Tojiev Javlonbek Rustamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “Tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirishda mikromoliyalashtirishning rolini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4128. 
Ilmiy rahbar: Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Razaqov Jasur Xamraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirishda mikromoliyalashtirishning rolini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subektlariga qisqa muddatli, yuqori daromadli kredit mahsulotlari va revolver kreditlar ajratilishini samarali yo‘lga qo‘yish, mikromoliyaviy xizmat turlarini (mikrolizing – 750 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda, mikrokredit – 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda, mikroqarz – 100 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda) ko‘paytirish va rivojlantirish taklif etilgan; 
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subektlariga “Biznesga birinchi qadam”, “Oson-2”, “Ekspress” va “Mahalla-Biznes” turdagi mikroqarzlar taqdim etish orqali tadbirkorlik subektlari faoliyatini izchil rivojlantirish va ularning mikroqarzlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirishning zarurligi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar uchun o‘zini o‘zi band qilish va oilaviy biznesning yangi yo‘nalishlarini topishga ko‘maklashish, er maydonlarida ijara asosida faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari uchun barcha turdagi mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shu jumladan kichik uskunalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun 300 mln. so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlariga ajratiladigan mikrokreditlar miqdorining 50 foizigacha kafillik taqdim etish va mikrokreditlardan foydalanishlarida kompensatsiya yordamlari ko‘rsatish orqali mikromoliyalashtirish bozori hajmini va mikromoliyaviy xizmatlar qamrovini oshirishning zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirishda mikromoliyalashtirishning rolini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik subektlariga qisqa muddatli, yuqori daromadli kredit mahsulotlari va revolver kreditlar ajratilishini samarali yo‘lga qo‘yish, mikromoliyaviy xizmat turlarini (mikrolizing – 750 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda, mikrokredit – 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda, mikroqarz – 100 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda) ko‘paytirish va rivojlantirish haqidagi taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining 2024-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha belgilangan Ish rejasining ishlab chiqilishida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-yanvardagi №14/1824-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilga mo‘ljallangan bank strategiyasi va biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash hisobiga 1-chorakda soliqqacha bo‘lgan foydani 42,9 mlrd. so‘mga va aktivlar rentabelligini 0,47 foizga, 2-chorakda soliqqacha bo‘lgan foydani 81,7 mlrd. so‘mga va aktivlar rentabelligini 0,60 foizga, 3-chorakda soliqqacha bo‘lgan foydani 120,6 mlrd. so‘mga va aktivlar rentabelligini 0,72 foizga, 4-chorakda soliqqacha bo‘lgan foydani 164,3 mlrd. so‘mga va aktivlar rentabelligini 0,83 foizga etkazilishi belgilangan;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subektlariga “Biznesga birinchi qadam”, “Oson-2”, “Ekspress” va “Mahalla-Biznes” turdagi mikroqarzlar taqdim etish orqali tadbirkorlik subektlari faoliyatini izchil rivojlantirish, ularning mikroqarzlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-yanvardagi №14/1824-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilning 30-dekabr holatiga “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Biznesga birinchi qadam” mikroqarz mahsuloti doirasida jami 6513 nafar fuqaroga 84,6 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishiga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar uchun o‘zini o‘zi band qilish va oilaviy biznesning yangi yo‘nalishlarini topishga ko‘maklashish, er maydonlarida ijara asosida faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari uchun barcha turdagi mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shu jumladan kichik uskunalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun 300 mln. so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-son “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-yanvardagi №14/1824-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan jalb qilingan resurslar hamda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2024-yilning o‘tgan 12 oyida 133578 nafar aholi va tadbirkorlik subektlariga 5 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishiga va qariyb 206 ming nafar aholi bandligining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlariga ajratiladigan mikrokreditlar miqdorining 50 foizigacha kafillik taqdim etish va mikrokreditlardan foydalanishlarida kompensatsiya yordamlari ko‘rsatish orqali mikromoliyalashtirish bozori hajmini va mikromoliyaviy xizmatlar qamrovini oshirish, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish asosida rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘zini o‘zi band qilish va biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-yanvardagi №14/1824-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2024-yilda tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilgan kafillik yordami 55 mlrd. so‘mni va kompensatsiya yordami 17 mlrd. so‘mni tashkil qilishiga erishilgan hamda mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, aholining keng qatlamlari tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish