Norinov Muzaffar Ramonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida namangan viloyatida madaniy hayot (1991-2023 yy)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/Tar1440
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Qozoqov Tohirjon Qodiralievich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, professor Xazratqulov Abror. tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), bosh ilmiy hodim. Irzaev Bahrom Shaymamatovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyati madaniyat sohasidagi davlat siyosati, muassasalar, hunarmandchilik, tarixiy obektlar va tadbirlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatida madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari kompleks tarzda amalga oshirilishi, sohadagi moliyaviy hamda tashkiliy resurslarni samarali taqsimlash orqali hududning madaniy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi dalillangan;
Viloyat madaniyat muassasalaridagi muammolar asosli hujjatlar bilan tahlil etilganda, Mustaqillikning ilk yillarida ulardagi moddiy-texnik bazaning eskirganligi, hamda moliyaviy taqchillik sababli tumanlardagi madaniyat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini tizimli amalga oshirish imkoniga ega bo‘lmaganligi aniqlandi;
Namangan viloyatida badiiy hunarmandchilik va ijodiy dastalarning faoliyati tadqiq etilganda, milliy hunarmandchilik sohalarining moliyaviy masalalari o‘rganilganda, hunarmandchilik mahsulotlarini marketing qilish va bozorga olib chiqish mexanizmlari etarli darajada rivojlanmaganligi hamda hunarmandlarning ijtimoiy himoya tizimidagi kamchiliklar sohaning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi isbotlangan;
Viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar va ziyoratgohlarning madaniy turizm rivojidagi ahamiyati har tomonlama o‘rganilib, ularning iqtisodiy va madaniy istiqbollari ilmiy asosda tahlil qilinishi natijasida ushbu obektlarga keluvchi turistlar oqimini oshirish, mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish va aholi bandligini ta’minlashda katta salohiyatga ega ekanligi asoslangan. Biroq, ularni saqlash, restavratsiya qilish va targ‘ib qilish jarayonlaridagi tizimli kamchiliklar, shuningdek, infratuzilmaning etarli darajada rivojlanmaganligi ularning to‘liq turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotganligi aniqlangan;
An’anaviy madaniy tadbirlar, jumladan, “Gullar bayrami” festivalining tashkil etilishi va uning viloyat madaniyatiga ta’siri chuqur o‘rganilganda, bunday tadbirlar aholining madaniy saviyasini oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
I. Dissertatsiyaning Namangan viloyatida madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari kompleks tarzda amalga oshirilishi, sohadagi moliyaviy hamda tashkiliy resurslarni samarali taqsimlash orqali hududning madaniy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kabi ilmiy yangilik va natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali namoyish etilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-fevraldagi № 01-33-/83-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etlgan materiallar Namangan viloyatida madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari kompleks tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi.
II. Mustaqillikning dastlabki yillarida viloyat madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxona, muzey va ijodiy guruhlarning faoliyati o‘rganilganda, ularning aksariyatida moddiy-texnik bazasining eskirganligi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasining pastligi kabi kabi ilmiy yangiliklaridan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ko‘rgazmalarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 14-dekabrdagi 02-05/4799-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotchi tomonidan to‘plangan materiallar Oʻzbekiston tarixi boʻyicha yaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarida tarixiy-amaliy asos sifatida hamda fuqarolarimiz, jumladan, yosh avlodning ongida O‘zbekistonning tarixi haqidagi bilimlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi;
III. Namangan viloyatida badiiy hunarmandchilik va ijodiy dastalarning faoliyati tadqiq etilganda, milliy hunarmandchilik sohalarining moliyaviy masalalari o‘rganilganda, hunarmandchilik mahsulotlarini marketing qilish va bozorga olib chiqish mexanizmlari etarli darajada rivojlanmaganligi hamda hunarmandlarning ijtimoiy himoya tizimidagi kamchiliklar sohaning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi kabi dissertatsiyaning ilmiy yangilik va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali namoyish etilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-fevraldagi № 01-33-/83-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etlgan materiallar milliy hunarmandchilik sohalari, hunarmandchilik mahsulotlarini marketing qilish muhimligi keng jamoatchilikka etkazildi.
IV. Viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar va ziyoratgohlarning madaniy turizm rivojidagi ahamiyati har tomonlama o‘rganilib, ularning iqtisodiy va madaniy istiqbollari ilmiy asosda tahlil qilinishi natijasida ushbu obektlarga keluvchi turistlar oqimini oshirish, mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish va aholi bandligini ta’minlashda katta salohiyatga ega ekanligi asoslangan. Biroq, ularni saqlash, restavratsiya qilish va targ‘ib qilish jarayonlaridagi tizimli kamchiliklar, shuningdek, infratuzilmaning etarli darajada rivojlanmaganligi ularning to‘liq turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotganligi, Axsikent xalqaro ilmiy tadqiqot jamoat birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan anjumanlarda foydalanilgan. (Axsikent xalqaro ilmiy tadqiqot birlashmasining 2024-yil 6-dekabrdagi №119/06-12-2024 sonli ma’lumotnomasi).; Ushbu takliflar ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ishini yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
V. An’anaviy madaniy tadbirlar, jumladan, “Gullar bayrami” festivalining tashkil etilishi va uning viloyat madaniyatiga ta’siri chuqur o‘rganilganda, bunday tadbirlar aholining madaniy saviyasini oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashi kabi dissertatsiyaning ilmiy yangilik va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali namoyish etilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-fevraldagi № 01-33-/83-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar viloyat va Respublika muzeylari, turistik tashkilotlarda foydalanish uchun muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi.