Sadikova Gavxaroy Nasrullaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida, 08.00.13 – Menejment va 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti tutash ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5240
Ilmiy rahbar: Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami:
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.I.03.03
Rasmiy opponentlar:
Saidaxmedova Nodira Ilhomovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini integratsiyalashga asoslangan hamda ekspert baholariga tayangan holda integral koeffisient orqali baholash imkonini beruvchi korxonalar boshqaruv samaradorligini kompleks baholashning takomillashtirilgan modeli taklif etilgan.
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatida risklarni boshqarish samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqarish jarayoni va bozor kon’yunkturasi xususiyatlarini hisobga olgan holda agrotexnik, bozor va moliyaviy risklarning ta’sir darajasi hamda ularning ahamiyat koeffisientlari asosida integral ko‘rsatkichni shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida maqsadni belgilash, diagnostika, omillar tahlili, differensial yondashuv va monitoring funksiyalarini integratsiyalashga asoslangan hamda davlat qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va kooperativ boshqaruv tamoyillarini uyg‘unlashtiruvchi takomillashtirilgan boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan.
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatida foyda hajmining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar (hosildorlik, boshqaruv xarajatlari, xodimlar malakasini oshirish xarajatlari va etishtirish maydoni) o‘rtasidagi bog‘lanishlarni baholash asosida organik sabzavot mahsulotlari etishtirishdan olinadigan foyda hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini integratsiyalashga asoslangan hamda ekspert baholariga tayangan holda integral koeffisient orqali baholash imkonini beruvchi korxonalar boshqaruv samaradorligini kompleks baholashning takomillashtirilgan modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Biogomus” fermer xo‘jaligi, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oqsuv” MChJ va Xo‘jaobod tumanidagi “Navigul” MChJ faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-391-son ma’lumotnomasi). Natijada organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, ularning istiqbolli rivojlanishini baholash hamda barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi risklarni kamaytirish va boshqarish imkoniyati kengaygan;
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatida risklarni boshqarish samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqarish jarayoni va bozor kon’yunkturasi xususiyatlarini hisobga olgan holda agrotexnik, bozor va moliyaviy risklarning ta’sir darajasi hamda ularning ahamiyat koeffisientlari asosida integral ko‘rsatkichni shakllantirish orqali takomillashtirilgan uslubiy yondashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Biogomus” fermer xo‘jaligi, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oqsuv” MChJ va Xo‘jaobod tumanidagi “Navigul” MChJ faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-391-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur yondashuv organik sabzavot etishtiruvchi korxonalarda agrotexnik, bozor va moliyaviy risklarni oldindan aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini asoslash, shuningdek mahsulot raqobatbardoshligi va korxona faoliyati barqarorligini oshirish imkonini berishi asoslandi;
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida maqsadni belgilash, diagnostika, omillar tahlili, differensial yondashuv va monitoring funksiyalarini integratsiyalashga asoslangan hamda davlat qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va kooperativ boshqaruv tamoyillarini uyg‘unlashtiruvchi takomillashtirilgan boshqaruv mexanizmi Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-391-son ma’lumotnomasi). Natijada organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni baholash asosida samarali boshqaruv dasturlarini ishlab chiqish aniqligi 10–12 foizga oshgan;
organik sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatida foyda hajmining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar (hosildorlik, boshqaruv xarajatlari, xodimlar malakasini oshirish xarajatlari va etishtirish maydoni) o‘rtasidagi bog‘lanishlarni baholash asosida organik sabzavot mahsulotlari etishtirishdan olinadigan foyda hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Biogomus” fermer xo‘jaligi, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oqsuv” MChJ va Xo‘jaobod tumanidagi “Navigul” MChJ faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-391-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasida organik sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi sharoitida mazkur korxonalarda foyda hajmining 2030-yilga qadar o‘rtacha 65–70 foizga o‘sishi prognoz qilingan.