Otabaev Iskandar Abdug‘anievichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish texnologiyasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped274.
Ilmiy maslahatchi: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich – iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak  qishloq xo‘jaligi  mutaxassislarini  kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim standartlari samaradorligini o‘quvchilarda shakllantirilgan kasbiy kompetensiyalarning malaka talablariga muvofiqligi asosida belgilash orqali kredit-modul tizimini joriy etishning funksional-tarkibiy komponentlari (kredit o‘lchovi, modulli dastur, mustaqil ta’lim va akademik mobillik) ilmiy jihatdan aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy-metodologik yondashuvlari o‘qitishning didaktik-metodik ta’minotini (natijaga yo‘naltirilgan dinamik sillabuslar, ta’lim dasturlari katalogi, kreditlarni jamg‘arish va transfer qilish mexanizmlari, tabaqalashtirilgan tanlov fanlari) kasbiy tayyorgarlikning mantiqiy bosqichlari (akademik orientatsiya, modulli-kompetensiyaviy o‘zlashtirish, malakaviy amaliyot) bilan uzviy muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-didaktik modeli metodologik yondashuv va didaktik tamoyillarni belgilashda o‘quvchining shaxsiy ta’lim traektoriyasi variativligiga ustuvorlik berish, mustaqil ta’lim shakllari          (TMI va O‘RTMI) hamda raqamli boshqaruv (“Registrator ofisi”) mexanizmlarini yagona didaktik tizimga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi (“Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fani misolida) o‘quv mazmunini tizimli kvantlash tamoyili asosida mantiqiy tugallangan integrativ modullar shaklida loyihalash, natijaga yo‘naltirilgan (Outcome-Based Education) didaktik muhitni yaratish hamda o‘quvchilarning loyihaviy-konstruktorlik va amaliy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalari(Flipped Classroom, Blended Learning, EduScrum, Live Case Study)ni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchining kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini tashxis etishning kriterial asoslari (kognitiv, operasional-faoliyatli, motivatsion) hamda o‘zlashtirishni nazorat qilishning reyting-modul mexanizmlari (GPA, kredit to‘plash) ECS standartlariga muvofiq unifikatsiya qilinib, baholash indikatorlarining kvalimetrik (miqdor va sifat) parametrlari mazmunan optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini kredit-modul tizimi asosida modellashtirish hamda uning tarkibiy komponentlarini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutining IL–5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 04/17-2026-28-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonini rejalashtirishning nazariy-metodologik yondashuvlari hamda o‘qitishning didaktik-metodik ta’minotini takomillashtirishga oid takliflari asosida “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 04/17-2026-28-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’limda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini raqamli texnologiyalar vositasida tashkil etish hamda “Registrator ofisi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid takliflari asosida “O‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 04/17-2026-28-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlarning yangi ta’lim muhitida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish hamda baholash mezonlarini optimallashtirishga oid takliflari asosida 50711606 – Mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy fanlarni o‘qitishning metodik ta’minoti va sillabuslari yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 04/17-2026-28-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mutaxassislik bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish