Xamroeva Yulduz Abdurashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma glaukoma tashxisotini va jarrohlik davosini takomillashtirish», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib49.
Ilmiy rahbar: Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar:Bessmertniy Aleksandr Markovich,tibbiyot fanlari doktori; Baxritdinova Fazilat Aripovna,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alma-Ata shahar ko‘z kasalliklar ITI (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi:ko‘zning klinik-funksional va biomexanik xususiyatlarini aniqlash asosida bolalarda tug‘ma glaukomani tashxisot samaradorligini oshirish va autosklera qo‘llagan tarzda yangi jarrohlik davolash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma glaukomali bolalarda elastoko‘tarilish va shox parda deformatsiyasi ko‘rsatkichlariga bog‘liq holatda ko‘z fibroz pardasining biomexanik va biometrik xususiyatlari ko‘rsatkichlariga asosan elastotonometriyaning muntazamliligi aniqlangan;
tug‘ma glaukomali bolalarda elastoko‘tarilish ≥9,0 mm sim.ust va shox parda deformatsiya ko‘rsatkichi ≤2,5 mm bo‘lganda ko‘z fibroz pardasining rigidlik xususiyati ortganligi isbotlangan;
tug‘ma glaukomali bolalarda ko‘zning kliniko-biomexanik xususiyatlari ishonchlilik ko‘rsatkichlariga asosan ko‘z fibroz pardasi rigidlik xususiyati oshgan glaukoma bosqichlarida autosklera qo‘llagan tarzda yangi fistulalovchi antiglaukomatoz usuli ishlab chiqilgan;
tug‘ma glaukomali bolalarda taklif etilgan autosklera qo‘llagan tarzda yangi fistulalovchi antiglaukomatoz usulining amaliyotdan oldin va keyin klinik namoyon bo‘lish belgilari va ko‘z fibroz pardasining biomexanik ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma glaukoma tashxisotini va jarrohlik davosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tug‘ma glaukomani jarrohlik davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04890-son, 12.05.2014 y). Tavsiya etilgan usulni qo‘llash tug‘ma glaukomani jarrohlik davolash bevosita natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Tug‘ma glaukomani jarrohlik davolash usuli» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-r/247-son ma’lumotnomasi) va «Tug‘ma glaukoma bilan bolalarda antiglaukomatoz amaliyot usulini tanlashda ko‘z fibroz pardasini baholash» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 8n-r/45-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tug‘ma glaukoma toshxisoti va jarrohlik usulda davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda tug‘ma glaukoma tashxisotini va jarrohlik davosini takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar bolalar klinik kasalxonasi va Samarqand viloyat ko‘z kasalliklari kasalxonasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 8n-r/45-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Joriy qilingan natijalar tug‘ma glaukomali bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish, tashxislash va davolashning yangi uslublarni orqali asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.