Kurbanov Abdulla Ruxullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida istiqbolli baliq turlarini etishtirishning biologik asoslari va texnologik tamoyillari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Qx233
Ilmiy maslahatchi: Ashirov Muradilla Ishanqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.08/2025.27.12.Qx.02.03 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Yaxyaev Baxtiyor Sadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Abdurasulov Shavkat Abdurasul o‘g‘li, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Kuzmetov Abdulaxmet Raimberdievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida sibir osyotri va mozambika tilyapiyasining introduksiya qilish jarayonidagi biologik xususiyatlarini o‘rganish, turli texnologik sharoitlarda ko‘paytirish, baliq chavoqlarini etishtirish, qishlovdan chiqarish va baliq mahsulotlarini ishlab chiqishning texnologik tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bori O‘zbekiston sharoitida qish oylarida suv haroratini (+4°S dan +19°C gacha) nazorat qilgan holda suv aylanma suv ta’minoti qurilmasida sibir osyotr baliqlarini sun’iy ko‘paytirish imkoniyati isbotlandi hamda shu asosda sun’iy ko‘paytirishning tayanch texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sun’iy urchitilgan sibir osyotr baliqlarning embrional va post embrional rivojlanish bosqichlari aniqlandi, jumladan sibir osyotri baliqlarda ikralarning otalanishi darajasi 85%, lichinkalarni ochib chiqishi esa 90 %ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
sibir ostyotr baliqlarini oziqlantirishda probiotiklarni 3×10⁸ KOE/kg dozada qo‘llash baliqlar tirik vazni nazorat guruhiga nisbatan 520 gr.ga yoki o‘rtacha 31.9% ga ko‘proq vazn olishi va xo‘jalikda tayyorlangan emlarga probiotik qo‘shish orqali emlardan 28.97 %ga ko‘proq samarali foydalanishga erishish mumkinligi aniqlangan;
sibir osyotr baliqlarini oqar suv basseynlarida intensiv usulda etishtiririlganda optimal zichlik aniqlanib, hosildorlik har bir m2 32.6 kg tashkil etishi va bir basseynda yalpi mahsuldorlik 322.7 kg bo‘lishi ilmiy isbotlangan;
mozambika tilyapiya baliqlarini qish oylarida saqlash va qishlovdan chiqarishda respublikamiz iqlim sharoitlariga moslashtirilgan va takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqildi, bu ana’aviy texnologiyaga nisbatan baliqlarni tirik qolish darajasini 82% ga etkazdi, yashab qolish darajasini 8% ga yuqori bo‘lishi isbotlandi; 
mozambika tiyalpiya baliqlarini innovatsion havzada o‘stiriilganda ana’aviy havzalarga nisbatan hosildorlik yuqori bo‘lishi isbotlandi. Bunda baliqlaning yashab qolish darajasi  innovatsion havzada 95% ni, betonli oqar suv basseynlarida 76 %ni, toshli-tuproqli havzada 81 % ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida istiqbolli baliq turlarini etishtirishning biologik asoslari va texnologik tamoyillari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
qish mavsumida suv haroratini nazorat qilgan holda yopiq suv ta’minoti qurilmalarida sibir osyotrini sun’iy urchirish texnologiyasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi "Khorrot fish house" unitar korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 22 oktyabrdagi 02/23/758-son ma’lumotnomasi). Texnologiyani qo‘llash natijasida ikraning urug‘lanishi 85% ni, lichinkalarning ochib chiqish darajasi 42% ga, yashab qolish darajasi 38% ga oshdi. Shu bilan birga yil oxiriga kelib bahorda olingan baliqlarga nisbatan o‘rtacha 625 g ko‘p biomassa olinib, sof foyda 1 kg chavoq nisbatan o‘rtacha 142 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik esa 47,2% ni tashkil etgan;
mozambika tilapiya baliqlarini intensiv etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Micricrop" MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 22 oktyabrdagi 02/23/758-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalikda 100 m2 maydonli hovuzlar geomembrana bilan qoplanib, 1 m3 suvdan 16,8 kg baliq etishtirilib, jami - 2016 kg tovar mahsulot olinib, tuproqli toshli hovuzlarga nisbatan hosildorlik 25,3 foizga yuqori bo‘lib, sof foyda 26,3 million so‘mni, iqtisodiy samaradorlik esa 45,07 foizni tashkil etgan;
sibir osyotrini oziqlantirishda probiotiklarni qo‘llash texnologiyasi Xorazm viloyati Xiva tumanidagi "Xorazm baliq sanoat agro" MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 22 oktyabrdagi 02/23/758-son ma’lumotnomasi). Texnologiyani qo‘llash natijasida baliqlar yashovchanlik darajasi 13,5% ga, o‘sish sur’ati nazorat guruhi ko‘rsatkichlaridan 22,8% ga oshdi va oziqlantirish koeffisienti 5,2 dan 3,1 kg gacha kamayib. Sof foyda 1 kg baliq uchun o‘rtacha 33,2 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorligi esa 40,76% ni tashkil etgan;
tilapiya baliqlarini intensiv etishtirish texnologiyasi ekologik og‘ir, sho‘rlangan Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi "Sayxun Obid-Bahrom" MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 22 oktyabrdagi 02/23/758-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalikda 250 m2 maydonli hovuzlar geomembrana bilan qoplanib, 1 m3 suvdan 15,5 kg baliq etishtirilib, jami 3021,9 kg mahsulot olinib. sof foyda 37,6 million so‘mni, iqtisodiy samaradorlik esa 42,2 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish