Raxmonov G‘olib Axmadjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Farg‘ona vodiysida suv xo‘jaligi tizimining modernizatsiyasi tarixi (1991–2018-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar636
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulamovich – tarix fanlari doktori, Nuriddinov Turdali Qambarovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991 – 2018-yillarda Farg‘ona vodiysining suv xo‘jaligi tizimi modernizatsiyasi tarixini aynan mavzuga oid birlamchi hujjatlar, ilmiy adabiyotlar hamda davriy matbuot materiallarining tahlili asosida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Farg‘ona vodiysining suv xo‘jaligi tizimini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o‘tilishi suv zaxiralaridan foydalanishda bozor mexanizmlarini to‘la joriy etilishiga imkon berishi natijasida joylarda suv resurslaridan maqsadli, oqilona hamda tejamkor foydalanishga erishilganligi, ilg‘or texnologiyalarni tizimga keng tatbiq qilish orqali irrigatsiya-melioratsiya tizimlarida modernizatsiya jarayonlarining asta-sekin kuzatilganligi hamda bu amaliy sa’yi-harakatlarda yagona texnika siyosatining amal qilganligi aniqlangan;
vodiy viloyatlarida tizimni modernizatsiya qilish asosan uch bosqichda kechganlgi, birinchi bosqich (1991 – 2002-yillar)da suv zaxiralarini muhofaza qilishga doir me’yoriy-huquqiy bazaning yaratilganligi va mustahkamlanganligi, ikkinchi bosqich (2003 – 2013-yillar)da hududlardagi ekin maydonlariga tomchilatib sug‘orish usuli hamda suvni tejaydigan zamonaviy texnikalardan foydalanishning tatbiq etilganligi, uchinchi bosqich (2014 – 2018-yillar)da sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha Davlat dasturining amalga oshirilishi va Suv xo‘jaligi vazirligining mustaqil faoliyat yurita boshlaganligi asoslangan;
mintaqa suv xo‘jaligi tizimining moliyaviy mustahkamlanishida davlat va mahalliy byudjetlarning muhim mavqega ega bo‘lganligi, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlariga kapital mablag‘lar ajratish hamda sarflash pudrat tashkilotlari, loyiha institutlari va avtoxo‘jaliklar tomonidan amalga oshirilganligi hamda bu amaliy harakatlar natijasi o‘laroq yirik suv xo‘jaligi inshootlari – magistral kanallar, suv omborlari, nasos stansiyalari, xo‘jaliklararo kollektorlarining barpo etilib, doimiy foydalanishga topshirilganligi dalillangan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari sug‘orish tizimiga doir raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ishiga bevosita vodiyda yagona Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining ko‘mak berganligi, o‘quv dargohni tamomlagan mutaxassislarning tarmoqni modernizatsiyalash chora-tadbirlarida muhim o‘rin egallaganligi, muhandis-gidrotexniklarning suv xo‘jaligiga doir bilimlarni chuqur egallashlari barobarida mintaqada irrigatsiya-melioratsiya hamda mexanizatsiya ishlarining taraqqiy etib borganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991 – 2018-yillarda Farg‘ona vodiysida suv xo‘jaligi tizimining modernizatsiyasi tarixi mavzusini tadqiq qilish davomida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysining suv xo‘jaligi tizimini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o‘tilishi suv zaxiralaridan foydalanishda bozor mexanizmlarini to‘la joriy etilishiga imkon berishi natijasida joylarda suv resurslaridan maqsadli, oqilona hamda tejamkor foydalanishga erishilganligi, ilg‘or texnologiyalarni tizimga keng joriy qilish orqali suv xo‘jaligida modernizatsiya jarayonlari kuzatilganligi hamda bu amaliy sa’yi-harakatlarda yagona texnika siyosatining amal qilganligi bo‘yicha tadqiqot xulosalaridan “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining  efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 16-dekabrdagi 04-36-1306-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqim qilingan materiallar teletomoshabinlarda Farg‘ona vodiysi suv xo‘jaligi boshqaruvi bo‘yicha bilimlarini yanada orttirishga xizmat qilgan; 
vodiy viloyatlarida tizimni modernizatsiya qilish asosan uch bosqichda kechganlgi, birinchi bosqich (1991 – 2002-yillar)da suv zaxiralarini muhofaza qilishga doir me’yoriy-huquqiy bazaning yaratilganligi va mustahkamlanganligi, ikkinchi bosqich (2003 – 2013-yillar)da hududlardagi ekin maydonlariga tomchilatib sug‘orish usuli va suvni tejaydigan zamonaviy texnikalardan foydalanishni tatbiq etilganligi, uchinchi bosqich (2014 – 2018-yillar)da sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha Davlat dasturining amalga oshirilishi va Suv xo‘jaligi vazirligining mustaqil faoliyat yurita boshlaganligiga doir tadqiqot ma’lumotlaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Farg‘ona vodiysi irrigatsiyasi” nomli ekspozisiyasini qayta shakllantirishda foydalanilgan (Ozbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 15-iyuldagi 04-05/2868-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar irrigatsiya inshootlarining aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekiladigan maydonlarni muntazam sug‘orish uchun ko‘mak berganligi bo‘yicha tarixiy bilimlarni mukammallashtirishga ko‘mak bergan;
mintaqa suv xo‘jaligi tizimining moliyaviy mustahkamlanishida davlat va mahalliy byudjetlarning muhim mavqega ega bo‘lganligi, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlariga kapital mablag‘lar ajratish hamda sarflash pudrat tashkilotlari, loyiha institutlari va avtoxo‘jaliklar tomonidan amalga oshirilganligi hamda bu amaliy harakatlar natijasi o‘laroq yirik suv xo‘jaligi inshootlari – magistral kanallar, suv omborlari, nasos stansiyalari, xo‘jaliklararo kollektorlarining barpo etilib, doimiy foydalanishga topshirilganligi bo‘yicha dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Farg‘ona vodiysi suv inshootlari” nomli ekspozisiyasini ma’lumotlar bilan boyitishga hissa qo‘shgan (Ozbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 15-iyuldagi 04-05/2868-son ma’lumotnomasi). Tadqim qilingan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarni Farg‘ona vodiysi suv inshootlari bo‘yicha yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishligini ta’minlagan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari sug‘orish tizimiga doir raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ishiga bevosita vodiyda yagona Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining ko‘mak berganligi, o‘quv dargohni tamomlagan mutaxassislarning tarmoqni modernizatsiyalash chora-tadbirlarida muhim o‘rin egallaganligi, muhandis-gidrotexniklarning suv xo‘jaligiga doir bilimlarni chuqur egallashlari barobarida mintaqada irrigatsiya-melioratsiya hamda mexanizatsiya ishlarining taraqqiy etganligiga oid izlanishning ma’lumotlaridan “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 16-dekabrdagi 04-36-1306-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar teletomashabinlarning suv xo‘jaligi tizimi tarixi haqidagi ilmiy bilimlarini yanada boyitilishiga va tasavvurlarini yanada kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish