Beknazarov Zafarjon Ergashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt497.

Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universitet.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini oshirish va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga doir taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda amalga oshirganda ularning mehnat stajini oshirish taklif etilgan;

pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi miqdori optimallashtirilgan;

pensiya jamg‘armasini moliyalashtirish manbalarini kengaytirishda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari tomonidan alohida yagona ijtimoiy to‘lovni joriy etish taklif etilgan;

pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etishda pensionerlarga pensiyalarini to‘liq miqdorda to‘lash taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

 xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda amalga oshirishi belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PQ-3839-sonli “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasining 2019 yil 27 fevraldagi 30-01-32-211-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilinishi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning kelajakda pensiya tizimidagi ishtirokini rag‘batlantirish amaliyotini vujudga kelishiga xizmat qilgan.

pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini optimallashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasining 2019 yil 27 fevraldagi 30-01-32-211-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar sonining ortishi va mazkur jarayonlarda jismoniy shaxslarning ulushini ortishiga erishilgan;

aholining ish bilan bandligini oshirishga qaratilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 5 foiz miqdorida belgilanishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi PQ-3680-sonli “Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasining 2019 yil 27 fevraldagi 30-01-32-211-son ma’lumotnomasi). Natijada pensiya jamg‘armasining moliyaviy manbalarini yanada oshirishga erishilgan.

pensiya tizimining samaradorligini oshirish, pensiya yoshidagi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarini to‘liq miqdorda olish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5597-sonli “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasining 2019 yil 27 fevraldagi 30-01-32-211-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirishga hamda mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish