjud umumiy kriptografik talablarga qo‘shimcha talab sifatida xizmat qiladi chiziqsiz akslantirishlarga kirish bitlarining birgalikda kelishlari chiqishda qanday tartibda takrorlanishiga asoslangan holda shifrlash kalitlarini aniqlash imkonini bergan simmetrik shifrlash algoritmlarinining chiziqsiz akslantirishlarini baholash usulidan JSKY2021098-raqamli “SM4 algoritmini tadqiq etish” nomli loyihada SM4 simmetrik shifrlash algoritmining S-boxi tahlili va baholashda foydalanilgan (Jining Normal Universitetining 15.10.2025 yildagi 20251015-001-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, SM4 algoritmi S-box akslantirishini baholash jarayonida NCOB xossasi asosida chetga chiqishlar aniqlangan, jumladan, kirish bitlarining 0- va 2-tartiblari 1,0 ko‘rinishida bo‘lganda, chiqish bitlarining 0- va 2-tartiblari 0 va 1 qiymatlarida kelishlari soni 10 ta, kirish bitlari 0- va 2-tartiblari 1,0 ko‘rinishida bo‘lganda esa chiqish bitlarining 0- va 2-tartiblari 1 va 1 qiymatlarida kelishlari soni 24 ta ekanligi aniqlangan, natijalar oxirgi raund kalitining mos bitlarini 75% gacha aniqlik bilan taxmin qilish imkonini bergan;
xotirani ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lganda l bitli RSA ochiq kalitli shifrlash algoritmining modulini faktorlash imkonini bergan sonlarni ko‘paytirishning Tom-Kuk usuliga asoslanib ishlab chiqilgan usuldan xorijiy ilmiy jurnallarda (Journal of Machine and Computing, 05(03), 2025, pp.1944-1957; Mesopotamian Journal of CyberSecurity, 5(2), 2025, pp.842-862; Symmetry, 16, 2024, ID 764) Shor algoritmining Qiskit platformasi tomonidan taqdim etilgan simulyasiya qilingan kvant backendlaridan foydalangan holda keng qamrovli samaradorlik tahlili o‘tkazishda foydalanilgan. Natijada, butun sonlarni faktorlash uchun moslashuvchan va umumiy realizatsiya taklif etilib, unda faktorlanuvchi sonni dinamik kiritish, tasodifiy o‘zaro tub sonlarni tanlash hamda kvant sxemalarni avtomatik shakllantirish imkonini bergan;
chiziqsiz akslantirishlarga kirish bitlarining birgalikda kelishlari chiqishda qanday tartibda takrorlanishiga asoslangan holda shifrlash kalitlarini aniqlash imkonini bergan simmetrik shifrlash algoritmlarinining chiziqsiz akslantirishlarini baholash usuli va uning asosida yaratilgan shifrlash kalitini aniqlash algoritmlaridan xorijiy ilmiy jurnallarda (Discover Internet of Things, 5, 2025, pp.1-20; Multimedia Tools and Applications, 8, 2024, pp.24859–24886; Mesopotamian Journal of CyberSecurity, 5(2), 2025, pp.842-862) ma’lumotlarni uzatish uchun tezkor va barqaror xavfsizlik tizimini yaratishda, optimal talablar bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish hamda IoT parametrlariga asoslangan va NIST kriptografik standartlariga tayanuvchi matematik bog‘lanish-modelini yaratishda, graf nazariyasiga asoslangan shifrlash va deshifrlash usullaridan foydalanish orqali kriptografik protokollarni rivojlantirishda foydalanilgan Natijada, taklif etilgan usul va algoritmlardan foydalanib ishlab chiqilgan algoritm an’anaviy Trivium usuliga nisbatan ustunligi, shifrlash va deshifrlash vaqtlari 1:24 nisbatda qisqarganligi, bu uni tezkor xavfsizlik talablariga mos qilishi, engil vaznli IoT infratuzilmalari uchun moslashtirish mumkinligi ko‘rsatilgan hamda Dekart ko‘paytmasi graflari hamda to‘liq bipartit graflardan foydalanish aloqa tizimlarida ma’lumotlarning maxfiyligi va yaxlitligini oshirishga imkon bergan;
chiziqsiz akslantirishlarga kirish bitlarining birgalikda kelishlari chiqishda qanday tartibda takrorlanishiga asoslangan holda shifrlash kalitlarini aniqlash imkonini bergan simmetrik shifrlash algoritmlarinining chiziqsiz akslantirishlarini baholash usulidan “Elektron raqamli imzo bulutli xizmatini ishlab chiqish” loyihasida raqamli imzo algoritmlarining parametrlarini generatsiya qilishda va kriptografik algoritmlarning bardoshliligini baholashda foydalanilgan (“UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi ma’suliyati cheklangan jamiyatining 29.01.2026 yildagi 7-2/211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, faktorlash muammosiga asoslangan ochiq kalitli shifrlash algoritmlari uchun maxfiy kalitlarni aniqlashning oraliqlarga bo‘lishga asoslangan usul kriptografik bardoshli kalitlarni generatsiya qilishda ularni tizimli baholash imkonini bergan, simmetrik shifrlash algoritmlarining chiziqsiz akslantirishlarini baholashning “Bitlarning birgalikda kelishlari soni” deb nomlangan yangi usul kriptografik algoritmlarning bardoshliligini baholash imkonini bergan.