Isomitdinova Dilnoza Soxibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik toza Apis mellifera xitozanining kumush va mis ionlari bilan komplekslarini olish va ularning atrof muhitga ta’siri”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T3801.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Muzaffar Abdugapparovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvaxab Ikromovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik toza Apis mellifera xitozandan xitozan- kumush va xitozan-mis polimetallkomplekslarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va ularning atrof muhitga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jonsiz Apis Mellifera asalarilaridan olingan deatsetillash darajasi yuqori xitozanning d-metallari bilan polimetallkomplekslar sintez qilinib, xitozan-kumush va xitozan-mis komplekslari nanozarrachalari 22-72 nm o‘lchamda ekanligi DLS tahlili bilan isbotlangan;
kvant-kimyoviy hisoblashlar asosida XZ/Cu²⁺ kompleksining XZ/Ag ga nisbatan yuqori dipol momenti 7.72 Debe va barqaror elektron energiyasi -2711.85 Hartreega tengligi asoslangan;
Xz/Cu²⁺ polimetallkompleksi fungidsid preparati sifatida kuzgi bug‘doyning zang kasalligiga qarshi qo‘llanilganda hosil samaradorligi 83 % ga oshishi isbotlangan;
Xitozan-Ag+, xitozan-Cu2+ polimetallokomplekslar rentgen difraktogrammasida yangi cho‘qqilarning paydo bo‘lishi va termogravimetrik tahlil natijalari sof xitozan 270–320°C oralig‘ida parchalanishi, XZ/Ag+ kompleksi 310°C, XZ/Cu²⁺ kompleksi esa 335°C da parchalanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik toza Apis mellifera xitozandan xitozan-kumush va xitozan-mis polimetallkomplekslarini olish texnologiyasi takomillashtirilgan va ularning atrof-muhitga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jonsiz asalarilardan olingan xitozan asosida Xz-Cu2+ polimetall kompleksidan foydalanish texnologiyasi “Yangikent oltin zamini” va “Sharif Shokir Shavkat” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 29 avgustdagi 05/01-05/02-05/04-02-889-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy zang kasalligini 83 % ga kamaytirish, hosildorlikni nazoratga nisbatan 9.5-10.5 s/ga oshirish imkonini bergan;
xitozan-Cu2+ preparatini ishlatish texnologiyasi “Yangikent oltin zamini” va “Sharif Shokir Shavkat” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 29 avgustdagi 05/01-05/02-05/04-02-889-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doyning vegetatsiyasi davomida Xz-Cu2+ preparatini 2 marta 0,5 %-li purkab, qo‘shimcha 10,5 s/ga don olish va import mahsulot - titul duo preparatini to‘liq amashtirish imkonini bergan.