Safarov Forxod Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik panja sindromi fonida kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda yiringli nekrotik zararlanishlarini jarrohlik davolashni o‘ziga xosligi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5625.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zaripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diabetik panja sindromi mavjud bemorlarda yaqqol namoyon bo‘lgan ishemiya fonida yuzaga kelgan yiringli-nekrotik jarohatlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarohat jarayonining kechishi va periferik arterial o‘zanning segmentar okklyuzion-stenotik zararlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan hamda okklyuziya qanchalik yuqori bo‘lsa, oyoq panjasi to‘qimalarida kislorod kuchlanishi mutanosib ravishda pasayishi, bu esa jaroxat bitishining al`teratsiya fazasi davomiyligini uzaytirishi isbotlangan;
diabetik panja sindromi fonida yaqqol namoyon bo‘lgan ishemiya tufayli oyoq to‘qimalarida yiringli-nekrotik jarohatlanishlar bo‘lgan bemorlarda to‘qima oksimetriyasi ko‘rsatkichlari va periferik arterial o‘zan holatiga bog‘liq holda, arterial qon oqimi tiklangandan so‘ng oyoqda bajariladigan xirurgik amaliyotlarni o‘tkazish muddatlari va mezonlari asoslangan;
diabetik panja sindromi fonida ishemiya sababli oyoq to‘qimalarida yiringli-nekrotik jarohatlanishlar bo‘lgan bemorlarda endovaskulyar revaskulyarizatsiyadan so‘ng to‘qima kislorod kuchlanishi muvozanatlashgan holatda (TsRO2 39,7±9,3 mm sim. ust.dan yuqori bo‘lishi) rekonstruktiv-plastik tashrixlardan keyin VAC-terapiyani qo‘llash, yaradagi nuqsonning bitish muddatini deyarli uch barobar qisqartirishi isbotlangan;
diabetik panja sindromi fonida kritik ishemiya tufayli oyoq to‘qimalarida yiringli-nekrotik jarohatlanishlar bo‘lgan bemorlarda oyoqlarning tayanch-harakat funksiyasini saqlab qolinishiga urg‘u bergan holda xirurgik yondashuv takomillashtirilgan hamda o‘tkaziladigan tashrix turi va muddatini inobatga oluvchi davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diabetik panja sindromi mavjud bemorlarda yaqqol namoyon bo‘lgan ishemiya fonida yuzaga kelgan yiringli-nekrotik jarohatlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: jarohat jarayonining kechishi va periferik arterial o‘zanning segmentar okklyuzion-stenotik zararlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan hamda okklyuziya qanchalik yuqori bo‘lsa, oyoq panjasi to‘qimalarida kislorod kuchlanishi mutanosib ravishda pasayishi, bu esa jaroxat bitishining al`teratsiya fazasi davomiyligini uzaytirishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/481-t-son bilan tasdiqlangan “Oyoqni yo‘qotish xavfi bo‘lgan kritik ishemiyada boldir arteriyalarining variantli revaskulyarizatsiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 apreldagi 55-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6 maydagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/03-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilik periferik qon aylanishi buzilishi bilan jarohat bitishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berib, erta tashxis va maqsadli davolashni takomillashtirishga xizmat qiladi, natijada asoratlar, jumladan amputatsiyalar kamayadi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuk qisqaradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemor uchun 1 kunlik xarajat Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 300000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 10-12 kundan 6-8 kunga qisqartirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan o‘rtacha 1800000 so‘m mablag‘lar tejalishiga olib keladi. Xulosa: ushbu yangilikdan foydalanish statsionarda yotish kunlarini kamaytirish, dori-darmon va bog‘lov materiallari sarfini qisqartirish, qayta jarrohlik aralashuvlari ehtiyojini pasaytirish hisobiga umumiy davolash xarajatlari va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada qisqartiradi. Xulosa: Ushbu yangilikdan foydalanish periferik arterial okklyuziya darajasi va jarohat bitishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda davolashni optimallashtirish orqali asoratlarni erta oldini olish, samarasiz muolajalarni qisqartirish, statsionarda yotish muddatini kamaytirish va qayta davolash ehtiyojini pasaytirish hisobiga umumiy tibbiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik panja sindromi fonida yaqqol namoyon bo‘lgan ishemiya tufayli oyoq to‘qimalarida yiringli-nekrotik jarohatlanishlar bo‘lgan bemorlarda to‘qima oksimetriyasi ko‘rsatkichlari va periferik arterial o‘zan holatiga bog‘liq holda, arterial qon oqimi tiklangandan so‘ng oyoqda bajariladigan xirurgik amaliyotlarni o‘tkazish muddatlari va mezonlari asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/481-t-son bilan tasdiqlangan “Oyoqni yo‘qotish xavfi bo‘lgan kritik ishemiyada boldir arteriyalarining variantli revaskulyarizatsiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 apreldagi 55-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6 maydagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/03-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Ushbu yangilik diabetik panja sindromi fonida ishemiya bilan bog‘liq yiringli-nekrotik jarohatlarda to‘qima oksimetriyasi va periferik qon aylanishi holatiga asoslanib xirurgik amaliyotlarning optimal vaqt va mezonlarini belgilash imkonini berib, davolash samaradorligini oshiradi, asoratlar va amputatsiyalar xavfini kamaytiradi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Ilmiy yangilikdan foydalanish amaliyotlar o‘tkazishning optimal vaqti va mezonlarini inobatga olgan holda davo taktikasini olib borishga va natijada gospitalizatsiya muddatlarini o‘rtacha 5 kunga qisqartirishga imkon berali. 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami o‘rtacha 380000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar sarflanishi inobatga olinsa, 1 bemor uchun faqt dori-darmon uchun o‘rtacha 1900000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi. Xulosa: Bemorlarning shifoxonada davolanishiga dori-darmon harajatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (asosiy guruh n=75) 142500000 so‘m mablag‘lar tejalishini ta’minlaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: diabetik panja sindromi fonida ishemiya sababli oyoq to‘qimalarida yiringli-nekrotik jarohatlanishlar bo‘lgan bemorlarda endovaskulyar revaskulyarizatsiyadan so‘ng to‘qima kislorod kuchlanishi muvozanatlashgan holatda (TsRO2 39,7±9,3 mm sim. ust.dan yuqori bo‘lishi) rekonstruktiv-plastik tashrixlardan keyin VAC-terapiyani qo‘llash, yaradagi nuqsonning bitish muddatini deyarli uch barobar qisqartirishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/481-t-son bilan tasdiqlangan “Oyoqni yo‘qotish xavfi bo‘lgan kritik ishemiyada boldir arteriyalarining variantli revaskulyarizatsiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 apreldagi 55-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6 maydagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/03-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Ushbu yangilik diabetik panja sindromi fonida ishemiya bilan kechuvchi yiringli-nekrotik jarohatlarda endovaskulyar revaskulyarizatsiyadan so‘ng TsRO2 ko‘rsatkichlari etarli darajaga etganda VAC-terapiyani qo‘llash yara bitishini sezilarli tezlashtirishini asoslab, davolash samaradorligini oshiradi, reabilitatsiya muddatini qisqartiradi va asoratlar hamda amputatsiyalar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemor uchun 1 kunlik xarajat Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 300000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 10-12 kundan 6-8 kunga qisqartirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan o‘rtacha 1800000 so‘m mablag‘lar tejalishiga olib keladi. Xulosa: ushbu yangilikdan foydalanish statsionarda yotish kunlarini kamaytirish, dori-darmon va bog‘lov materiallari sarfini qisqartirish, qayta jarrohlik aralashuvlari ehtiyojini pasaytirish hisobiga umumiy davolash xarajatlari va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada qisqartiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabetik panja sindromi fonida kritik ishemiya tufayli oyoq to‘qimalarida yiringli-nekrotik jarohatlanishlar bo‘lgan bemorlarda oyoqlarning tayanch-harakat funksiyasini saqlab qolinishiga urg‘u bergan holda xirurgik yondashuv takomillashtirilganligi hamda o‘tkaziladigan tashrix turi va muddatini inobatga oluvchi ishlab chiqilgan davolash algoritmi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/481-t-son bilan tasdiqlangan “Oyoqni yo‘qotish xavfi bo‘lgan kritik ishemiyada boldir arteriyalarining variantli revaskulyarizatsiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 apreldagi 55-son va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6 maydagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi 29/03-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan xirurgik yondashuv hamda ishlab chiqilgan davolash algoritmidan foydalanish takroriy operatsiyalar sonini 44,8 foizdan 24,0 foizgacha kamaytirish va oyoqlarning tayanch-harakat funksiyasini saqlab qolgan bemorlar sonini taqqoslash guruhidagi 75,3 foizdan asosiy guruhdagi 94,7 foizgacha oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan xirurgik yondashuv va davolash algoritmini qo‘llash orqali takroriy aralashuvlarni oldini olish hamda oyoqlarning tayanch-harakat funksiyasini saqlab qolish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 97000000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu yangilikdan foydalanish yuqori amputatsiyalar sonini kamaytirish, shifoxonada yotish va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish, takroriy operatsiyalar ehtiyojini pasaytirish hisobiga davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, shuningdek bemorlarning mehnatga layoqatini saqlab qolib, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarni ham qisqartiradi.