Mo‘ydinova Dilnozaxon Madaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Farg‘ona vodiysi an’anaviy kulolchiligining o‘ziga xosligi va mahalliy markazlari, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/San264.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zR FA akademigi, O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.05/2025.27.12.San.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Muxsinova Zebiniso Suxrobovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona an’anaviy kulolchiligi va mahalliy markazlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rishtonda chinnipaz, kaudpaz, zarpaz, safedpaz, xazrakipaz, ko‘zagar va kosagar ustalar, Andijon va G‘urumsaroyda ko‘zagar va tovoqchi ustalar yasagan buyumlar shaklining yassi (lagan) yoki balandligi (ko‘za), sirlashda ishqor, qo‘rg‘oshin va qalaydan foydalanilishi, bezak uslubida turli kompozisiyalarning arxaik xususiyatga ega kenglik va yaxlitlik bilan farqlanishida namoyon bo‘lishi asoslangan;
kulolchilikning Farg‘ona maktabi markazlarida qalami, taroq, bosma, qolib, tirnama, tagqora, tagsiyoh kabi badiiy va texnologik uslublarning qo‘llanilishi hamda buyumlarning maishiy hayotdagi o‘rniga ko‘ra uch turga: oshxona buyumlari, maishiy ombor buyumlari va dekorativ buyumlarga bo‘linishi aniqlangan;
kulolchilik buyumlari shakliga ko‘ra yassi kosa va tovoqlar, baland ko‘za va xumlar hamda murakkab shaklli (o‘rdaki murg‘oba, shamdon, xushpalak) turlarga ajratilishi, kompozisiya va bezak turlarida (o‘simliksimon, geometrik) maktabga xos bo‘lgan mehrob chashmigov, qumg‘on, chetan, chorbarg, qo‘chqorak motivlaridan foydalanilishi asoslangan;
tarixiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar kesimida vujudga kelgan chinnisimon uslubning qo‘llanilishi, turli davrlarda “ishqorli sirlash” texnologiyasidan foydalanish, qo‘rg‘oshinli va kimyoviy sirlash uslublari almashinuvi hamda qayta tiklanishi kabi badiiy tendensiyalar asosida Farg‘ona vodiysi badiiy kulolchiligida rivojlanish bosqichlari XIX asr – XX asr boshlari (Qo‘qon xonligi davri), XX asr (Sobiq ittifoq davri), XXI asr (Mustaqillik va Yangi O‘zbekiston davri) kabi uch davrga bo‘linishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi an’anaviy kulolchiligining o‘ziga xosligi va mahalliy markazlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rishtonda chinnipaz, kaudpaz, zarpaz, safedpaz, xazrakipaz, ko‘zagar va kosagar ustalar, Andijon va G‘urumsaroyda ko‘zagar va tovoqchi ustalar yasagan buyumlar shaklining yassi (lagan) yoki balandligi (ko‘za), sirlashda ishqor, qo‘rg‘oshin va qalaydan foydalanilishi, bezak uslubida turli kompozisiyalarning arxaik xususiyatga ega kenglik va yaxlitlik bilan farqlanishida namoyon bo‘lishi asoslanganligi hamda kulolchilikning Farg‘ona maktabi markazlarida qalami, taroq, bosma, qolib, tirnama, tagqora, tagsiyoh kabi badiiy va texnologik uslublarning qo‘llanilishi hamda buyumlarning maishiy hayotdagi o‘rniga ko‘ra uch turga: oshxona buyumlari, maishiy ombor buyumlari va dekorativ buyumlarga bo‘linishi aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Respublika “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida Xalqaro kulolchilik forumi (Rishton, 2023, 2024, 2025) konsepsiyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasining 2026-yil 13-fevraldagi 01-11/167-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy kulolchilikning xalqaro miqyosda tan olinishi va targ‘ibotiga xizmat qilgan;
kulolchilik buyumlari shakliga ko‘ra yassi kosa va tovoqlar, baland ko‘za va xumlar hamda murakkab shaklli (o‘rdaki murg‘oba, shamdon, xushpalak) turlarga ajratilishi, kompozisiya va bezak turlarida (o‘simliksimon, geometrik) maktabga xos bo‘lgan mehrob chashmigov, qumg‘on, chetan, chorbarg, qo‘chqorak motivlaridan foydalanilishi bo‘yicha ma’lumotlar “Farg‘ona viloyati teleradiokanali”ning “Farovonlik sari” va “Farg‘ona tadbirkori” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” MTRK Farg‘ona viloyati teleradiokanalining 2025-yil 18-sentyabrdagi 01-12/198-son ma’lumotnomasi). Natijada kulolchilik san’atini saqlash va xalqimizga namoyish etishga xizmat qilgan;
tarixiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar kesimida vujudga kelgan chinnisimon uslubning qo‘llanilishi, turli davrlarda “ishqorli sirlash” texnologiyasidan foydalanish, qo‘rg‘oshinli va kimyoviy sirlash uslublari almashinuvi hamda qayta tiklanishi kabi badiiy tendensiyalar asosida Farg‘ona vodiysi badiiy kulolchiligida rivojlanish bosqichlari XIX asr – XX asr boshlari (Qo‘qon xonligi davri), XX asr (Sobiq ittifoq davri), XXI asr (Mustaqillik va Yangi O‘zbekiston davri) kabi uch davrga bo‘linishi aniqlanganligi bo‘yicha ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi va Rishton shahridagi kulolchilik muzeyining ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 8-iyuldagi 04-05/2757-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tatbiqi muzeylarga sayyohlar qiziqishini orttirgan va kulolchilik san’atini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish