Tashmuradov Jurabek Tursunmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Itlarda naysimon suyak sinishlarini tashqi fiksatorlar bilan davolash”, 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V85
Ilmiy rahbar: Narziev Baxtiyor Dalievich, veterinariya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Baxtiyor Bakirovich, veterinariya fanlari doktori, professor; G‘affarov Usmon Bobonazarovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat itlarida naysimon suyaklar sinishlarini davolashda tashqi fiksatorlardan foydalanish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xizmat va aholiga qarashli itlarida naysimon suyaklar sinishlarining kelib chiqish algoritmi aniqlangan;
itlarda son, elka, boldir va bilak suyaklarining sinishlarini davolashda tashqi fiksatorli osteosintez usullarini qo‘llab suyak bo‘laklari repozisiyasini va fiksatsiyasini ta’minlash yuqori samara berishi aniqlangan;
itlarda naysimon suyaklar sinishini davolashda tashqi osteosintez usuli va faollashtiruvchi osteoreparativ preparatlarni muayyan doza va tartibda ishlatishga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan;
itlarda naysimon suyak sinishlarida suyak qadog‘ini shakllanish jarayonini faollashtirish maqsadida kasal itlarga kalsiy D3 + Fitin tabletkasi 1 donadan 30 kun davomida kuniga 1 marta og‘iz orqali berish va sinish turiga muvofiq tashqi osteosintez usullarini qo‘llashga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Itlarda naysimon suyak sinishlarining keltirib chiqaruvchi sabablari, tashqi fiksatorlar bilan davolash va bitish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Itlarda naysimon suyak sinishlarini tashqi fiksatorlar yordamida davolashning klinik samaradorligi” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlari kinologiya pitomniklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 02-oktyabr №02/23-684-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni kinologiya xizmati itlariga qo‘llanilishi natijasida ularda shikastlardan yuzaga keladigan turli darajadagi naysimon suyaklar sinishini samarali davolashga erishilgan;
itlardagi son, elka, boldir va bilak suyaklari sinishlarida tashqi fiksatorli osteosintez usullarini qo‘llash kinologiya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 02-oktyabr №02/23-684-son ma’lumotnomasi). Bu usullarni qo‘llash natijasida suyak bo‘laklarini to‘g‘ri repozisiyasi va fiksatsiyasi ta’minlanib, suyak qadog‘i hosil bo‘lish jarayoniga rag‘batlantiruvchi ta’siri berishga erishilgan;
itlarda naysimon suyaklarning oddiy va murakkab sinishlarini davolashda kam invaziv Yagnikov plastinalari va Ilizarov apparatlarini hamda Kalsiy D₃ + Fitin preparatlarini qo‘llash usuli veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 02-oktyabr №02/23-684-son ma’lumotnomasi). Itlarda naysimon suyaklarning oddiy va murakkab sinishlarini davolashda ushbu kompleks davolash usullarini qo‘llash evaziga singan suyak fragmentlarining repozisiyasini va mahalliy qon aylanishining tiklanishini, suyak kallusining hosil bo‘lish jarayonlarini tezlashtirishga erishilgan. Bunda itlarda naysimon suyak sinishlarini tashxis qo‘yish va jarrohlik yo‘li bilan davolash orqali sarflangan 1 so‘mga samaradorlik 3,5 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish