Olimjonova Maftuna Farhodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Namangan viloyati tasviriy va amaliy san’atining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/San138.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zRFA akademigi, O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.05/2025.27.12.San.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Umarova Dildora Baxtiyarovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatida tasviriy va amaliy san’atning shakllanish jarayonlari va rivojlanish tendensiyalari hamda ularning badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
G‘urumsaroyda rang koloritini belgilab beruvchi asosiy omil (ishqorli sir), buyumlarning turlari (xumcha, quloqli ko‘za, kichik hajmli kosa (piyola, yarim piyola, nisholda uchun payola), chor-go‘sha (to‘rtquloq), qo‘shquloq – sut va sut mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan kichik idishlar, lagan), asosiy ornamental motivlar (choydish, ko‘za, larzana, butako‘z, ilonizi, gadjak, chorbarg, uchbarg, kabalak, g‘uncha) hamda kompozisiya uslubi (“oyna naqsh” – naqshlar talqinining vizual xususiyati) aniqlangan;
Namangan kandakorligida buyum turlari (ko‘za, oftoba, choy idish, samovar qozon, qozon, yog‘ idish, suv idish, mis mantiqozon, patnis, oftoba, shamdon, qalamdon, qumg‘on), xomashyo (mis, bronza), texnika usullari (zarbli, o‘yma, shabaka), pichoq turlari (tolbargi pichoq, to‘g‘ri pichoq, hisori pichoq, echki pichoq, bodomcha pichoq) va bezak texnikasi (qadama, o‘yma) hamda ijodiy an’analar saqlanishi (ustazoda hunarmandlar ijodi) dalillangan;
Namangan viloyatining an’anaviy kashtachiligida so‘zana, nimso‘zana, dasturxon, dastro‘mol, beshikpo‘sh, sandalpo‘sh, joynamoz, choyshab, yostiqpo‘sh, do‘ppi kabi buyumlar tayyorlanishi, ular gulbuta, anorgul, lolagul, tumor, qalampirgul, bodomgul kabi an’anaviy naqshlar hamda kalligrafik yozuvlar bilan bezatilishi aniqlangan;
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sosialistik realizm yo‘nalishi viloyatdagi ilk professional rassomlar ijodida, shuningdek, Namangan viloyati shahar va qishloqlarida o‘rnatilgan monumental haykaltaroshlik yodgorliklarida, hamda me’moriy bezaklarda qo‘llanilgan mozaikalarda o‘z aksini topgani, Mustaqillik davrida Namangan viloyati rassomlari ijodida milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi kuzatilishi, Toshkentda faoliyat yuritayotgan namanganlik rassomlar ijodida esa postmodernistik izlanishlar doirasida milliy identiklikni anglash va izlash tendensiyalari namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati tasviriy va amaliy san’ati shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari mavzusidan olingan ilmiy yangiliklar asosida:
G‘urumsaroyda rang koloritini belgilab beruvchi asosiy omil (ishqorli sir), buyumlarning turlari (xumcha, quloqli ko‘za, kichik hajmli kosa (piyola, yarim piyola, nisholda uchun payola), chor-go‘sha (to‘rtquloq), qo‘shquloq – sut va sut mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan kichik idishlar, lagan), asosiy ornamental motivlar (choydish, ko‘za, larzana, butako‘z, ilonizi, gadjak, chorbarg, uchbarg, kabalak, g‘uncha) hamda kompozisiya uslubi (“oyna naqsh” – naqshlar talqinining vizual xususiyati) aniqlanganligi, Namangan kandakorligida buyum turlari (ko‘za, oftoba, choy idish, samovar qozon, qozon, yog‘ idish, suv idish, mis mantiqozon, patnis, oftoba, shamdon, qalamdon, qumg‘on), xomashyo (mis, bronza), texnika usullari (zarbli, o‘yma, shabaka), pichoq turlari (tolbargi pichoq, to‘g‘ri pichoq, hisori pichoq, echki pichoq, bodomcha pichoq) va bezak texnikasi (qadama, o‘yma) hamda ijodiy an’analar saqlanishi (ustazoda hunarmandlar ijodi) dalillanganligi bo‘yicha ma’lumotlardan Respublika “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro hunarmandchilik festivali (Qo‘qon, 2023, 2025) konsepsiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika “Hunarmand” uyushmasining 2026-yil 13-fevraldagi 01-11/166-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyati amaliy san’atining xalqaro miqyosda tan olinishi va targ‘ibotiga xizmat qilgan;
Namangan viloyatining an’anaviy kashtachiligida so‘zana, nimso‘zana, dasturxon, dastro‘mol, beshikpo‘sh, sandalpo‘sh, joynamoz, choyshab, yostiqpo‘sh, do‘ppi kabi buyumlar tayyorlanishi, ular gulbuta, anorgul, lolagul, tumor, qalampirgul, bodomgul kabi an’anaviy naqshlar hamda kalligrafik yozuvlar bilan bezatilishi aniqlanganligi, viloyat me’moriy majmua, madrasa, maqbara, masjid hamda zamonaviy binolar bezagida koshinkorlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorlik, naqqoshlik kabi amaliy san’at turlarining qo‘llanilishi aniqlanganligi, ularning badiiy xususiyatlari tadqiq etilganligi bo‘yicha ma’lumotlardan Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 04-05/3892-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeylarga sayyohlar qiziqishini orttirgan va kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at turlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sosialistik realizm yo‘nalishi viloyatdagi ilk professional rassomlar ijodida, shuningdek, Namangan viloyati shahar va qishloqlarida o‘rnatilgan monumental haykaltaroshlik yodgorliklarida, hamda me’moriy bezaklarda qo‘llanilgan mozaikalarda o‘z aksini topgani, Mustaqillik davrida Namangan viloyati rassomlari ijodida milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi kuzatilishi, Toshkentda faoliyat yuritayotgan namanganlik rassomlar ijodida esa postmodernistik izlanishlar doirasida milliy identiklikni anglash va izlash tendensiyalari namoyon bo‘lishi asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan “Namangan viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Guldasta” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” MTRK Namangan viloyati teleradiokanalining 2025-yil 25-sentyabrdagi 02-4-216-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar Namangan viloyati tasviriy va amaliy san’atini keng ommaga namoyish etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish