Almatov Baxrom Tuxtamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidorning pushti rang nav va duragaylari seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratish”, 06.01.05—Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1662
Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/2025.27.12.Qx.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudarganov Kamoliddin Omonboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; G‘aybullaev G‘ulom Saydalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Agrotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda pushti rangli pomidor nav namunalari to‘plamini har tomonlama o‘rganish va seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich manba yaratish, istiqbolli navlarni o‘zaro chatishtirish va F1 duragaylar olish va ularni baholash, yakka tanlash asosida tizmalar yaratish va tanlov sinovini tashkil etish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston janubida pushti rangli pomidor nav namunalari to‘plami o‘rganilgan va seleksiya ishlari uchun istiqbolli boshlang‘ich manba ajratilgan;
o‘rta mevali pushti rangli pomidor nav va duragaylari seleksiyasi uchun umumiy (47,0-60,2 t/ga) va tovarbop hosildorligi (44,7-57,3 t/ga) yuqori bo‘lgan F1 Malinoviy yablochki, F1 Rumyaniy mujichok duragaylari va Malinovi Ojarovski, A-17, Lyana rozovaya navlari tavsiya etilgan;
katta mevali pushti rangli pomidor nav va duragaylari seleksiyasi uchun umumiy (44,7 - 61,8 t/ga) va ertagi (30,8-39,9 t/ga) hosildorligi yuqori bo‘lgan NP-7, Velmoja, NA-17, E-50, Darxon, Novichok rozoviy, F1 Rozoviy desertniy navlari boshlang‘ich manba sifatida ajratilgan;
pushti rangli pomidor nav va duragaylari muhim xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi o‘rganilgan va ushbu ma’lumotlardan seleksiya va urug‘chilik ishlarida foydalanish bo‘yicha takliflar berilgan;
istiqbolli navlar o‘zaro chatishtirilib pushti rangli F1 NC-10 X A-17, F1 Novichok rozoviy X NP-7, F1 Novichok rozoviy X NA-17 duragaylari yaratilgan, ular har tomonlama baholangan va istiqbollilari ajratilgan;
F1 duragaylarda belgilarning dominantlik darajasi o‘rganilgan;
istiqbolli pushti rangli pomidor tizmalari yaratilgan va tanlov sinovi natijasiga ko‘ra istiqbolli SIS-2025/1, SIS-2025/2, SIS-2025/3 tizmalari ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pomidorning pushti rang nav va duragaylari seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yaratilgan pushti rangli F1 Novichok rozoviy X NP-7 birinchi avlod duragayi Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi “Lochin chorvasi” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, Termiz tumanidagi “Termiz elita do‘stlik urug‘chilik xo‘jaligi” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 0,3 gektar, jami 0,6 gektar maydonda, F1 Sevara X Novichok rozoviy birinchi avlod duragayi Bandixon tumanidagi “Bandixon chinor buloq” fermer xo‘jaligining 0,25 gektar, Termiz tumanidagi “Termiz meva olami” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 0,25 gektar, jami 0,5 gektar maydonda, F1 NC-10 X A-17 birinchi avlod duragayi Bandixon tumanidagi “Serhosil-baraka-2020” fermer xo‘jaligining 0,2 gektar, Termiz tumanidagi “Xodjanov Ro‘ziboy” fermer xo‘jaligining 0,2 gektar, jami 0,4 gektar maydonda, F1 Novichok rozoviy X NA-17 birinchi avlod duragayi Bandixon tumanidagi “Kelajak Sarlochini” fermer xo‘jaligining 0,25 gektar, Termiz tumanidagi “Jahongir Bahoriston” fermer xo‘jaligining 0,25 gektar, jami 0,5 gektar maydonda, umumiy 2,0 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11- noyabrdagi № 05/06-03-504-son ma’lumotnomasi). Natijada F1Novichok rozoviy X NP-7, F1Sevara X Novichok rozoviy, F1 NC-10 X A-17, F1 Novichok rozoviy X NA-17 birinchi avlod duragaylaridan gektaridan 53,0-60,0 t hosil olinib, 86,5-101,1 mln so‘m/ga sof daromad olishga erishilgan, rentabellik darajasi esa 186,3-201,7% ni tashkil etgan.
yaratilgan o‘rta mevali SIS-2025/1 tizmasi Bandixon tumanidagi “Lochin chorvasi” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, Termiz tumanidagi “Xodjanov Ro‘ziboy” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, “Termiz elita do‘stlik urug‘chilik xo‘jaligi” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 0,4 gektar, jami 1,0 ga maydonda, katta mevali SIS-2025/2 tizmasi Bandixon tumanidagi “Bandixon chinor buloq” fermer xo‘jaligining 0,2 gektar, Termiz tumanidagi “Termiz meva olami” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 0,2 gektar, jami 0,4 gektar maydonda, Bandixon tumanidagi “Serhosil-baraka-2020” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, “Kelajak Sarlochini” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, Termiz tumanidagi “Jahongir Bahoriston” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, jami 0,9 gektar maydonda, umumiy 2,3 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-03-504-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan o‘rta mevali SIS-2025/1, SIS-2025/2, SIS-2025/3 tizmalaridan o‘rtacha 47,0-58,0 t/ga hosil olinib, sof foyda 76,5-98,6 mln so‘m/ga ni, rentabellik darajasi esa 196,3-212,5% ni tashkil etgan. O‘rganilgan 34 ta nav va duragaylardan tashkil topgan pushti rangli pomidor navlari to‘plami Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI (08.01.2025 y. berilgan №SP/01-16 ma’lumotnoma) va O‘simliklar genetik resurslari ITI (16.01.2025 y. berilgan №06/01.03.25 ma’lumotnoma) genofondiga topshirilgan.