Nazirov Mirjalol Baxodirjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatidagi migratsion jarayonlar tarixi (1876-1917-yillar)”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar2113
Ilmiy rahbar: Juraev Xusniddin Pazliddinovich - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.12.2025.Tar.10.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulamovich - tarix fanlari doktori, Bo‘riev Zavqiddin Toshpo‘lat o‘g‘li - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Farg‘ona viloyatida ro‘y bergan migratsion jarayonlar tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1876-1917-yillarda Rossiya imperiyasi hukumatining ko‘chirish siyosati hamda uning oqibatida Farg‘ona viloyatida yuzaga kelgan migratsiya jarayonlari markaziy guberniyalardagi yirik mulkdorlar ehtiyojlari ta’siri ostida vujudga kelgani, ayni holatda hokimiyat idoralari mahalliy aholidan ko‘ra, ko‘chirib keltirilganlarning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritganliklari dalillangan; 
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Farg‘ona viloyati hududlarida kechgan migratsiya jarayonlarning mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri maxsus tadqiq etilib, dehqonlar ijtimoiy qatlami doirasidagi ko‘chirishlar va ushbu jarayonning normativ-huquqiy tartibga solinishi bir-biriga parallel ravishda amalga oshirilgani hamda unumdor erlarning egallanishi jarayonining ikki bosqichi – hukumat tomonidan amalga oshirilgan va o‘zboshimchalik bilan ko‘chirishlarning birlashishi aniqlangan;
Farg‘ona viloyatida rusiyzabon qishloqlar (rus posyolkalari) va ko‘chirib keltirilganlar soni mahalliy dehqonlarning noroziliklari va mavjud aholining hukumatga qarshi milliy ozodlik harakatlari tufayli, ayniqsa 1892-yil Qo‘qon uezdida Sobirxon, 1898-yil Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘olonlardan so‘ng keskin ko‘payib ketgani, XIX asr 90-yillarida hududda mustamlakachi hokimiyat tomonidan 7 ta qishloq (rusiyzabon) tashkil qilingani isbotlangan;
Farg‘ona viloyatiga ko‘plab evropalik aholining kirib kelishi hamda viloyatdagi mavjud sug‘oriladigan erlarning bir qismi ko‘chirish bahonasida hukumat fondiga olinishi, hududdagi mahalliy aholining katta qismini ersiz qolib, xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllariga (ijarachi, mardikor, chorikor) o‘tishiga asosiy sabab bo‘lgani ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
1876-1917-yillardagi Farg‘ona viloyatidagi migratsion jarayonlar tarixiga doir tadqiqot natijalaridan:
1876-1917-yillarda Rossiya imperiyasi hukumatining ko‘chirish siyosati hamda uning oqibatida Farg‘ona viloyatida yuzaga kelgan migratsiya jarayonlari markaziy guberniyalardagi yirik mulkdorlar ehtiyojlari ta’siri ostida vujudga kelgani, ayni holatda hokimiyat idoralari mahalliy aholidan ko‘ra, ko‘chirib keltirilganlarning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritganliklariga doir materiallardan O‘zbekiston tarixi telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tomonidan berilgan 15-33/382-son 30-may 2025-yil kuni berilgan ma’lumotnoma). Natijada, teletomoshabinlarning 1876-1917-yillarda Farg‘ona viloyatidagi migratsion jarayonlari tarixiga doir bilim va tasavvurlarini yanada kengayishiga xizmat qilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Farg‘ona viloyati hududlarida kechgan migratsiya jarayonlarning mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri maxsus tadqiq etilib, dehqonlar ijtimoiy qatlami doirasidagi ko‘chirishlar va ushbu jarayonning normativ-huquqiy tartibga solinishi bir-biriga parallel ravishda amalga oshirilgani hamda unumdor erlarning egallanishi jarayonining ikki bosqichi – hukumat tomonidan amalga oshirilgan va o‘zboshimchalik bilan ko‘chirishlarning birlashishiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi ’“Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tomonidan berilgan 15-33/382-son 30-may 2025-yil kuni berilgan ma’lumotnoma). Natijada, yosh avlodning Farg‘ona viloyati tarixiga oid bilimlarini yanada boyitilishiga, vatanparvarlik hissini ortishiga xizmat qilgan.
Farg‘ona viloyatida rusiyzabon qishloqlar (rus posyolkalari) va ko‘chirib keltirilganlar soni mahalliy dehqonlarning noroziliklari va mavjud aholining hukumatga qarshi milliy ozodlik harakatlari tufayli, ayniqsa 1892-yil Qo‘qon uezdida Sobirxon, 1898-yil Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘olonlardan so‘ng keskin ko‘payib ketgani, XIX asr 90-yillarida hududda mustamlakachi hokimiyat tomonidan 7 ta qishloq (rusiyzabon) tashkil qilinganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respeblikasi Madaniy Meros agentligi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi “ekspozision” rejalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respeblikasi Madaniy Meros agentligi tomonidan berilgan 04-05/3058-son 29-iyul 2025-yil kuni berilgan ma’lumotnoma). Natijada, Farg‘ona viloyati hududlarida kechgan migratsiya jarayonlari va tadqiqot natijalari asosida tayorlangan yangi ekspozisiyalarni keng ommaga taqdim etilishiga va muzeyga tashrif buyuruvchilarning bu boradagi bilim, tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qildi; 
Farg‘ona viloyatiga ko‘plab evropalik aholining kirib kelishi hamda viloyatdagi mavjud sug‘oriladigan erlarning bir qismi ko‘chirish bahonasida hukumat fondiga olinishi, hududdagi mahalliy aholining katta qismini ersiz qolib, xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllariga (ijarachi, mardikor, chorikor) o‘tishiga asosiy sabab bo‘lganiga doir materiallardan O‘zbekiston Respeblikasi Madaniy Meros agentligi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi “ekspozision” rejalarini tuzishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respeblikasi Madaniy Meros agentligi tomonidan berilgan 04-05/3058-son 29-iyul 2025-yil kuni berilgan ma’lumotnoma). Taqdim etilgan natijalar tashrif buyuruvchilarning Farg‘ona viloyati hududlarida kechgan migratsion jarayonlariga oid yangi bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish