Davlatov Muradbek Saparbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mahalliy byudjetlar xarajalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universitetida bajarilgan
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar xarajatlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisobot yili choragi yoki oxirgi oyidagi tasdiqlangan smetaga muvofiq mahalliy byudjetlar xarajatlarini ijrosini ta’minlashga subektiv intilishlar asosidagi sarflash ("Dekabr sindromi") amaliyotini oldini olish maqsadida Raqamli byudjet monitoringi va real vaqt nazorati tizimini o‘zida mujassamlashtirgan “Yagona byudjet monitoringi platformasi”ni joriy qilish taklifi ishlab chiqilgan;
mahalliy byudjetlar xarajatlari manzilliligini oshirish, amalga oshirilayotgan xarajatlar ijtimoiy-iqtisodimy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da ochilgan barcha shaxsiy g‘azna hisob varaqlarani xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
mahalliy byudjetlarning daromad va xarajat balansi hamda ular o‘rtasidagi optimal nisbatni ta’minlash orqali mahalliy byudjetlar xarajatlari samarali ijrosi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tizimlashtirilgan;
mahalliy byudjet xarajatlarini boshqarishda innovatsion yondashuv sifatida pul mablag‘lari qiymati pariteti "Value for Money" (VfM) tamoyiliga asoslangan byudjetni rejalashtirish, ijro intizomi, nazorat bosqichlarida KPI va samaradorlik ko‘rsatkichlarini (Efficiency Ratio) integratsiya qiluvchi yangi konseptual model ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hisobot yili choragi yoki oxirgi oyidagi tasdiqlangan smetaga muvofiq mahalliy byudjetlar xarajatlarini ijrosini ta’minlashga subektiv intilishlar asosidagi sarflash ("Dekabr sindromi") amaliyotini oldini olish maqsadida Raqamli byudjet monitoringi va real vaqt nazorati tizimini o‘zida mujassamlashtirgan “Yagona byudjet monitoringi platformasi”ni joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotgan foydalanishga qabul qilingan. (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 03-05-09/7340-son ma’lumotnomasi).
mahalliy byudjetlar xarajatlari manzilliligini oshirish, amalga oshirilayotgan xarajatlar ijtimoiy-iqtisodimy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da ochilgan barcha shaxsiy g‘azna hisob varaqlarani xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan. Ushbu taklifdan amaliyotda foydalanish natijasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar asossiz ochilgan holatlar uchun qatʼiy javobgarlik choralarini belgilovchi normalarni belgilash va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotgan foydalanishga qabul qilingan. (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 03-05-09/7340-son ma’lumotnomasi).
mahalliy byudjetlarning daromad va xarajat balansi hamda ular o‘rtasidagi optimal nisbatni ta’minlash orqali mahalliy byudjetlar xarajatlari samarali ijrosi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotgan foydalanishga qabul qilingan. Ushbu taklif asosida mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi va mustaqilligi darajasini kompleks baholash hamda byudjet mablag‘lari taqsimotini optimallashtirishga shart sharoit yaratdi. Ushbu taklif nazariy jihatdan mahalliy byudjet barqarorligini baholashning yangi yondashuvini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, amaliy jihatdan har bir hudud uchun mahalliy byudjetlar xarajatlari va daromadlari muvozanatini yaxshilash choralarini belgilashga yordam beradi. (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 03-05-09/7340-son ma’lumotnomasi).
Mahalliy byudjet xarajatlarini boshqarishda innovatsion yondashuv sifatida pul mablag‘lari qiymati pariteti "Value for Money" (VfM) tamoyiliga asoslangan byudjetni rejalashtirish, ijro intizomi, nazorat bosqichlarida KPI va samaradorlik ko‘rsatkichlarini (Efficiency Ratio) integratsiya qiluvchi yangi konseptual model taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotgan foydalanishga qabul qilingan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan mablag‘larning ijtimoiy-iqtisodiy samarasini baholab borishga imkoniyat yaratilib, nazariy jihatdan byudjet samaradorligini kompleks baholash metodologiyasi yanada boyitildi. Amaliy jihatdan esa ushbu model mahalliy byudjet mablag‘larini eng ustuvor va aholi ehtiyojlariga mos yo‘nalishlarga yo‘naltirishga xizmat qiladi (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 03-05-09/7340-son ma’lumotnomasi).