Muxibova Guli Yarkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qurilish tashkilotlarida boshqaruv jarayonlari  mexanizmini takomillashtirish , 
08.00.13 – Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt4793.
Ilmiy rahbar: Sultanova Soniy Maxmudovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.1.01.09
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Muxtasar Mansurdjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori , professor, Qaxramonov Xurshid Shuxrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qurilish sohasida faoliyat yurutuvchi tashkilotlarda boshqaruv jarayonlari mexanizmining amaldagi holatini tahlil qilish, uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish tashkilotlarida boshqaruv samaradorligini oshirish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni tizimli tahlil, funksional-strukturaviy baholash hamda xarajatlar, rentabellik, mehnat unumdorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan;
qurilish tashkilotlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda bozor kon’yunkturasi, raqobat muhiti, normativ-huquqiy sharoit kabi tashqi hamda moliyaviy resurslar, kadrlar salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari kabi ichki omillarni SWOT-tahlil, indikatorlar tizimi va integral baholash usullari asosida aniqlashga qaratilgan diagnostika metodikasi ishlab chiqilgan;
qurilish tashkilotlarida boshqaruv jarayonlari mexanizmini takomillashtirish samaradorligini baholash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlashda rentabellik, likvidlik kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar, mehnat unumdorligi, loyiha muddatlariga rioya etish kabi ishlab chiqarish samaradorligi, risk darajasini qamrab oluvchi kompleks monitoring va indikatorlar tizimiga asoslangan nazorat tizimini taklif etilgan;
qurilish tashkiloti faoliyatining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda investisiya hajmi, ishlab chiqarish quvvatlari, moliyaviy natijalar, mehnat unumdorligi, bozor talabi kabi jihatlarni inobatga olgan holda 2030 yilgacha rivojlanish ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish tashkilotlarida boshqaruv jarayonlari mexanizmini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish tashkilotlarida boshqaruv samaradorligini oshirish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni tizimli tahlil, funksional-strukturaviy baholash hamda xarajatlar, rentabellik, mehnat unumdorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirishga doir taklifi “Elektroqishloqqurilish” AJ faoliyatida joriy etilgan (“Elektroqishloqqurilish” AJning 2025 yil 22 dekabrdagi 948-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligining 2025 yil 18 dekabr 34-06/8761-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirilgan;
qurilish tashkilotlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda bozor kon’yunkturasi, raqobat muhiti, normativ-huquqiy sharoit kabi tashqi hamda moliyaviy resurslar, kadrlar salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari kabi ichki omillarni SWOT-tahlil, indikatorlar tizimi va integral baholash usullari asosida aniqlashga qaratilgan diagnostika metodikasi ishlab chiqishga doir taklifi  “Elektroqishloqqurilish” AJ faoliyatida joriy etilgan (“Elektroqishloqqurilish” AJning 2025 yil 22 dekabrdagi 948-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligining 2025 yil 18 dekabr 34-06/8761-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish tashkilotining ichki va tashqi muhitga moslashuvchanligi oshgan, boshqaruv qarorlarining asoslanganligi kuchaygan hamda ularning barqaror va raqobatbardosh rivojlanishi ta’minlangan;
qurilish tashkilotlarida boshqaruv jarayonlari mexanizmini takomillashtirish samaradorligini baholash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlashda rentabellik, likvidlik kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar, mehnat unumdorligi, loyiha muddatlariga rioya etish kabi ishlab chiqarish samaradorligi, risk darajasini qamrab oluvchi kompleks monitoring va indikatorlar tizimiga asoslangan nazorat tizimini joriy etishga doir taklifi  “Elektroqishloqqurilish” AJ faoliyatida joriy etilgan (“Elektroqishloqqurilish” AJning 2025 yil 22 dekabrdagi 948-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligining 2025 yil 18 dekabr 34-06/8761-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashkilotning yillik iqtisodiy samaradorligi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 11,29 foizga oshishiga erishilgan;
qurilish tashkiloti faoliyatining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda investisiya hajmi, ishlab chiqarish quvvatlari, moliyaviy natijalar, mehnat unumdorligi, bozor talabi kabi jihatlarni inobatga olgan holda 2030 yilgacha rivojlanish ssenariylariga doir taklifi “Elektroqishloqqurilish” AJ faoliyatida joriy etilgan (“Elektroqishloqqurilish” AJning 2025 yil 22 dekabrdagi 948-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligining 2025 yil 18 dekabr 34-06/8761-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish tashkilotlari barqarorligini nazorat qilishning mexanizmi takomillashtirilgan bo‘lib, bu tashkilotlar faoliyatidagi inqirozli tendensiyalarni tezkor aniqlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish