Suyundikov Muxriddin Kobulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sitostatik faollikka ega nanomisellalar sintezi va xossalari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1088.
Ilmiy rahbar: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/B.18.01.
Rasmiy opponentlar: Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gepatosellyulyar karsinomaga yo‘naltirilgan ta’sirga ega, organizmda samaradorligi yuqori bo‘lgan nanomisellyar tizimlarni sintez qilish, ularga tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilayotgan sitostatiklarni yuklash, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dori vositasini tashuvchi nanomisella asosini sintez qilishning maqbul reaksiya sharoitlari aniqlangan va kimyoviy tuzilishi spektroskopik usullar yordamida isbotlangan;
polietilen glikol (PEG2000) va C16 seramid asosida nanomisellalarning kritik misellyar konsentratsiyasi va barqarorligi baholanib, ularga DOX va silimarinning yuklanish koeffisienti va inkapsulyasiya samaradorligi aniqlangan;
fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida nanomisella asosi va sitostatik faollikga ega nanomisellalarning hajmi, morfologiyasi, termik barqarorligi, o‘rtacha gidrodinamik diametri hamda polidisperslik indekslari aniqlangan;
sitostatik faollikga ega nanomisellalarning in vitro va in vivo sharoitlarda biologik faolliklari aniqlangan hamda ular asosida maqsadli va xavfsiz dori yetkazib beradigan nanotuzilishli sitostatik birikmalar olish mumkinligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sitostatik faollikka ega nanomisellalarni olish va ularning xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PEG2000 va C16 seramid asosida saratonning gepatosellyulyar karsinoma turiga qarshi dori vositalarini etkazib beruvchi nanomisellyar tizimlarning olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 2938). Natijada, DOX tutgan nanomisella tuzilishli saratonning gepatosellyulyar karsinoma turiga qarshi tanlab ta’sir etuvchi, zaharliligi kam bo‘lgan dori vositasini olish imkonini bergan;
polimer va lipid asosidagi nanomisellaga dori moddasini yuklash va samaradorligini o‘rganish hamda nanosturkturalarning kritik misellyar konsentratsiyasini aniqlash usullaridan Bioorganik kimyo institutida 2025-yilida bajarilgan “Bioparchalanuvchan makromolekulyar tizimlarning tirik organizm bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish, jarrohlik amaliyoti hamda mikroignalar olish uchun yangi avlod biomateriallarni yaratish” mavzusidagi bazaviy moliyalashtirish dasturida doirasidagi tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026 yil 7 apreldagi  4/1255-907-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur doirasida polimer va lipid asosida olingan nanomisellalarga dori moddasini yuklash va suvli muhitda barqaror nanomisellalar hosil qilinishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish